Oila pedagogikasi



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/68
tarix18.03.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#88576
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68
Oila pedagogikasi fanining oquv uslubiy majmuasi.

 
Adabiyotlar 
1.Musurmonova O. Oila ma’naviyati -milliy o’quv qo’ll. T.: “O’qituvchi”, 1999 
2.Safarov O., Maxkamov M. Oila ma’naviyati. Uslubiy qo’llan. T.: ’’Ma’naviyat”, 2009. 
3.Xasanboyeva O. Oila pedagogikasi darslik T.: “Aloqachi, 2007. 
4.Shoumarov F .B. va boshqalar. Oila psixologiyasi. Darslik T.: “Sharq” 2008. 
5.Muxsiyeva A.Sh. Oila pedagogikasi. O’quv qo’llanma. T.: “TDPU”, 2017y. 
4- Mavzu: O‘zbekistonda oila pedagogikasi fanining rivojlanishi tarixidan. 
REJA 
1.Qadimgi davrlarda O‘rta Osiyoda oila tarbiyasiga oid qarashlar.
2.“Qur’oni Karim” va hadislar oila tarbiyasining muhim manbalari sifatida.
3.O‘rta asrlarda oila pedagogikasiga oid fikrlar. 
4. Ma’rifatparvar o‘zbek pedagog-olimlari oila tarbiyasi xususida. 
5.XX asrda oila tarbiyasiga doir yondashuvlar va ularning mohiyati.
IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyati rivojida muhim davr hisoblanadi. Shu 
bois faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar bu davr madaniy-ma’naviy merosi haqida 
qator ilmiy tadqiqot ishlari yaratdilar.
Pedagog olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta’lim-tarbiya, shaxs ma’naviy 
kamoloti masalalariga bao‘ishlangan ilmiy tadqiqotlari pedagogika fanining rivojida muhim 
o‘rni bor. Lekin ular allomalar merosida olo‘a surilgan ta’lim-tarbiya masalalarini yoritishda 
milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar. 
Aslida esa Markaziy Osiyo allomalarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida ma’naviy 
qadriyatlarga bo‘lgan e’tibor asosiy o‘rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini 
shakllantirishga omil bo‘la oladigan hodisadir. 
SHarq Renessansi deb nomlangan IX-XV asr Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyatining 
eng yuksaklikka ko‘tarilgan, boy davri bo‘lib, bu davrda ilm-fanning ikki yo‘nalishi (birinchisi) 
inson uchun tabiiy fanlardirki, u aql ko‘zi bilan egallanadi, ikkinchisi) bu fanlar inson tomonidan 
(boshqa) kishilardan taqlid qilib o‘rganiladi, ular asosida shariat qonunlari yotadi. Bu fanlarning 
asosini Qur’onda va Sunnada bo‘lgan Alloh va uning elchisining oldindan belgilab bergan yo‘l-
yo‘riqlari tashkil etadi
1
.
1
Избранные произведения мыслители стран Ближней и Среднего Востока. М. Соцгиз, 1961. С. 622.


Bu davrda Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko‘tarish markazi 
"Ma’mun akademiyasi" (IX asr, Bag‘dod,"Baytul hikmat") tashkil etildi. Akademiya ilmiy 
ijodkorlari faoliyatida" Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyatining 
qo‘shilishi asosida hozirgi Markaziy Osiyo madaniyatining maxsus bir-biridan ajratilmagan ko‘p 
qirrali qorishiq turi vujudga keldi Bunday ko‘p qirrali ilmiy qadriyatlarning maydonga kelishida 
vatandoshlarimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850), Ahmad al-Faro‘oniy (247-861), 
Ahmad ibn Abdulloh al - Marvaziy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abu Ali Ibn Sino 
(980-1037), Abu Rayhon Beruniy (975-1050) va boshqalarning xizmatlari katta bo‘lgan. 
Demak, bu davr o‘zining har tomonlama yuksakligi, yaratgan boy madaniy merosi, milliy 
qadriyatlari, jahonga mashhur allomalarning yetishib chiqqanligi bilan qimmatlidir. Sharq 
mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo‘shgan ulushlari nihoyatda boy bo‘lib, 
mazmunan qadriyatlarning barcha yo‘nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlidir. Ular:

aqliymadaniyatnishakllantirishbilanboo‘langanqadriyatlar; 

ma’naviy-ruhiy qadriyatlar; 

ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar; 

badiiy-nafis qadriyatlar; 

diniy qadriyatlar tarzida o‘z iflodasini topgan. 
Inson axloqi aqlga, xulq va hatti-harakati esa ilm-fanni o‘rganishga va ma’rifatga 
asoslangandagina ma’naviy kamolotga erishadi. Mutafakkir allomalarning fikricha, 
insonparvarlik g‘oyalarining amalga oshishi, ma’naviy barkamollikka erishuv chuqur bilim olish 
va ma’rifatli bo‘lishga bog‘liq. Shuning uchun umuminsoniy qadriyat darajasida ulug‘laydilar, 
jamiyatning barcha a’zolarini ilm egallashga chaqiradilar, limning inson ma’naviy hayotda 
tutgan o‘rnini yuqori baholaydilar. 
Forobiy pedagogic qarashlarini, ta’lim-tarbiya haqidag ita’limotini o‘rganishda inson 
xislatlari to‘g‘risidag ifalsafiy fikrlarini hoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiy o‘zining 
falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, moddiy va ma’naviy olamin io‘rganishga 
ahamiyat beradi. 
Forobiy ta’limotiga, inson barch aboshqa jismlardabo‘lmagan qobiliyat va kuchga-ruhiy 
quvvatga-aql va so‘zlash qobiliyatiga ega, bu kuchuni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turadi 
va uning ustidan hokim bo‘lish imkoniyatini berganligi namoyon bo‘ladi. 
Forobiybudunyoqarashidanarsahodisalarnibilish, 
insonaqlinibilimbilanboyitishuniilmli, 
ma’rifatliqilishuchunxizmatqiluvchiruhiyjarayonlargaalohidae’tiborberadi.
Forobiyo‘zining 
"Baxt-saodatgaerishuvhaqida", 
"Fanlarningtasnifi", 
"Falsafanio‘rganishdanoldinnimanibilishkerakligito‘o‘risida", 
"Ilmlarvasan’atlarfazilati" 
kabiko‘plabrisolalaridainsonningma’naviyrivojlanishiilm-ma’rifatgaboo‘liqliginita’kidlaydi. 
Yusuf Xos Hojib ta’lim va tarbiyaning uzviy boo‘liq holda bo‘lishini tavsiya etadi, o‘o‘il 
bolalarning bir necha san’at turlarini va hunarlarni tugal o‘rganmoo‘i lozimligini ta’kidlaydi, bu-
ularning kelajak hayotlari, jamiyat rivoji uchun zarurligini aytadi.
Alloma farzandlarga turli bilim va hunarlar o‘rgatilmoo‘i kerakligini aytib, ularni go‘zal 
axloqli qilib, voyaga etkazishni ota-onalarga maslahat beradi: 
Xudo kimga zakovat, aql, bilim bersa, 
U barcha orzularga qo‘l uzatadi. 
Kimning xulqi yaxshi, fe’l-atvori to‘o‘ri bo‘lsa, 
U tilagini topadi, kun va oy unga boqadi. 
Yaxshi fe’l-atvor barcha ezguliklarga moyadir, xulq-atvor barchasi yaxshi bo‘lsa, ming-
ming sevinch bo‘ladi. 
Umuman, Yusuf Xos Hojib "Qutadg‘u bilig" dostonida til odobi, rostgo‘ylik, poklik, 
kamtarlik sevgi va vafo, muruvvat, sabr-toqat kabi fazilatlar xususida qilgan Hikmatli pandu 
nasihatlari bilan kishilarni, yoshlarni har bir ishda aql-idrokli, o‘zgalarga g‘amxo‘r va mushfiq 
bo‘lishi har bir ishni o‘z o‘rni va o‘z vaqtida ado etishga da’vat etadi. Bir so‘z bilan aytganda 
bugungi davr talabiga hamohang ravishda insonni komillikka hidoyat qiladi. 


Abu Ali ibn Sino etika va axloqiy tarbiya masalalarini falsafiy-pedagogik asosida yoritib 
berishga harakat qiladi. U ayniqsa, oila tarbiyasida ota-onaning o‘rniga alohida to‘xtalib: "Bola 
tug‘ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo‘yishi, so‘ngra esa uni yaxshilab tarbiyalashi kerak", 
deb maslahat beradi.
Al-Xorazmiy 
esa 
insonning 
xulq-atvori, 
hatti-harakati 
mantiqiy 
fikrlashga 
asoslangandagina mukammal shakllanishi mumkin, degan g‘oyani ilgari suradi. 
Alisher Navoiy nazdida ta’ma aralashgan yaxshilik hikmat, himmat insonning ma’naviy 
hissiyotiga salbiy ta’sir etuvchi holatdir. Ta’masiz yaxshilik qilish bu saxiylikdir. 
Odamgarchilikning eng yuksak belgisi saxiylik va himmatdir. Yuksak insoniylikning o‘lchovi bu 
vijdon hisoblanadi. Shu boisdan, Sharq mutafakkirlari vijdon pokligi, oila, ota-ona, xalq, farzand 
burchi haqida olg‘a surilgan g‘oyalarning asosini insonparvarlik tashkil etadi. 
Chunonchi, ota-ona farzandlarning o‘zaro munosabati, burchi ma’naviy qadriyatlarning 
oltin kalitidir. Alisher Navoiy bu haqda quyidagicha fikrlaydi: 
"Boshni fido ayla ato qoshig‘a, 
Jismni qil sadqa ano boshig‘a. 
Ikki jahoningga tilarsan fazo- 
Hosil et ushbu ikkisidan rizo. 
Tun-kuningga aylagali nur fosh, 
Birini oy angla, birisin quyosh. 
So‘zlaridin chekma qalam tashqari, 
Xatlaridin qo‘yma qadam tashqari".
1
Sharq mutafakkirlari didaktik xarakterdagi ilmiy asarlarida ma’naviy madaniyatni 
shakllantirishning shakl, usul va vositalarini qorishiq holda bayon etdilar. Chunki o‘rta asr 
pedagogik fikrlar nazariyasi va amaliyoti tarbiyaning lisoniy shakl va usullariga tayangan. 
Ta’lim-tarbiya berishning vositasi esa amaliyot bo‘lib hisoblangan edi. Bu qoida ayniqsa, Ibn 
Sinoning 
tibbiy 
risolalarida, 
ma`ruzalarida, 
"Donishnoma" 
asarida, 
Kaykovusning 
"Qobusnoma", Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig", Sa’diyning "Guliston", "Bo‘ston", 
Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror", "Mahbub ul-qulub" asarlariga bevosita taalluqlidir. 
Mutafakkir olimlar yuksak ma’naviy fazilatlarni umuminsoniy qadriyatlar doirasida 
talqin etdilar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ma’naviy omillarni yuksak 
baholadilar. Ular "Fozil jamoa", "Fozil shahar", komil insonni shakllantirishning asosi ma’naviy 
omillarga bog‘liq degan g‘oyani ilgari surdilar. 
Xulosa qilib aytganda, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘tmish merosimiz Sharq allomalarining 
bebaho asarlaridan to‘g‘ri foydalana olish, nafaqat milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizni 
yuksaltiradi, balki komil inson shaxsini shakllantirishda ham muhim hissa qo‘shadi. CHunki 
inson hayoti davomida qadrlanib, rivojlantirilib kelayotgan nazariy va amaliy sayqal topgan 
yaxshilik, adolat, do‘stlik, tinchlik, tenglik, erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ota-ona, 
keksalarga hurmat, iymon, e’tiqod, ustoz va shogird va boshqa umuminsoniy fazilatlar 
keyinchalik milliy qadriyatlarning asosiy tarkibiy qismlariga aylanib qolgan.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin