Oila pedagogikasi



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/68
tarix18.03.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#88576
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68
Oila pedagogikasi fanining oquv uslubiy majmuasi.

Patriarxal oila – bir erkak kishining bir yoki bir nechta ayol o‘rtasidagi nikohiga 
asoslangan bo‘lib, bunda erkakning huquqlari xotinnikidan ko‘proq bo‘lgan, nikohning bu shakli 
ayni xususiy mulkchilik rivojlangan davrlarda keng tarqalgan. Bunday oilada, tabiiy, erkak 
huquqlari ustivor bo‘lib, uning har qanday oila masalalarini yechish va qarorlar qabul qilishdagi 
mavqei yuqori hisoblangan. Shu sababli avlodlarning kelib chiqishi, urug‘ning tarqalishi kabi 
masalalar erkakning avlodlari shajarasidan boshlangan, mulkka egalik va unga vorislik ham 
erkaklar tabaqasi orqali yuritilgan. 
Monogam oila – bir erkak va bir ayol juftligi o‘rtasidagi nikoh munosabatlarini nazarda 
tutadi. Ularning er-xotinlik munosabatlari ham umrbod hisoblangan (qadimgi grek so‘zlaridan 
olingan: “monos” – bir, yagona, tanho; “gamos” – nikoh ma’nosini bildiradi). Oilaning bunday 
shakli taxminan uch ming yillar avval paydo bo‘lgan. O‘z mohiyatiga ko‘ra bu – patriarxal 
oilaning bir ko‘rinishi hisoblanib, yaqin yillardan buyon oilaning bu shakli ayollar va ayollarning 
teng huquqliligi, bolalar tarbiyasidagi muayyan erkinlik, ona va bolaning oila hayotidagi nufuzi 
ortishi shaklida rivojlanib kelmoqda. 
Lekin biz oila va nikoh tushunchalarining allomalar va taniqli olimlar izlanishlarida 
qanday ifoda etilganiga e’tiborni qaratamiz. 
Ana shunday nikoh tarixiga qiziqqan olimlardan biri qadimgi grek faylasufi Platon 
bo‘lgan. Uning fikricha, barcha zamon va makonlarda patriarxal oila ijtimoiy munosabatlarning, 
jamiyat hayotining asosi bo‘ladi, davlat esa ana shu kabi oilalarning birlashuvidan paydo 
bo‘lgan. Lekin Platonning o‘zi o‘z qarashlarini oxirigacha himoya qilib, fikrlarini yakunlay 
olmadi. “Ideal davlat” deb nomlangan loyihasida u jamiyatda hamjihatlikni ta’minlash uchun 
ayollar, bolalar birlashmalari va sarmoyalarning umumiyligiga erishish lozim, degan fikrni ilgari 
surdi. Lekin ayni shu oxirgi fikr aslida yangi emas edi. Qadimgi grek tarixchi olimi Geradot 
o‘zining mashhur “Tarixlar” deb nomlangan asarida ayollar birlashmalari bir qator qabilalar 
uchun o‘ziga xos xususiyat ekanligini ta’kidlagan edi. Bu kabi ma’lumotlar antik davrga xos 
bo‘lgan qator manbalarda o‘z ifodasini topgan. 
Aristotel Platonning izdoshi sifatida uning “ideal davlat”ga oid fikrlarini rivojlantirib, 
ustozining patriarxal, ya’ni, erkak kishi yetakchi bo‘lgan oila modelini yoqlab fikr bildirgan. 
Uning fikricha, oilalar birlashib, “turar-joylarni”, “turar-joylar” birlashib, yaxlit davlatni tashkil 
etadi. Platon va Aristotellarning shu kabi nuqtai nazarlari anchagina davrgacha hukmron bo‘ldi 
va oila jamiyatning bo‘lagi sifatida, o‘ziga xos bo‘linmas patriarxal institut sifatida idrok etildi. 
Fransuz ma’rifatparvari Jan-Jak Russo o‘z davrida “Oila – eng qadimiy va asli tabiiy bo‘lgan 
jamiyat bo‘lagidir. Oila – kerak bo‘lsa, jamiyat siyosiy qiyofasini belgilovchi obraz, bunda 
yetakchi, rahbar – go‘yoki ota misoli, xalq esa – farzandlar kabidir” deb yozgan edi. Bu aslida 
insoniyat tarixida uzoq vaqtgacha ustivor bo‘lgan paternalizm tamoyilining yaqqol timsolidir 
(“patern” – ota, otalik, yetakchilik ma’nosini bildiradi). 
Shunday qilib, antik davrning faylasuflari ham, ulardan keyingi o‘rta asr, hattoki, yangi 
davrga kelib ham ko‘plab tadqiqotchilar va allomalar oila institutiga alohida ahamiyat berib, o‘z 
asarlarida ijtimoiy munosabatlarning tabiati va namoyon bo‘lishini aynan oilaviy 
munosabatlarning xarakteridan qidirish lozimligi fikrini yoqlab keldilar. Shu kabi fikrni nemis 
faylasuflari Kant va Gegelning mutloq g‘oyaga aloqador asarlarida ham ko‘rish mumkin. Ular 
avvalo “oila” va “nikoh” tushunchalari o‘rtasida bevosita aloqa mavjudligini ta’kidlaydilar. Shu 


bois bo‘lsa kerak, hanuzgacha shu ikki tushuncha ko‘pincha sinonimlarday o‘zaro bog‘liqlikda 
ishlatiladi. Shunday bo‘lsada, oilashunoslar bu ikki tushunchaning o‘rtasida nafaqat farq 
borligini, balki ular aslida tarixan turli davrlarda paydo bo‘lganligini ham isbot qila oldilar. 
Oila esa nikohga nisbatan murakkabroq tabiatli munosabatlarni ifodalaydi, chunki u 
nafaqat er va xotinlarning o‘zaro munosabatlarini, balki ularning farzandlari, qarindosh-urug‘lar, 
ikkalalari uchun yaqin bo‘lgan insonlar munosabatlarini ham qamrab oladi. 
Oila va nikoh masalalariga tarixiy yondashuv Shveytsariyalik olim I.Baxoven (1815-1887) 
ishlarida, ayniqsa, uning “Onalik huquqi” kitobida yoritilgan. Undan tashqari, amerikalik 
tadqiqotchi L.Morgan (1818-1881)ning asarlarida ham oilaga nisbatan evolyutsion qarashlar 
bayon etilgan bo‘lib, “Qadimgi jamiyat” kitobi buning yaqqol namunasi hisoblanadi. Bu 
asarlarda oila institutining bevosita jamiyat tarqqiyoti bilan bog‘liqligi, jamiyatdagi ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarning takomili oilaning mustahkamligiga bog‘liq ekanligi g‘oyasi o‘z 
isbotini topgan. Bu o‘zgarishlar tarix mobaynida turli jins vakillari o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarga bog‘liq tarzda kechishi ham ta’kidlangan. 
Shunday qilib, oilani ijtimoiy institut sifatida idrok etish va uni ilmiy jihatdan o‘rganish 
an’analari tarixi XIX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Ayni shu davrdan boshlab jahonning turli 
burchaklaridagi taniqli sotsiologlar va antropologlar (L.Morgan, M.Kovalevskiy, B.Malinovkiy, 
P.Sorokin, keyinchalik A.Xarchev, S.Golod va boshqalar.) oila muammolarini o‘zlarining aniq 
tadqiqot mavzulari sifatida o‘rgana boshladilar. 
Bir qarashda yangicha tuyulgan monogam oiladagi o‘zgarishlar XX asrning boshlaridayoq 
kuzatila boshlangan. Olimlarning ta’kidlashicha, oilainstitutining o‘zi tabiati nuqtai nazaridan 
ancha konservativ, ya’ni o‘zgarmas, turg‘un tizim bo‘lgani bois, jamiyat miqyosida ro‘y 
beradigan o‘zgarishlar oila doirasida taxminan 10-30-yillardan keyingina aks eta boshlaydi. 
Bundan tashqari, rus sotsiologi S.Golodning yozishicha, Yevropa xalqlari hayotida, oilaviy 
munosabatlarda kuzatiladigan barcha ijobiy jarayonlar monogam, patriarxal oilaning saqlanib 
qolingani sababli ro‘y bergan bo‘lsa, qolgan barcha salbiy holatlar aksincha, oilada ro‘y 
berayotgan salbiy, yomon jarayonlardan kelib chiqadi. Bu kabi talqinlar tabiiyki, ko‘plab 
tadqiqotchilarga oila va uning istiqbolini tushunishga, mazkur yo‘nalishda jiddiy tadqiqotlar olib 
borishga xalaqit beradi. 
Shunga qaramay, oila institutida kuzatilayotgan har qanday o‘zgarishlari odatda eng 
avvalo, ayolning – xotin-qizlarning jamiyat va oilada tutgan maqomlarining o‘zgarib 
borayotganligi, ular malakalarining oshib borayotganligi va kasb-hunar, lavozim pog‘onalarida 
erkaklardan qolishmaslikka intilayotganligi bilan izohlanadi. Qayd etilgan holat bevosita oila 
hayotida ro‘y berayotgan turli xil o‘zgarishlarga, ham salbiy, ham ijobiy hodisalarga sabab 
bo‘lmoqda. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin