Oxirgi paytlarda keksalarimiz orasida «yoshlarning odobi buzilib ketdi» degan ta’nalarni
eshitadigan bo`lib qoldik. Birovlarning molu mulkiga va joniga qasd qiladigan past nusxalar
ilondek izІib qolganini ko`rib, eshitib yuribmiz. Bir paytlar darvozasi qulf bilmagan, bir necha
oylab uy-joyini quni-qushnilarga ishonib dala hovlilariga ko`chib ketadigan o`zbegim
bugun
kelib eshik taqqillasa avval derazadan muralaydigan bulib qoldi. Shunga o`xshash
kasalliklarning ijtimoiy sabablari bulsa-da axloq-odob borasida yul quyilgan kamchiliklarham
ularga sabab bo`lmoqda. Bir paytlar onalar yelkasiga ag`darilgan «erkinlik» yuki ularning
oiladagi birinchi navbatdagi tarbiyachi ekanliklarini chippakka chiqardi. Onalar mamlakat
iqtisodiy, moddiy boyligini kupaytirish uchun shunchalik dadil va keng jalb yetildiki,
pirovardida ularham jismonan,ham ma’naviy,ham ruhiy boyligidan judo bulib qoldilar. Bir
necha bolani voyaga yetkazish, tarbiyalash va oyoqqa turg`azishning o`zi ulkan ijtimoiy, milliy
va umumbashariy boylik ekaniga ahamiyat berilmadi. Ayollarning o`zlariga qarashga vaqti
bo`lmagach, bolalari tarbiyasiga vaqti bo`larmidi? Ayrim yoshlardagi beandishalik, behayolik
va bezoriliklarning ildizi ana shunda.
Oilada yosh avlodni ota-ona namunasi oila an’analari, shajarasi, kasb-kori, axloqiy-ma’naviy
qadriyatlari asosida tarbiyalash, ular ongida oilaga sadoіat, o`zaro
mehr-muhabbat, hurmat
hissini shakllantirish vositasida ularni oilaviy hayotga tayyorlash kutilgan natija beradi. Buning
uchun ota-onalarni tarbiya jarayoniga tayyorlash maqsadida ota-onalar universitetlari ishini
tiklash va takomillashtirish, umumta’lim maktablari, oliy va o`rta maxsus ta’lim mazmuniga
«Yoshlarni oilaviy hayotta tayyorlash» kursini kiritish maqsadga muvofiіdir. Ota-onalarga oila
tarbiyasida metodik yordam beruvchi «Oila kutubxonasi» seriyasidagi kitobchalar va maxsus
«Oila» jurnalini nashr qilishni yo`lga qo`yish, barcha yo`nalishlardagi oliy va o`rta maxsus
ta’lim muassasalariga «Oila psixologiyasi va pedagogikasi» kursini joriy etish oilani namunali
tarbiya maskaniga aylantirish vositasidir.
Balog’atga yetayotgan yigit-qizlarimiz o’tkazilayotgan ta’lim,
islohotlaridan mamnun
bo’lishi tabiiydir. Shuning uchun, respublikamizning barcha viloyatlari, tumanlari va
qishloqlaridagi o’quv dargohlari zamonaviy uslubda jixozlanishi, ta’lim tizimiga esa yangicha
ruh kiritilishi, Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari, umumta’lim maktablari, oliy
va o`rta maxsus o’quv yurtlarida ta’lim-tarbiya mazmunini, oila ta’linmi va tarbiyasi bilan
hamohang ravishda amalga oshirish zarur. Buning uchun esa:
-ta’lim-tarbiya shakllari, usul va vositalarini jahon andozasi talablariga mos tarzda
rivojlantirish; ta’lim, madaniy-ma’rifiy muassasalarni yangi zamonaviy texnika va texnologiya
asosida jihozlash;
-o’qituvchi-murabbiylarning, ota-onalarning ijodiy izlanishlarini
va mahoratlarini
oshirishning samarali yo’llarini topish;
- qishloq yoshlariuchunta’lim-tarbiyamuassasalariningilg’ormodellarini hayotgakengjoriyetish;
- oila – mahalla - maktab tizimida ta’lim-tarbiya samaralimazmunini va usullari amaliyotga
keng joriy etish;
- yoshlarning bush vaqtlarini oila-maktab va jamoatchilikhamkorligida qiziqarli, maqsadli
tashkil etishga erishish zarur.
Sharq mutafakkirlarining oila tarbiyasiga doir fikrlari. Oila tarbiyasidagi bolalar xayotini
to’gri uyushtirish, ularni vaktdan tugri va unumli foydalanishning asosiy garovi ekanligini ota-
onalar o‘z farzandlariga uqtirishlari lozim. Oila tarbiyasi masalalari bo‘yicha maxsus Abu Ali
Ibn Sino «Tadbir al-manozil» nomli asarini yozgan. Unda olim ota-onaning bolalarni
tarbiyalashdagi vazifalarini yoritgan. Asarda oilada ota-onaning vazifasi va burchiga va oila
munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mexnatsevarligi bilan farzandlarini
ham kasb va hunarga o‘rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi.
Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalarigakeng o‘rin berilgan.
Ota oilada o‘z farzandlarigaxar tomonlama yurish-turishda, nutk odobida, so‘z
madaniyatida, o‘zaro muomala jarayonida eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va
xaqqoniylik, samimiylikka namuna bo‘lmog‘i kerak. Oilada farzand tarbiyasining to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yishning asosiy vositasi uningma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirish, deb hisoblagan edi
olim.
Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy«Odob as-solixan» asarida uylanadigan yigit nikoxdan oldin
uylanmoqchi bo‘lgan qizini ko‘rmog‘i, uylanadigan qizining bokira bo‘lmog‘i hamda to‘rt narsa
umrda, komatda, molda va nasabda erdan past va to‘rt narsada,
husnda va jamolda, xulqda,
adabda va iffatda erdan yuqori bo‘lishi zarurligini, ta’kidlaydi. Bu fikr turmushda tinch va totuv
yashash, oiladaer-xotin munosabatlarida katta ahamiyatga ega.
Davoniyningfikricha:«Ota-ona bolagajamiyatda mavjud bo‘lgan xulq-odob qoidalarini
singdirishga, yurish-turishga, yeyish-ichish, o‘z qilmishi uchun ma’suliyatni sezish, shirinsuxand
bo‘lish, yaxshilik, ezgulik kabi axloq qoidalarini egalllashiga yordam berishi lozim». Rudakiy
oilada bola tarbiyasi, yosh avlod kamolotda ota-onaning burchi haqida ham muhimfikrlarni ilgari
suradi. Chunonchi ruboiylari zamonasidagi aksariyat odamlar, xatto ma’rifatli zotlar ham
farzardlarining tarbiyasiga e’tiborsizlik bilan qarab, donishmandning bolasi joxil bo‘lib
qolayotganligidan afsuslanadi.
Inson tug‘ilgan paytidanoq tarbiyaga muhtojdir. Uning ilk tarbiyachilari albatta ota-
onasidir. Buning uchun oila muhitidaota-onalar bilan bolalar o‘rtasidao‘zaro hurmat
bo‘lgandagina tarbiyada yaxshi natijalarga erishi mumkin bo‘ladi. Bolalarga oilada ta’lim-
tarbiya berish jarayonida, kerakli o‘rinlardasharq mutafakkirlarining asarlarida berilgan fikr
mulohazalaridanoqilona foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi
Forobiy o‘z davrining buyuk olimi sifatida ko‘pgina fanlarga oid asarlar yozish bilan birga
Sharqda
qadim yunon falsafasi, qadimiy dunyoning eng mashhur olimi Aristotelning asarlarini
o‘rganish ularga sharhlar yozish o‘oyalarini taro‘ib etadi va faylasuf o‘oyasini yanada
rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shadi, butun Sharqda "Ikkinchi muallim" unvoniga sazovor
bo‘ldi. U yunon olimlari Platon, Galen, Evklid, Parafiy, Suqrot kabi olimlar risolalariga sharhlar
yozdi.
Forobiyning fikricha, mavjudotning eng buyuk va eng etuk mahsuli-bu odamdir. Inson
o‘zining ongi, aqli, sezish qobiliyatiga egadir. Inson o‘z aqli yordamida o‘zini o‘rab olgan
mavjudotning mohiyatini tushunadi.Forobiyning pedagogik ta’limotlari o‘z davri uchun ayniqsa,
katta ahamiyatga ega bo‘lib, insonparvarlik o‘oyalari bilan suo‘orilgan.
Forobiy insonparvarligi uning ta’lim-tarbiya, inson shaxsiyatini kamol toptirishning yo‘l-
yo‘riqlari, ilm-ma’rifatiga erishuvning usullari, ijtimoiy muammolarni echish masalalari asosida
yotadi. Bu esa bugungi pedagogikaning metadologik asoslarini yaratishda o‘z o‘rni bor.
Xalq og‘zaki va yozma ijodiyoti, xalq yodgorlik obidalari taraqqiyot jarayonida paydo
bo‘lgan, rivojlangan qadriyat darajasiga ko‘tarilgan an’analar, urf-odatlar, rasm-rusmlar, amaliy
faoliyatda katta ahamiyat kasb etadi.
Qomusiy mutafakkirlar va mashhur pedagoglarning o‘rni diqqatga sazovordir. Al-
Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Rudakiy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, Voiz Koshifiy,
chex olimi Yan Amos Komenskiy, shveysariyalik pedagog Iogann Genrix Pestalotsi,
nemis
pedagogi Adolf Disterverg, rus pedagogi K.D.Ushinskiy kabilar o‘z ijodiyotlarida
pedagogikaning metodologik asosini yaratdilar. Pedagogika fanining mazmuni, maqsadi,
vazifalari, tamoyil, uslub va vositalari, umuman xar bir inson uchun zarur bo‘lgan tarbiyaviy
ta’sirlar yangicha asosga ega bo‘lishi kerak.
Avvalo,maqsad va vazifalari, yangi yo‘nalishlari, ta’lim va tarbiya mazmuni, shakl va
metodlari hamda boshqa qator muammolar yangicha yondashuv milliy istiqlol o‘oyalari va
milliy mafkura asosida yaratilishi muhim. Shuningdek, I.A.Karimov o‘z risola, nutq va
suhbatlarida ilgari surgan fikrlar, o‘oyalar, ana shu fikr va qarashlar asosida yaratilgan "Milliy
istiqlol o‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" pedagogika
fanining metodologik asosi
sanaladi.
Shu bilan birgafanining ham o‘z ildizlari, sarchashmalari mavjud. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya
tarixiga nazar tashlar ekanmiz moziyda ham eng muhim, bosh masala inson, uni barkamol etib
tarbiyalash bo‘lganligining guvohi bo‘lamiz. Eng qadimgi manbalardan boshlab, keyinchalik
paydo bo‘lgan ta’limiy-axloqiy asarlarda ham nazariy, ham amaliy masalalar tahlil etilganki,
uning asosida inson shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammosi markaziy muammo
bo‘lgan. Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig" asaridan boshlab, Kaykovusning "Qobusnoma",
Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-Haqoyiq", Sa’diyning "Guliston", Alisher Navoiyning "Mahbub
ul-qulub", Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yohud axloq" va boshqa juda ko‘p didaktik
asarlarning har birini bir pedagogik darslik desak yangilishmagan bo‘lamiz. Biz ana shu
asarlarga tayangan holda tadqiqot ishlarini olib borgan taqdirdagina
oila asoslarini boyitgan
bo‘lamiz.
I.A.Karimov bu borada shunday degan edi:
O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning yo‘li o‘z to‘rtta asosiy negizga asoslanadi.
Bu negizlar:
-umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
-Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
-insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- vatanparvarlik”
O‘zbekistonda mustaqillikni saqlab qolish va uni mustahkamlashda oila pedagogika fani va
uning metodologik asoslariga bevosita bog‘langan holda har bir pedagog masalaga ijodiy,
rivojlanuvchi nuqtai nazaridan yondashishi zarurdir. Ana shunda mazmunan yangilanayotgan
zamon talablari asosida shakllanayotgan pedagogika - inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi zamonaviy
metodlar asos bo‘lgandagina haqiqiy, milliy va zamonaviy tarbiyashunoslik faniga aylanishi
muqarrar.
Dostları ilə paylaş: