Oilada yoShlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari


Tolerantlik obyektini adekvat interpretasiyalash metodi



Yüklə 110,79 Kb.
səhifə13/17
tarix07.01.2024
ölçüsü110,79 Kb.
#202151
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Oilada yoShlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning ilmi-hozir.org

Tolerantlik obyektini adekvat interpretasiyalash metodi. Interpretasiya – ro’baro’ muloqot obyektlarining bir-birlarining hatti harakatlari va so’zlarini mutanosib, to’g’ri talqin qilish bo’lib, agar ro’baro’ obyektlar o’zaro tolerantlik asosida bir-birlarini interpretasiya, ya’ni talqin qilsalar, ular o’rtasidagi ishonch va anglash ham ortib boradi. Bunda talqin obyekti rolini ham pedagog, bizning dissertasiyamizda – ota-ona, ham tarbiyalanuvchi, bizning tadqiqotimizda – o’smir bola, o’ynashi va ijro etishi mumkin. Pedagog avvalo o’z tarbiyalash obyekti, ya’ni o’z farzandida uning o’ziga xosligi, uning qarashlari va fikrini hurmat bilan qabul qilishi lozim bo’ladi. Bolaning individuallligini tanimasdan turib, uni qabul qilmasdan turib, ishonch vaziyatini shakllantirib bo’lmaydi. Shu bilan birga, farzand, o’z individuallligini ko’rsatish bilan birga, uning individualligida mavjud bo’lgan tolerantlik xususiyatlaridan o’z oilasi, yaqinlari, atrofdagilar, jumladan ota va onasining hayoti tinch va osudalikda, baxt va ma’naviy butunlikda o’tishini anglab yetmog’i zarur bo’ladi. Shu bois, farzandning tolerant axloqi bola uchun ham subyektiv, ham obyektiv, ya’ni ijtimoiy mazmun kasb etadi.



  • Tolerantlik mazmunini to’laqonli shakllantirish metodi. Mazkur usullar pedagogga tolerantlikning barcha xususiyatlarini ilmiy, tarixiy, real sharoit va oilaviy muhit tarkibida shakllantirish uchun imkon yaratadi. Pedagog eng avvalo ota-ona intuisiyasi, hayotiy tajribasi, o’z bilimi, bolani tarbiyalashdagi ijodiyligi va ishtiyoqi, juda katta xohishi va istagi, emosional bola xissiyotlari bilan aloqadorligini ishga solgan holda bolaning ichki olamini anglashga muvaffaq bo’ladi, uning qadriyatlarini koordinasiya qiladi, uning xissiyotlarini tartiblashtiradi, emosional o’sishini ta’minlaydi.

    Mazkur jarayonlar bir odamning ikkinchi odam bilan bo’ladigan xissiy-emosional munosabatlarini tartiblashtirish bilan aloqador bo’lib, bir insonning ikkinchisiga bo’lgan kuchli aloqadorligi, ular bog’liqligi negizida vujudga keltiriladi. Shu bois bu jarayon dialog, muloqot, hamjihatlik asosida bunyod etiladi. Oilada yoshlarda tolerantlikni shakllantirish jarayoni unda qo’llaniladigan usullar va shakllar nuqtai nazaridan ham o’ziga xos jarayon hisoblanadi. Chunki oilada bola tafakkurini mutanosib va maqsadli shakllantirishda an’anaviy o’quv jarayoni, darslar, seminar va treninglardan foydalanib bo’lmaydi.
    Oilada tolerantlik tafakkurini shakllantirishda quyidagi pedagogik shakllar: oilaviy an’analar, kattalar ibrati va nasihati, OAV ta’siri va tarbiyaviy roli, kitob mutoala qilish, muammolarni ochiq muhokama qilish, birgalikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish, madaniyat dargohlarini ziyorat qilish, islom omilidan to’g’ri foydalanish, islom ziyoratgohlariga safar qilish, o’z vatanining tarixiy obidalarini bilish va ularni o’z ko’zi bilan ko’rish, oilaviy tadbirlarni tashkillashtirish va uyushtirish, oilaviy urf-odatlarga amal qilish, yangi oilaviy an’analarni ishlab chiqish, har insonning har qanday hatti harakatlarini neytral va to’g’ri munosabat bildira olish, tanqidiy tafakkur, mahalla ta’siri, mahalla tadbirlarida ishtirok etish kabilardan unumli foydalanish asosida amaliy natijalarga erishish mumkin bo’ladi.
    Oiladagi tolerantlik bolani quyidagi amallarga o’rgatadi:


    • O’z o’zini psixologik diagnostika qilish, o’z qobiliyatlarini o’stirish;

    • O’z shaxsiyatining yutuq va kamchiliklarini ochiq ko’rishga o’rgatish, o’z zimmasiga mas’uliyat olishni o’rgatish;

    • O’z shaxsiyatining pozitiv tomonlarini rivojlantirish, o’zi shaxsini bunyodkorlikka undash;

    • O’ziga nisbatan tolerantlik bilan o’zgalarga nisbatan tolerantlikning o’zaro bog’liqligini anglab yetish;

    • O’zga odamlarni anglash, ular muammolarini tushunish, o’zgalarga va yaqin odamlarga ko’makka tayyorlikni, ijtimoiy faollikni tarbiyalash.

    Tadqiqot davrida tajriba-sinov maydonlarida, ya’ni oilalarning o’zida, shuningdek umumiy o’rta maktablarda o’smir yoshdagi bolalar tolerantligini shakllantirish maqsadida quyidagi pedagogik tadbirlar o’tkazildi:



    1. Mening oilam – mening qo’rg’onim” tadbirini o’tkazish. Bu tadbirda bola uchun uning oilasi nimani bildiradi, shu maqsadga bola tafakkurini yo’naltirish bilan bola taqdiridagi oila o’rnini aniqlash. Bolani maxsus savolnomalarga javob berdirish orqali oilasining bola tarbiyasidagi roli va ahamiyatini belgilab olish. Masalan, “Mening kiyimlarimni kim olib beradi?”, “Mening ovqatlarimni kim qilib beradi?”, “Mening yo’lkiramni kim to’laydi?”, “Men oila uchun nima vazifalarni bajara olaman?”, “Men qanday qilib oilamga o’z minnatdorchiligimni bildirishim mumkin?”.




    Yüklə 110,79 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin