1. Ya.A.Komenskiyning
pelagogik faoliyati va
nazariyasi.
aksini topadi. U bir tomondan tabiiy bilimlarini egallashga undasa, ikkinchi tomondan dinni
o‘rganishga, diniy axloqni yoqlashga undaydi.
Komenskiybolalarningyoshi, hususiyatlari, o‘qitishning mazmuni hamda axloq haqida.
Komenskiy shuningdek o‘zini pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi
to‘g‘risidagi tushunchasini ilgari suradi. Masalan: Bog‘bon daraxtlarini parvarish qiladi, uning
o‘sish xususiyatlarini xisobga oladi. Uqituvchi xam bolani tarbiyalash bilan undagi xususiyatni
xisobga oladi. Bog‘bon o‘sish qonuniyatini xisobga olsa, o‘qituvchi tarbiyalash qonuniyatiga
bo‘ysunadi, o‘qitish jarayoni tabiatga o‘xshab sekinlik bilan amalga oshadi deydi.
Lekin tabiat qonunini kishining o‘sishiga olib kelishi noto‘g‘ridir. Kishi ijtimoiy borliq
bo‘lib, ijtimoiy qonun ta’sirida o‘sadi.
U tarbiyaning tabiatga uyg‘unlik masalasida xamma narsaning asosi 4 ta deydi.
Masalan: Olam 4 narsadan yuzaga kelgan, yani; yer, suv, xavo, yorug‘lik.
Dunyoni rivojlanishi xam 4 qismga bo‘linadi, bular:
baxor, yoz, kuz, qish, (yani asoslar).
Insonning rivojlanishi xam 4 davrga bo‘linadi.
-go‘daklik — 0 — 6 yosh,
-bolalik — 6 — 12 yosh,
-o‘smirlik — 12 — 18 yosh,
-yetuklik — 18 — 24 yosh.
Shuningdek ta`lim jarayoni xam 4 ga bo‘linadi.
-maktabgacha tarbiya,
-boshlang‘ich talim,
-o‘rta talim,
-oliy talim.
Komenskiyning umumiy talim g‘oyasi quyidagicha edi.
Komenskiy yashagan davrda xammani o‘qishga qirishi shart emas, qobiliyatli kishigina
o‘qishi kerak degan g‘oya mavjud edi. Komenskiy aksincha hammani o‘qishga tortilishini,
xamma umum talim olishi kerakligini uqtiradi. Umum talim to‘g‘risida gapirganda ayollarni xam
xisobga oladi.
Chunki o‘sha davrda xotin - qizlarni o‘qishi muammo edi. Shunga qaramay, u bu masalani
ilgari suradi.
Komenskiy o‘z asarlarida tarbiyaning maqsadini ko‘rsatib o‘tib, buni 3 xil tarbiya orqali
amalga oshirish mumkin deydi. Bular:
Aqliy-
Axloqiy -TARBIYA.
Diniy
Bu vazifalarni bola tug‘ilgandan to 24 yoshgacha amalga oshirilishi kerak deydi. Bu davr
ichida bola to‘rtta maktabni o‘qib tugatishi, xar birida olti yildan o‘qishi kerak deydi. Komenskiy
bolani yosh xususiyatlarini tabiiylik prinsipiga amal qilib davrlarga bo‘ladi.
1.
Tug‘ulgandan 6 yoshgacha. Ona maktabi — bunda bolani mexnatga o‘rgatish, o‘z —
o‘ziga xizmat qilishiga jalb etish kerak. Ona bolada axloqiy — tarbiyaning asoslarini to‘g‘rilik,
xaqqoniylik, mexnatni sevish va xokozolarni vrkudga keltiradi. Ona maktabi bog‘cha yoshidagi
bola tarbiyasini ko‘zda tutadi.
2.6-12 yoshgacha — xalq maktabi yoki ona tili maktabi. Bunda o‘quvchi eslashi,
so‘zlashga o‘rganishi, yozishi, boshlang‘ich maktab ko‘nikmasini xosil qilishi kerak bo‘lib,
buning uchun geometriya, geografiya, tabiyot, fanlarini o‘rganishi kerak bo‘ladi.
3.12-18 yoshgacha gimnaziya. Bunda bola tushunchasini, tafakkur qobiliyatini o‘stirish
kerak, klassik tillar, tabiyot bilimlari, axloq, xudogo‘ylik fanlari o‘qitilishi kerak.
4.18-24 yoshgacha universitet, Akademiya. Bu o‘quv yurtlari o‘quvchining irodasi, kishi
shaxsini bir butun o‘stirishi kerak. Shunday qilib yuqoridagi biz ko‘rib o‘tgan to‘rt maktab
Komenskiyning qarashicha o‘quvchilarni o‘ylashga mexnat qilishga, masalalarni mustaqqil
yecha bilishga, so‘zlashga, o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifoda qilishga va isbotlab berishga o‘rgatishi
kerak deydi.
"Mehnat kishini ulug‘laydi" — deydi Komenskiy. Shuning uchun bolani mexnatga
yoshlikdan o‘rgatish kerakligini isbotlab beradi.
Komenskiyning pedagogik nazariyasida talim — o‘qitish katta o‘rin egallaydi. Bunda u
tabiylik usulini asos qilib oladi. Bu usulning moxiyati shundan iboratki, bunda bolaning yoshi,
bilim darajasi, psixologik xususiyatlari xisobga olinib darsni tabiat borlig‘iga moslab olib borish
kerak degan goya ilgari suriladi.
Komenskiy o‘zining «Buyuk didaktika» asarida maktabda o‘qitish tizimini amalga
oshirishda quyidagi didaktik tamoyilga amal qilishni tavsiya etadi.
1.Onglilik va faollik tamoyili;
2.Ko‘rsatmalilik tamoyili;
3.Izchillik va tizimlilik tamoyili;
4.Mashq qilish, bilim va malakalarini gguxta egallash tamoyillari. 1.Onglilik va
faolliktamoyilio‘qitishdama’no-mazmunga tushunmay, og‘zaki yodlashga qarshi chiqadi. Bilim
va malakalarning faol
ravishda aniq, har bir narsani aql, idrok bilan yaxshi tushuna bilish kerakligi, zo‘rlab
yodlatmaslik kerak deb hisoblaydi.
2.Ko‘rsatmalilik tamoyili — Komenskiy bu tamoyilni nazariy jihatdan isbotlab berdi.
Talim jarayonida ko‘rsatmalilik prinsipini joriy etish uchun ko‘yidagilarga amal qilish zarur deb
hisoblaydi.
Mavjud narsalarning o‘zini ko‘rsatish yoki tabiiy holda kuzatishlar o‘tkazish;
Narsalarning shaklini yoki nusxasini ko‘rsatish;
Narsa va hodisalar tasvirlangan suratlarni ko‘rsatish.
Komenskiy ko‘rsatmalilikni o‘qitishning «Oltin qoidasi» deb atab, bolaga real narsalarni
ko‘rsatish, dunyoni narsalar orqali tushuntirish, o‘qitilayotgan, o‘rganilayotgan narsalarni
ushlash, ko‘rish, hidlash, yeyish bu orqali o‘rganilayotgan materialning chuqur bo‘lishiga, uzoq
vaqt esda saqlanishiga yordam beradi deb ko‘rsatadi.
3.Izchillik va tizimlilik tamoyili — bunda fan asoslarini izchil bayon qilish va sistemali
tarzda o‘rgatish talab etiladi. Izchillik tamoyilida, kun, oy, yilga vazifa qo‘yish va uni amalga
oshirish uchun intilish kerakligi aytiladi. Bunda aniq vaqtni belgilash, o‘qishning bola yoshiga
mos bo‘lishi, material izchillik bilan o‘rganilishi, yani bugungi material ertangi kun bilan
bog‘lanilishi va keyingi o‘tiladigan darslarga yo‘l ochish kerakligi nazarda tutiladi.
Komenskiy fikricha talim boshidan boshlanishidan oxirigacha izchil davom etsin,
talimning poydevori mustahkam qurilsin, hozir o‘rganilayotgan bilimlar oldingisiga asoslansin,
keyingisiga yo‘l ochsin.
Komenskiy talimning izchilli va tizimli bo‘lishini talab qiladi. O‘qitilayotgan fan
o‘quvchilarga asosiy qoidalar tariqasida lo‘nda bayon qilinishi kerak. O‘qitishda dalillardan
xulosalarga, misollardan qonunlarga o‘tish, dalillar va misollarni qoidalar tizimiga solib,
umumlashtirib berish lozim, aks holda xodisalarning tizimsiz uyumi hosil bo‘lib qoladi.
Aniqlikdan mavhumlikka, osondan qiyinga, umumiydan xususiyga o‘tish kerak, avval narsa,
yani hodisaga umumiy tushuncha berib, keyin uning turli tomonlarini ayrim ayrim o‘rganish
kerakligini ko‘rsatadi.
4. Komenskiy mashq qilish, bilim va malakalarni puxta egallash tamoyiliga katta etibor
beradi. o‘qitilayotgan fanlarning bir-biriga bog‘lab olib borish lozim deydi. Har bir mavzu qisqa
aniq qoidalar asosida tushuntirib berilishi kerak. Bu esa o‘tilgan darslarni mustahkam
o‘zlashtirishga olib keladi. Takrorlangan dars matnlari esda yaxshi saqanib qoladi, ovoz chiqarib
takrorlashning foydasi ko‘pligini ko‘rsatadi.
Mashqlar va takrorlashlarsiz o‘qitishni tasavvur etish qiyin. Takrorlash o‘qitishning onasi
degan xikmat ham shundan kelib chiqqan. Komenskiyningfikricha mashqishlashva takrorlash
tamoyili o‘quvchilarning ongliligi va faoliliga asoslanib, bilimlarni puxta egallashga xazmat
qilishi kerak.
Komenskiy o‘quvchilarning bilish qobiliyatini o‘stirishga, bilimga bo‘lgan ishtiyoqini
kuchaytirishga va ilm ishiga bo‘lgan g‘ayratini oshirishga intiladi.
Komenskiyning yana katta xizmatlaridan biri sinf dars tizimini ishlab chiqqanligidir. U sinf
darsligini ishlab chiqib, o‘qituvchi butun sinf bilan jamoa bo‘lib ish olib borishini, yani sinf dars
tizimida o‘qitishni tavsiya etadi. Dars vaqtida o‘tgan darsni qaytarish yangi mavzuni
tushuntirish, mustaxkamlash, uyga vazifa berish kerakligini ko‘rsatadi. Darsni rejalashtirish va
olib borish to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi. o‘qituvchi o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlarida faol
qatnashishlarini taminlashi, kuzatib borishi, sinfda intizom saqlanishi kerakligini aytadi.
U maktabda o‘quv yilini choraklarga bo‘lish, tatillar berish, o‘quvchilar maktabga bir
vaqtda qabul qilinishi yani o‘qish kuzda sentabrda boshlanishi kerak deb, o‘quv kunini Ona tili
maktabida 4 soat, lotin tili maktabida 6 soat deb belgilaydi.
Komenskiy darslik qanday bo‘lishi to‘g‘risida xam qimmatli fikrlar aytib, o‘zining nazariy
fikrlarini darsliklarida amalga oshiradi. Uning fikricha darslikda o‘quv materiali yetarli bo‘lishi,
oddiy mazmunli bo‘lishi, tushunarli tilda yozilishi, rasmlarga boy bo‘lishi kerak. Bolalarning
yoshiga qarab ravshan bayon etilishi shart deydi.
Bu fikrlarni o‘zining «Tillar va xamma fanlarning ochiq eshigi» (1631) va «Hislar vositasi
bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» (1648) kabi darsliklarida bayon etadi. Uning
ayniqsa «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» kitobini boshlang‘ich
bilimlarning bolalar uchun yozilgan «Ensiklopediyasi» deyish mumkin. Bunda 150 ta suratlar
berilgan bo‘lib, tabiat xaqida, odamning faoliyati xaqida, ijtimoiy xayot xaqida malumotlar
beradi. Bu kitob ko‘p tillarga tarjima qilindi. Boshlang‘ich talim uchun 150 yildan ko‘proq
darslik bo‘lib xizmat qildi.
Komenskiy axloqiy tarbiya, intizom xaqida xam o‘z fikrlarini bildiradi. Uning fikricha
yoshlikdan boshlab bolada axloq va odob xosil qilish kerak.
U axloqiy tarbiya vazifalariga kamtarlik, pokizalik, xushmuomalalik, kattalarni hurmat
qilishni, mexnatsevarlik xislatlarini tarbiyalashni kiritadi. U axloqiy tarbiya vositalariga: ota —
ona, o‘qituvchi namunasi, o‘rtoqlarini namunasi, bolalarga yo‘l yo‘riq ko‘rsatish, ular bilan
suxbatlar o‘tkazish, bolalarni yaxshi xulqqa o‘rgatishda mashqlar o‘tgazish, yalqovlik,
intizomsizlikka qarshi kuzatishni kiritadi.
Komenskiy o‘qituvchilik kasbi haqida.
Komenskiy intizomni ahamiyati borligini ko‘rsatib « Intizomsiz maktab suvsiz
tegirmondir» degan chex maqolini keltiradi. U o‘rta asr maktablarida kaltak vositasi bilan
uradigan intizomga qarshi chiqadi. Kaltak, xipchin — qullik qurolidir deydi. U bolalarga insoniy
muomalada bo‘lishni tavsiya etadi.
Bunda u o‘qituvchi namuna ko‘rsatishi, samimiy ochiq xayrixoxliga, o‘qituvchining bolaga
bo‘lgan to‘g‘ri munosabati, bolani ko‘pchilik oldida, o‘rtoqlari ichida oqilona maqtash yoki
qoralash intizomlilikka olib keladi deydi.
Komenskiy o‘qituvchining vazifasi xaqida fikr bildirib o‘z davridagi iste’dodsiz,
malumotsiz o‘qituvchilarni qattiq tanqid qiladi.
O‘qituvchilikni «yer yuzidagi xar qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli
kasb» deb xisoblaydi. usha davrda o‘qituvchiga hurmat bilan qaralmas edi.
Komenskiy axolining o‘qituvchiga hurmat bilan qarashini talab etish bilan o‘qituvchining
xam vazifasini ko‘rsatib o‘tadi. Uning fikricha o‘qituvchi sof vijdonli ishchan axloqli bo‘lishi,
o‘z ishini sevishi, o‘quvchilarga o‘z farzandlaridek muomala qilishi, o‘zi namuna ko‘rsatib,
o‘quvchilarni o‘ziga ergashtirishi kerak deydi.
Xulosa qilio aytganda Komenskiyning pedagogik nazariyasiva«Buyuk didaktika» asarida
o‘qitish xaqida ilmiy talimot yaratildi va quyidagi masalalar asoslab berildi.
Insoniyat baxt — saodatining muhim vositasi sifatida umumiy talimni amalga oshirish;
yosh avlodga chuqur va keng malumot beradigan maktablar tizimini yaratish, xotin - qizlarga
xam erkaklar singari bilim, malumot berish; maktabgacha tarbiyaning mukammal tizimini ishlab
chiqish, xamma bolalarga aniq bilimlar berishni talab etish; didaktik tamoyillarini asoslash;
talimning sinf-dars tizimini yaratish.
Shunday qilib ajoyib slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy butun dunyoda pedagogika
ilmiga, pedagogik fikrlar va maktablar taraqqiyotiga juda katta tasir ko‘rsatdi. Shuning uchun
xam butun insoniyat Komenskiyni bexad qadrlaydi.
Uning darsliklari ko‘p tillar, jumladan rus tiliga tarjima etiladi. Komenskiyning yozgan
asarlari 150 yildan ortiq bashlang‘ich talim uchun darslik sifatida xizmat qildi. Uning
pedagogika soxasida yaratgan darsliklari xozirgacha o‘z qimmatini yo‘qotmay kelmoqda.
|