10 – 11 yoshdagi bolalarda: kattaga hurmat, kichikka izzat, qayg’urish, mehr, yordamga tayyorlik, mehnatdan qochmaslik, qariyalarga yordam berish, rahmdillik, ko’ngli ochiqlik kabi fazilatlarni tarbiyalashga urg’u berish;
12 - 13 yoshdagi bolalarda: yuqoridagi fazilatlar qatorida bolalarning bir-birini anglash va tushunishga harakat qilish qo’nikmalari, boshqa odamning qarashi va nuqtai nazarini eshitish va anglash, uni qabul qilishga urinish, konflikt vaziyatlarni tahlil qila bilish va ulardan chiqib ketish usullarini bilish, boshqa millat, elat va xalqlar madaniyati, urf-odati, kundalik turmushiga qiziqishni kuchaytirish, ular haqida ma’lumotlarni yig’ish, turli madaniy tadbirlarda faol ishtirok etish;
14 - 15 yoshdagi bolalarda: yuqoridagi fazilatlar bilan bir qatorda bolaning faol shaxsiy nuqtai nazarini shakllantirish, millatlar va madaniyatlar rang-barangligini qabul qilish, turli xildagi odamlar va madaniyatlar ichida yashashni o’rganish, o’zining huquq va majburiyatlariga qo’shimcha ravishda boshqalarning ham huquq va majburiyatlari borligini anglash, o’zga millat vakili bilan muloqot qila olish qobiliyatini shakllantirish, bolani murakkab tuzilishli dunyoda faol yashashga amaliy jihatdan o’rgatish.
Shunday qilib, tadqiqotda yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning pedagogik mazmuni, uning o’ziga xos tomonlari, tuzilishi va amal qilish xususiyatlari ishlab chiqildi hamda tajriba-sinov jarayonida sinovdan o’tkazildi.
b) oilada yoshlarda tolerantlikni shakllantirishning samarali shakl va metodlari Oilada o’smir yoshdagi bolalar bilan o’tkaziladigan tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishning eng maqbul yo’li bu – mana shu tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish va takomillashtirishda inson va inson shaxsiyatiga bo’lgan e’tiborni kuchaytirish hisoblanadi. Aynan oila inson shaxsiyatini shakllantirishda bosh va ilk bosqich bo’lar ekan, oila muhiti insonning turli fazilatlarini yuzaga keltiruvchi, shakllantiruvchi, birinchi tajribadan o’tkazuvchi, hamda oxir oqibat shaxsning ijtimoiyligini ta’minlab beruvchi institut hisoblanadi. Butun dunyo bo’yicha o’tkazilgan va o’tkazalayotgan turli pedagogik va psixologik tadqiqotlarning ilmiy natijasi oila institutining ijtimoiy barqarorligini vujudga keltirish va uning ta’minlashdagi rolini juda yuqori baholaydi. Oilaviy muhit negativ ijtimoiy hodisalarning oldini olishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Demak, shaxsning psixologik va jismoniy sog’lomligi oiladagi sog’lom muhit bilan chambarchas aloqadordir.
Oilada yoshlarda tolerantlikni shakllantirish oila muhitida ochiqlik, ishonch, tenglik, muloyimlik, samimiylikni talab etadi. Biz tadqiqot doirasida oila a’zolari o’rtasidagi mana shunday ishonch va bir-birini anglash muhitini shakllantirish jarayonida ikki bosh metodning mavjudligini aniqladik. Ular: