Oilada yoShlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari



Yüklə 110,79 Kb.
səhifə11/17
tarix07.01.2024
ölçüsü110,79 Kb.
#202151
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Oilada yoShlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning ilmi-hozir.org

Tolerant muhitni qurish tamoyili. Oilada tolerant muhitni qurish tamoyili oila a’zolarining barchasidan mana shu pedagogik jarayonga tayyorlik va uni shakllantirilishida faollik ko’rsatishni anglatadi. Tolerant muhit o’z-o’zidan bunyod bo’lmaydi, uni shakllantirish uchun sayi-harakatlar, bilim olish, bilim va malakalarga rioya etish, o’z ustidan nazorat, hammaga yordamga tayyorlik, hamjihatlikka rioya etish kabi o’nlab xususiyatlar talab etiladi. Bu jarayon odamdan ijodiylik va bag’rikenglikni talab etadi. Bu tamoyilni amalga oshirish shart va sharoitlari quyidagilardan iborat: oilada umumiy munosabatlarda hammaning huquqi teng ravishda amal qiladigan ma’lum tartiblar va qonuniyatlarning o’rnatilishi, o’z o’zini ko’rsatish uchun imkoniyatlarning to’la yaratilganligi, ijodiylikka bo’lgan pozitiv munosabat, birovlarning istak va xohishlariga e’tibor, oila a’zolarining bir tomondan mas’ulligi, ikkinchi tomondan esa, umumiy tartiblarga bo’ysunishi.

Oilaning ichki muhitida shakllantirilgan munosabatlar qarindosh-urug’lar muhitida ilk tajriba va sinov jarayonidan o’tadi. Agar oilaning qarindosh va urug’lari o’rtasidagi qadriyatlar tizimi belgilangan oila qadriyatlari bilan mos kelsa, bola tafakkurida shakllantirilgan g’oyalar mustahkamlanadi. Agar qarindosh-urug’lar o’rtasidagi qadriyatlar tizimi boshqacharoq bo’lsa, boladagi tanqidiy munosabat orqali haqiqatning oydinlashtirilishiga erishiladi. Mana shunday bosqichma-bosqich tashkil qilingan holatda oilada bolalarning tolerantlik tafakkuri mustahkamlanadi. Oilada bolalarning tolerantlik tafakkurini eng oliy darajada shakllanishiga ko’mak beruvchi tizim ta’lim tizimi hisoblanadi. Shu bois, tolerantlikni shakllantirishda oila va ta’lim tizimi hamkorligi talab etiladi. Oilada olingan birlamchi tolerantlik qadriyatlari, ta’lim tizimi tomonidan mustahkamlangan va yangitdan shakllantirilgan intellektual bagaj bilan birlashib, bolani jamiyatda tolerantlik asosida hayot kechirishini ta’minlab beradi. Ko’rsatilgan xususiyatlarning barchasi oilada o’smir yoshli bolalarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning pedagogik mazmuni bilan aloqador bo’lib, ular pedagogik jarayon xususiyatlarini belgilab beradi. Oilada dars berish orqali bolani tarbiyalab bo’lmaydi. Oilada bolaning emosional, axloqiy va intellektual tarbiyasi shaxsiy ibrat, aytilgan so’z, shaxsiy munosabat, shaxsiy fikr, amaliy ish, hamkorlikda bajarilgan mehnat, hamkorlikdagi muloqot va baxs, munozara, birgalikda qilingan muhokama, turli oilaviy tadbirlarni uyushtirish jarayoni, o’zaro ko’mak sharoiti, birovni anglash tajribasi v.b. lar orqali shakllantiriladi. Shu bois, oilaviy tarbiya faoliyatida hayotiylik juda muhim o’rin tutadi. Muloqot ham, muhokama ham, munozara ham, anglash ham, tushunish ham hayotiylik asosiga quriladi. Bunda ota va onaning nechog’li o’z farzandi bilan keng va chuqur munosabatlarga kirisha olishi, samimiyligi, o’rtoqlashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ota-onaning bolaga nisbatan amaldagi tolerant munosabati bolaning ota-onasiga qaratilgan, so’ng boshqalar va butun jamiyatga qaratilgan tolerant munosabatining asosi hisoblanadi. Asli ota va ona tolerant bo’lmasa, bolada asl mazmundagi tolerantlikni shakllantirib bo’lmaydi. Demak, oilada yoshlarda tolerantlikni shakllantirish shart-sharoitlari: - hamkorlikdagi intellektual faoliyat; - hamkorlikdagi emosional faoliyat; - hamkorlikdagi mehnat faoliyati; -hamkorlikdagi muloqot faoliyati; - hamkorlikdagi anglash faoliyati; -hamkorlikdagi baholash faoliyatlarini o’z mazmuniga mujassam qiladi.
Ota-ona, oiladagi bosh pedagog vazifasini bajaruvchi sifatida, o’zi tolerant bo’lishi lozim hamda uning tolerantligi na faqat o’z farzandlariga nisbatan, balki yaqinlari, qarindoshlari, do’stlari, qo’shnilari, hamkasblari, va barcha atrofidagi odamlarga nistaban qaratilmog’i darkor. Chunki agar ota-ona tolerantlikni tanlagan holda ba’zilarga nisbatan qo’llasalar, o’z bolalarida ham ba’zilarga nisbatan tolerantlik tamoyillarini qo’llash, ba’zilarga nisbatan esa uni ishlatmaslik malakalari shakllanadi. Shu bois, ota-ona tolerantlikni shakllantirish jarayoniga kirar ekan, o’zi tolerant bo’lmog’i, o’zi buyruqlar asosida o’z farzandi bilan gaplashishdan bosh tortmog’i, o’zi bolaning barcha ishlariga, yutuqlariga ham, xatolariga ham tolerant munosabat bildirmog’i darkor bo’ladi.
Oilada tolerantlikni tarbiyalashning muhim bo’lgan xususiyatlaridan biri shundaki, u ko’proq shaxsiy ibrat va shaxsiy munosabat asosida shakllantiriladi. Oiladagi tolerantlik ko’proq xissiy-emosional hamda axloqiy-amaliy ko’rinishlarda bolalar tafakkuriga yetkaziladi. Turli vaziyatlaring tahlili, turli vaziyatlarda tomonlarning o’zini tutishini tahlil qilish, ularga nisbatan ochiq va teng, haqqoniy baholanish tartibini ishlatish, vaziyatni o’ziga yaqin odam manfaati uchun buzib, yoki bo’yab ko’rsatmaslik, vaziyatlar va holatlarga nisbatan neytral munosabat uning shakllantirilishini ta’minlovchi omillar hisoblanadi. Tolerantlikni shakllantirishning pedagogik mazmuni, birinchidan, pedagogik tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi tomonlar xarakteristikasini, pedagogik jarayonning o’ziga xos xususiyatlarini, pedagogik jarayonda shakllantirilishi lozim bo’lgan fazilatlar majmuasini, pedagogik jarayonda ishlatilishi lozim bo’lgan pedagogik usul va vositalarni, shuningdek pedagogik jarayonni boshqarayotgan pedagog, bizning holatimizda, ota-onaning pedagogik mahorati masalalarini o’z ichiga qamrab oladi (rasm 3).
O’zbekistonda oilada tolerantlikni shakllantirishning yana bir o’ziga xos xususiyati shundaki, tadqiqot doirasida aniqlanishicha, o’zbek oilalaridagi ota-onalarning o’zida tolerantlik tushunchasi, uning mazmuni, uni amalda qo’llash tartiblari borasidagi bilimlar shakllantirilmaganligi, yoki ularning sust holda ekanligidir. Shu bilan birga, ota-onalarning tolerantlik tafakkurini shakllantirishga yo’naltirilgan tizimning mavjud emasligi ham tolerantlikni zamonaviy avlodlar uchun zarur insoniy qadriyatlaridan biri sifatida shakllantirilishini qiyinlashtiradi.
Tadqiqotda oilada yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning yosh nuqtai nazaridan differensiasiyasi quyidagicha belgilandi:



Yüklə 110,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin