Nazorat uchun savollar: 1. Tarbiya jarayonining mohiyati nimada?
2. Tarbiya jarayoni mazmuni nimalarini o‘z ichiga oladi?
3.Jamoa nima?
4. Jamoaning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflang.
5. O‘quvchilar jamoasini shakllantirishning asosiy bosqichlarini ta’riflang.
6.. Jamoani tashkil etish metodikasi qanday?
7. Jamoa an’analari deganda nimani tushunasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ataeva N., Rasulova F., Xasanov S. Umumiy pedagogika. 1-kitob - T.,2011
2. Ataeva N., Salayeva M., Xasanov S. Umumiy pedagogika. 2-kitob - T., 2013
3. Golovanova N.F. Obshaya Pedagogika. Uchebnoe Posobiye. - M., 2005
4. Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika. Darslik. - T., 2001
5. Pedagogika. (M.To’xtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida). Darslik - T„ 2010
6. Podlasiy I. P. Pedagogika. V 3-x chastyax. Uchebnik. - M„ 2004
7. Pedagogika i psixologiya. /Pod red. A.A.Radugina - M„ 2003
8. Slastenin V.A. Obshaya Pedagogika. - M„ 2003
9. Selivanov V.A. Osnovi Obshey Pedagogiki. — M„ 2004.
5-MAVZU: TARBIYA JARAYONINIG SHAKLLARI VA METODLARI
REJA: 1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
2. Tarbiya metodlari klassifikasiyasi.
3. Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari
4. Jamoa va unuig vazifalari
Tayanch iboralar: Bola o‘qishni, tarbiya olishni istaydi, katta bo‘lib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi. Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalashi lozimligini bilishi kerak. Shu bilan birga bola o‘zini o‘zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmaslik lozim.
O‘qituvchi-do‘st, murabbiy, yo‘l boshlovchi bo‘lgandagina o‘quvchilar o‘zlarining ichki olamlarini ochib ko‘rsatadilar.
Yuqorida aytganimizdek, tarbiya tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar bilim va tarbiyaga ega bo‘lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar-bilim va tajriba o‘rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada faol faoliyat ko‘rsatmasalar, tajriba va bilim o‘rgana olmaydilar.
Demak, tarbiya metodi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat va o‘zaro ta’sir ko‘rsatish usullaridir. Shaxsni shakllantirish maqsadida, bolaning ongi, his-tuyg‘ulari, irodasi, xulq-atvori va munosabatlari tizimiga ta’sir ko‘rsatish uchun tarbiya metodlari ishlatiladi. Ilmiy adabiyotlarda tarbiya metodlarini tarbiya usullari, deb ham yuritiladi.
Ta’lim metodlari, o‘qituvchi sinfda birinchi marta sinf xonasini tozalash uchun shanbalik uyushtirmoqda. Bolalarga ish bo‘lib berishdan oldin u lattani qanday qilib xo‘llash, partalarni va polni artish haqida gapirib, ko‘rsatib beradi. O‘qituvchining so‘zi bu yerda uslub bo‘lib hisoblanadi. Metod va uslub bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va pedagogik jarayon mohiyatiga ko‘ra bir-biriga o‘tib turishi mumkin.
O‘quvchilarning jamoa va individual faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qilish uchun tarbiya shakllaridan foydalaniladi. Masalan, sinf majlisi, yig‘ilishi, ertalabki saflanish, klub ishlari va boshqalar.
Tarbiya vositalari biron-bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo‘l bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi (ko‘rsatmali qo‘llanmalar, kitoblar, radio, televidenie). Yana o‘quvchilar jalb qilingan faoliyat turlari ham tarbiya vositasi bo‘lishi mumkin. Kinofil’mlar, san’at asarlari, o‘qituvchining jonli so‘zi, bolalar o‘yini, mehnat, sport, badiiy havaskorlik, ijtimoiy va boshqa faoliyat turlari tarbiya vositalari bo‘lishi mumkin. Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun o‘qituvchi-tarbiyachining tarbiya tizimiga kiritilishi lozim. Masalan, maktab kutubxonasi tarbiya vositasi bo‘lishi uchun o‘qituvchi va kutubxonachi yozuvchilar bilan uchrashuv, o‘qilgan kitoblarni muhokamasini uyushtirishlari lozim.
Tarbiya natijasi tarbiyaviy jarayonning usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bog‘liq.
Tarbiyachilar ta’sir etishning bola shaxsiyatiga maqbul metodni, tanlab olishlari, uning shaxsini o‘zgartirish uchun kerakli sharoit yaratishlari lozim. Tarbiya metodlari har bir bolaga, bolalalar jamoasiga alohida munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi.
Shunday qilib, tarbiya jarayonida o‘qituvchi yakka o‘quvchi yoki sinf jamoasi manfaati yo‘lida biron-bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o‘quvchilarning yosh va individual hususiyatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini, pedagogik vaziyat harakterini hisobga olgan holda ta’sir etishning turli-tuman metod, uslub va shakllarini majmuasiga tarbiya usuli deyiladi. Tarbiyaning metodlari, vositalari asrlar davomida shakllanib takomillashadi, o‘zini oqlagan urf-odatlar an’anaga aylanadi. Binobarin, tarbiyada har bir xalqning o‘z udumi, usuli tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi, tarbiya vositalari bo‘ladi, shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi kerak.