3- Mavzu: Yan Amos Komenskiy oilada tarbiyaning o’rni.
Reja:
1. Ya.A.Komenskiyning pedagogik
faoliyati va nazariyasi
2. Yan. Amos Komenskiy oilada tarbiyaning o‘rni haqida.
3. Yan Amos Komenskiy asarlarida bola tarbiyasi.
4. Rus pedagoglarining oila pedagogikasiga oid qarashlari.
Buyuk Chex pedagogi Yan amos Komenskiy 1592 yil
martda Chexoslovakiyaning ugorskiy Brod" degan joyida
tegirmonchi oilasida tug‘iladi. Uning oilasi ruxoniy «Chex
qardoshlari» jamoasiga tegishli bo‘lib, o‘zlarini Yan
Tusning davomchisi deb xisoblar edilar.
Yan Tus katolik
cherkoviga qarshi chiqqanligi uchun uni gulxanda yoqib
o‘ldiradilar. Shuning uchun bu jamoa uning g‘oyasini amalga oshirishni maqsad qilib oladi.
Ularning maqsadi demokratik g‘oyani
ilgari surib, Chexiyaning ozodligi uchun
kurashuvchi vatanparvarlarni o‘z atrofiga yig‘ishdan iborat edi.
Komenskiy ota-onasidan juda yosh yetim bo‘lib qoladi. Shuning uchun u 16
yoshgacha
o‘qiy olmaydi. 16 yoshida «Chex qardoshlari» jamoasining yordami bilan lotin maktabiga
o‘qishga kiradi.
Bu yerda u
tarbiya tizimining yomonligini, o‘qitish uslublarining yaxshi emasligini
ko‘radi.U «Men o‘sha vaqtdayoq tarbiya masalasida mamlakatimiz orqada ekanligini ko‘rdim.
Fan va tarbiya xammaga tegishli bo‘lishini o‘yladim» — degan edi.
Komenskiy maktabni
tugatgach Gerbern universitetiga (Germaniya)da o‘qishga kiradi, uni tugatgach Geydelberg
universitetida leksiya kurslarini tinglaydi. U yerda ilg‘or professorlar ishlar edilar.
Komenskiy dunyoqarashida 3 xususiyatni ta’sirini ko‘ramiz.
1. Natur filosofiyaga asoslanishi (ya’ni XVI-XVII asrda yashagan ingliz faylasufi Bekon
nazariyasiga asoslanishi). U Bekonning sensualistik falsafa nazariyasini ravojlantiradi.
Komenskiy xam o‘qitish jarayoniga shu nuqtai nazardan qarab, bilim sezishdan boshlanadi,
sezish bo‘lmagan yerda bilim xam yo‘q deydi.
2. Talim va tarbiyani diniy talimot bilan qo‘shib olib borish.
Uyg‘onishdavrita’siridavujudga kelgantarbiyani takomillashtirish (yani odamlarga nisbatan
muxabbat, odamlarning yaxshilik yaratishga ishonch bilan karashi).
3. Komenskiyning o‘z dunyokarashida tashqi obyektiv dunyoni
xukm surishiga ishonadi,
dunyo qarama - karshiliklardan iborat ekanligiga,
qotib qolgan emasligiga, u o‘sishda,
o‘sish esa o‘z konuniyatiga yani xudoga tegishli ekanligiga ishonadi.
Borliqni dunyoni sezish organlari orqali bilamiz. Agar akl ojizlik qilsa, xudoga yolvorish
kerak deydi.
Komenskiyning dunyo qarashida stixiyali materializm va realizmning ba’zi belgilari bilan
dindorlik g‘oyalarini bog‘lanib ketganligini ko‘ramiz. Bu uning pedagogik nazariyasida xam o‘z
Dostları ilə paylaş: