2.2. Oila ma’naviyati
0 ‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi ja
miyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan
poklanish, oila, oilaviy munosabatlar, oilada ma’naviy va
jismoniy barkamol yosh avlodni tarbiyalash borasida ham
jiddiy o'zgarishlar qilishni taqozo etdi. Jumladan: oilaning
jamiyatdagi o‘mi, oilaviy munosabatlaiga bog‘liq milliy
an’analar, sermazmun milliy qadriyatlaming ildizlari ajdod-
larimiz merosini o‘rganish va ommalashtirish, milliy oilaviy
tarbiyada umuminsoniy qadriyatlaming o‘mini yuksaltirish va
uning oilada uyg'unlashuvini ta’minlash, o‘zbek oilasiga xos
38
xususiyatlami (mentalitetini) yaratish va keng targ‘ib etish
jamiyatning asosiy negizi hisoblanmish oilani istiqlol maf-
kurasiga mos shaklan va mazmunan shakllantirishning garo-
vidir.
'H ar bir millatning ma’naviy boyligi milliy va umumin-
soniy qadriyatlaming birligidan tashkil topadi. Ma’naviy
meros o‘tmishning yutug‘i. Uni to‘la, odilona egallash va
rivojlantiiish esa hoziigi avlodning vazifasidir. 0 ‘z madaniy
merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik man-
qurtlikdir. Ulami boyitib, yuksak darajaga ko‘tarishga intil-
maslik esa millat va uning istiqloli uchun fojeadir. Ma’na
viyati yuksak darajada rivojlangan insongina istiqlol,
vatanimizning ulug‘ bir kelajagi uchun mehnat qilishga
o‘zida kuch va qudrat topa oladi.
Shaxs ma’naviyati dastlab oila sharoitida shakllanadi va
jamiyat
ma’naviyatini belgilovchi mezon sifatida namoyon
bo‘ladi.
Shu boisdan, madaniy merosdan, bugungi kun qadriyat-
laridan to‘g‘ri foydalana olish, tarixdan to‘g‘ri xulosa chiqara
bilish, o‘z tarixiga va bugungi ahvoliga, madaniy merosi va
ma’naviy qadriyatlariga, diniga va axloqiga va huquqiy ama-
liyotiga, turmush tarziga tanqidiy ko‘z bilan qaray olish -
mustaqillikni mustahkamlashning muhim ma’naviy asosidir.
Mana shu ma’naviy asos har bir ota-ona, oilaga kirib
borsagina oila ma’naviyati qaror topishi tabiiydir. Aksincha,
bo‘lsa esa oiladagi har bir yoshni jamiyatimizda bo‘layotgan
o‘zgarishlami noto‘g‘ri talqin etishga olib keladi.
0 ‘zbek oilasida vataniga, xalqiga, oilasiga, istiqlol g‘oya-
lariga sadoqatli, fidokor, mustaqil fikrlaydigan, dunyoqa-
rashi keng, e’tiqodi yuksak, iqtidorli, tashabbuskor, mas’u-
liyatli, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga
39
yetkazish kelajagi buyuk o‘zbekistonning gullab-yashnashi
uchun garovdir,
Yuksak ma’naviyatga ega ota-ona oilaning mohiyati,
qadri, burch, mas’uliyat, oila vazifalari, oilada barkamol
farzand tarbiyasi, oilani moddiy jihatdan ta’minlash, uning
osoyishtaligini saqlash kabi vazifalami anglab yetadi va unga
amal qiladi.
Yuksak ma’naviyatli ota-ona farzandlarini insonparvar,
vatanparvar, axloqiy jihatdan pok, bilimli, kamtar, oliyjanob
qilib tarbiyalaydi.
Ma’naviyat ilm-fan, falsafa, axloq, huquq, adabiyot va
san’at, xalq ta’limi, ommaviy axborot vositalari, urf-odatlar,
an’analar, din va boshqa ko‘plab tarixiy amaliy va zamonaviy
qadriyatlaming ta’sirida shakllanadi. Aynan shu qadriyatlar
oilada ota-ona,
katta yoshdagi oila a’zolari ta’sirida
shakllanadi.
0 ‘zbek xalqi qadimdan oila ma’naviyatiga alohida e’tibor
qaratgan. Bugungi kunda ma’naviy merosdan foydalanib,
mustaqil respublikamiz talabiga javob beradigan yoshlami
tarbiyalash har bir oilaning muqaddas burchidir.
Bu burchni sharaf bilan ado etish oilada yosh avlod
ongiga avlodlar shajarasi, kasb-kori, urf-odatlari, an’analari,
tarbiya usullari, jamiyat taraqqiyotidagi o‘mi, o‘ziga xos
ijobiy tarixini singdirish, undan g‘ururlanish hissini tarbiya-
lashdan boshlanadi. 0 ‘z ota-onasidan, oilasi, avlod-ajdodlari
tarixidan g‘ururlangan inson o‘z o‘lkasi, millati, xalqi, tili,
dini, madaniyatidan g‘ururlanishi, uni avaylab-asrashi, du-
nyoga ko‘z-ko‘z qilishi tabiiydir. Buning uchun oilada
bolaning ongiga yoshlikdan boshlab «sen tarixi boy, ulug‘
millatning farzandisan», «sen ulug‘ mutafakkirlar, allomai-
zamonlami dunyoga keltirib, tarbiyalagan bobokalonlaming
40
ajdodisan», «o‘zbek xalqi boy ma’naviyatli, vatanga, xalqqa,
sadoqatli xalq», «Bizning mamlakat dunyoda tabiati eng
go‘zal, boy diyor» kabi tushunchalami singdirib bormoq
lozim.
Yurtboshimiz I.Karimov ta’kidlaganidek: «har bir inson-
ning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo‘yib kelayotgan
yoshlaming ongiga shunday fikmi singdirish kerakki, ular
o'rtaga qo‘yilgan maqsadlarga erishishi o‘zlariga bog‘liq
ekanligini, ya’ni bu narsa ulaming sobitqadam shijoatiga,
to‘la-to‘kis fidokorligiga va cheksiz mehnat-sevarligiga bog‘-
liq ekanini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa dav-
latimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir». Shu
boisdan ham yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor berish, ulami
jamiyatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida
faol ishtirok etishlarini ta’miniash har bir oilaning, fuqa-
roning, davlat va nodavlat tashkilotlarining burch va vazifasi
hisoblanadi.
Yurtboshimiz o‘zlarining nutqlarida yoshlar tarbiyasi,
oilada tarbiya masalasiga barchaning diqqatini qaratayotgani
bejiz emas, chunki XXI asrda yashab samarali mehnat qilish,
o‘zbekistonning buyuk kelajagini bunyod etish asosan bugun-
gi
yosh avlod zimmasiga tushadi. Shuning uchun yoshlami
chuqur bilimli, yuksak madaniyatli, mehnatsevar va tashab-
buskor shaxslar yetib shakllantirish oilada hayot taj-ribasiga
ega, turmushning achchiq-chuchugini qurgan, qi-yinchi-
liklarda toblangan yoshi ulug‘larimiz, faxriylarimiz va ota-
onalaming, shu bilan birga, mazkur ishga da’vat etilgan
tarbiyachilar va jamoatchilikning asosiy vazifasidir.
Sir emaski, ma’naviy-ma’rifiy islohotlaming mazmun va
mohiyatini teran anglamaslik, loqaydlik, mahalliychilik,
ma’naviy va moddiy qadriyatlarga beparvolik oila ma’na-
41
viyatiga salbiy ta’sir etuvchi illatlardir. Buning oldini olish-
ning muhim vositalaridan bid oilada bo‘sh vaqtni samarali
tashkil etishdan iboratdir.
I .A. Karimov 0 ‘zbekiston Resiublikasi Oliy Kenga-
shining birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida aytganlariday,
«San’atda oshkoralikni pesh qilib, televizor, kino ekranlarida,
matbuot vositalarida bo‘lmag‘ur lavhalarni aks ettirish,
bema’nilik va hayosizlikni, ba’zan esa hatto axloqiy buzuq-
likni targ'ib qilishlar ko‘rinib qolgan» edi.
Bunday milliy urf-odatlarimiz va axloqimizga zid
keladigan qiliqlar qaerdan paydo bo‘ldi? Davr taqqozosimi?
Insoniyat kamoloti ifodasimi? Yoki ma’naviy-tarbiyaviy
ishlarimizning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligimi?
Shuni unutmaslik kerakki, insoniyat va millatlar takomili
hech qachon milliy an’analami poymol etish, axloqu odob
pardalarini g‘ijimlash evaziga emas, aksincha, insonni yanada
balandroq ma’naviyat, poklik va odob cho‘qqisiga olib
chiqishda namoyon bo‘ladi.
Odamlaming ongini, ruhiyatini, ismu jismini poklantirish
hozirgi kundagi tarbiyaviy-ma’naviy faoliyatimizning asosini
tashkil etmoqda. Bunga sabablar ko‘p. Bir o'rinda o‘tmish
davrlar asoratidan qutilish ko‘zda tutilsa, ikkinchi o‘rinda
inson tabiatida uchraydigan, kezi kelganda xuruj qilib turadi-
gan qusurlardan qutulish ehtiyoji ham mavjud. Mustaqillik
zamoni ana shunday obyektiv va subyektiv insoniy
xususiyatlar, fazilatlami poklantirish yo'liga, azaliy va milliy
taraqqiyot o‘zaniga solib yubordi. Milliy qadriyatlarimiz, urf-
odatlarimiz o‘zining umumbashariy mohiyatini namoyon
etish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Milliy an’ana va qadriyatlar rivoji shunday bir dialektik
prinsipga asoslanganki, kimki o‘z xalqi milliy qadriyatini
42
boshqa millat qadriyatlariga teskari qo‘ymagan holda va
aksincha, boshqa millat ma’naviyatini chuqur his qilish
darajasiga o‘sib chiqsa va o‘z milliy qadriyatini bemalol va
beminnat namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lsa, milliy
munosabatlarda do'stona iqtisodiy va ma’naviy muloqotdan
o‘zga niyat bo‘lmasa, ana shunda turli millatlaming
ma’naviyatini ifodalovchi umumbashariy qadriyatlar o‘sib
boraveradi.
0 ‘z tarixini, ma’naviyatini, qadriyatlami o‘zi bunyod
etuvchi xalq, elat va millatlarga endi shunday imkoniyatlar
yaratilmoqdaki, xalqimizning ham jahon xalqlariga faxrlanib,
iftixor tuyg‘usi bilan ko‘z-ko‘z qiladigan fazilatlari qanchalik
mo‘l-ko‘1 bo‘lsa,
yangi tug‘ilib,
shakllanib qoladigan
qusurlami bartaraf etishga ham aqli va zakovati yetarlidir.
Buni milliy urf-odatlarimiz, axloqu odobimiz, chin insoniy
ne’matlarimiz taqozo etadi.
Binobarin, «Ajdodlarimizning ruhi poklari va urf-
odatlari, bizning eng yaxshi an’analarimiz qayta tiklanganda
islohotlar muvaffaqiyatga erishadi. 0 ‘ta o‘qimishli, ruhan
bardam va jismonan baquwat kishilargina istiqlol va taraq-
qiyot yo‘lini bosib o‘ta oladi. Sarchashmalari buyuk ajdod
larimizning tafakkurlari va muddaolaridan boshla-nadigan
xalqimizning ma’naviy qadriyatlari iqtisodiy o‘zgar-tirish-
larimizning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi».1
Oilaviy bayramlami nishonlash, yoshlar tarbiyasida alia,
ertak, xalq maqol va matallaridan, qo‘shiqlaridan samarali
foydalanish, birgalikda madaniy xordiq, chiqarishni, milliy
sport o‘yinlari va musobaqalarini, tarixiy obidalar va qada-
mjolarga sayohatlar uyushtirish, boshqa millat ma’naviyatiga
Dostları ilə paylaş: |