Oilada yoShlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning ilmi-hozir.org
II.BOB. OILADA YoShLARDA TOLERANTLIK TAFAKKURINI ShAKLLANTIRIShNING MAZMUNI, SAMARALI ShAKLLARI 2.2. Oilada yoshlarning tolerantlik tafakkurini shakllantirishning mazmuni, samarali shakllari Oila jamiyatning mini modeli hisoblanadi. Aynan oilada shaxs ijtimoiy muhim bo’lgan fazilatlar, jumladan ma’naviy, axloqiy, kommunikativ, estetik xususiyatlarni tajriban o’tkazadi va butun hayoti davomida realizasiya qilib boradi. Kishilik sivilizasiyasi mana shunday ijtimoiy muhim bo’lgan inson fazilatlarini faqat oila sharoitidagina shakllantirish mumkinligini ko’rsatadi. Insoniyat oiladan boshqa bo’lgan va inson shakLlanIshInI AmAlGa oshiruVchI boshqa institutga ega emas.Oiladagi inson shaxsi o’zining ilk qadriyatlari tizimiva insoNiY fazilatlarini oila a’zolari, oilA qaDrIyatlarI, urf va odatlari, udumlari, an’analari orqali o’ziga singdiradi. Bola tafakkurida va uning xarakterida shakllantirilgan mazkur fazilatlardan so’ng uning jamiyatdagi faollik va integrasiyasi darajasini belgilab beradi.
Shu bois, oilani barcha odamlar inson tomonidan shakllantirilgan eng oliy qadriyat va boyliklardan biri sifatida e’zozlashadi. Dunyoda oila institutiga ega bo’lmagan biror sivilizasiya, madaniyat, millat, elat, va yoki qabila ham yo’q. Demak, jamiyat oila institutini shakllantirish, uni muhofaza qilish, uni bunyodkorlik ishlariga rag’batlantirish, uni har tomonlama ta’minlash, uni mustahkamlashdan manfaatdor hisoblanadi. Oiladan tashqarida hamda jamiyatdan tashqarida biror bir odam to’laqonli shaxs sifatida shakllana va rivojlana olmaydi. Oila mustahkamligi tabiiy ravishda davlat va jamiyat mustahkamligini belgilab beradi. Shaxs ijtimoiyligining birinchi ko’rinishlari oilada shakllantiriladi. Shaxs oilada ijtimoiylashuv maktabini o’taydi. Sog’lom bo’lgan oilaviy insonlararo munosabatlar shaxsning jamiyatdagi insonlararo sog’lom munosabatlari qurilishining asosi hisoblanadi. Oiladagi insonlarning o’zaro hamjihatliligi, bir birini yaxshi tushunishi, o’zaro yordam va ko’mak qilish muhiti, oila a’zolarining ma’naviy jihatdan birligi, oila ideallarining insoparvarlik, teng munosabatlar, hurmat, izzat, ikrom, xushmuomalilik, ishonch asosiga qurilganligi sog’lom oilaviy munosabatlarning shakllantirilganligidan dalolat beradi. Ko’rsatib o’tilgan xususiyatlar pirovardida oila tolerantligi asosi bo’lib xizmat qiladi.
Ammo oiladagi mana shunday tolerant munosabatlar o’z-o’zidan shakllanib qoladigan muhit bo’lmay, uni sog’lom, adekvat, pedagogik bilimlar asosida shakllantirish oilaviy tolerantlik va bola tolerantligini tarbiyalashning birdan bir to’g’ri yo’li hisoblanadi. Shu bois, oiladagi o’smir yoshli bolalar tolerantligini shakllantirishda bola tolerantligining pedagogik mazmuni, uning samarali va shakl va metodlari masalasini ilmiy o’rganish muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi.