Оила психологияси



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   93
Оила психологияси

Nazorat topshiriklari:
1. Balog’atga erishish, jinsiy etilishdagi va o’sishdagi tezlashish qanday nomlanadi?
A) Adaptatsiya. B) Akomodatsiya. V) Abstaktsiya. G) Amneziya. D) Aktseliratsiya. 
2. " Aktseliratsiya odamlarning ovkatlanishi, iste’mol qilinayotgan ozuqalarda darmon -
dorilar miqdorining kuchayishi sababli vujudga keladi". Ushbu ta’limot qaysi nazariya 
oqimiga ta’luqli. 
A) Geliogen nazariyasi. B) Urobizatsiya nazariyasi. V) Nutritiv nazariyasi. 
G) Nurlanish nazariyasi. D) Ijtimoiy nazariya. 
3. Aktseliratsiya haqidagi turli ta’limotlarning mohiyatini ayting, farqlang. 
4. Aktseliratsiya nazariyalarini taxlil qilib chiqing, taqqoslang. 
5. Aktseliratsiya nazariyalarini umumlashtirib, yozma xulosa chiqaring. 
4-savol. Jinsiy balog’atga etish.
Jinsiy balog’atga etish haqida tushuncha. O’smirlik davrida kuzatiladigan 
xarakterli holatlardan biri jinsiy balog’atga etishdir. Jinsiy balog’atga etish qanday 
amalga oshadi. Jinsiy bezlar va u bilan bog’liq bo’lgan jinsiy belgilar bola hali ona 
qornidaligidayoq paydo bo’ladi va bola tug’ilganidan boshlab to o’smirlik davrigacha 
jinsiy rivojlanishni belgilab beradi. Jinsiy bezlar va ularning vazifalari bolani rivojlanish 
jarayonining yaxlitligi bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Ontogenetik taraqqiyotning ma’lum 
bir bosqichida jinsiy rivojlanish keskin jadallashadi va fiziologik jinsiy etuklik amalga 
oshadi. Jinsiy
rivojlanishning tezlashishi va jinsiy balog’atga etish davri jinsiy balog’atga etish 
davri deb ataladi va u aksariyat hollarda o’smirlik yoshiga to’g’ri keladi. Qiz 


54 
bolalarning jinsiy balog’atga etishishi o’g’il bolalarga qaraganda 1—2 yil ilgarilab 
ketadi. Jinsiy balog’atga etish nisbatan individual xarakterga ega bo’lib, u vaqti va 
tempiga ko’ra turli bolalarda turlicha kechishi mumkin. Jinsiy balog’atga etish muddati 
va uning jadalligi turlicha bo’lib, u ko’plab omillarga: salomatlik holati, ovqatlanish
xarakteri, iqlim, maishiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog’liq. Bunda nasliy 
xususiyatlar ham muhim rol o’ynaydi.
Noqulay maishiy sharoitlar, etarlicha va to’g’ri ovqatlanmaslik, ularda zarur 
vitaminlarning etishmasligi, og’ir yoki qaytalanuvchan xastaliklar jinsiy balog’atga 
etish davrini kechiktirib yuborishga olib kelishi mumkin. Odatda katta shaharlarda 
o’smirlarning jinsiy balog’atga etishishi qishloq joylardagiga qaraganda ertaroq amalga 
oshadi.
Jinsiy balog’atga etish davrida gipofiz va qalqonsimon bezlar ajratib chiqaradigan 
gormonlar ta’siri ostida o’smirda bo’yining o’sishi, ikkilamchi jinsiy belgilarning 
rivojlanishi, ovozning o’zgarishi, muskul kuchlarining ortishi, tananing ayrim qismlarini 
jun bosishi, ko’krak bezlarining rivojlanishi kabilar kuzatiladi. Jinsiy balog’atga etish 
bosqichlari. Jinsiy balog’atga etish tekis kechadigan jarayon emas. U ma’lum bir 
bosqichlarga bo’linadi va ularning har biri ichki sekretsiya bezlarining va butun 
organizmning o’ziga xos vazifalari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichlar birlamchi va 
ikkilamchi jinsiy belgilar majmui bo’yicha belgilanadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin