Oilada yoShlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari



Yüklə 110,79 Kb.
səhifə10/17
tarix07.01.2024
ölçüsü110,79 Kb.
#202151
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Oilada yoShlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning ilmi-hozir.org

Individualizasiya tamoyili. Oila a’zosining har biriga nisbatan oilada tolerantlikni shakllantirish borasidagi individual shart-sharoitlarning belgilanishi, individual grafikda ma’lum chora-tadbirlar va vazifalarning aniqlashtirilishi individualizasiya tamoyilining mazmunini belgilab beradi. Oiladagi turli xil vaziyatlarda shaxsiy munosabatni shakllantirish omillari belgilanadi. Shaxsning ichki ijobiy potensialiga urg’u beriladi va uni namoysh qilish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Bu tamoyilni amalga oshirish shart va sharoitlari quyidagilardan iborat: oila a’zolarining tolerantlik tafakkurini monitoring qila bilish, har bir oila a’zosiga mos keluvchi uni ishontirish va uning faoliyatini amaliy qilish usullarini belgilash, har oila a’zosiga ta’sir o’tkazishning usul va shakllarini aniqlab olish, oilada individual tarbiya vositalarini to’g’ri va shaxs xususiyatlaridan kelib chiqqan shakllarini belgilash, shu bilan birga har bir individga o’zi istagan va tanlagan usul va vositalardan foydalanish imkoniyatini yaratish.



  • Refleksiv munosabat tamoyili. Oilada ota-ona va bolalarda muayyan ahamiyatga ega bo’lgan voqyea va hodisalarga nisbatan anglangan va qat’iylashgan munosabatlar tizimidagi umumiylik va o’xshashlikni shakllantirish, tolerantlikni oilaviy munosabatlar tizimida refleksiv tarzda namoyon bo’lishi asoslarini yaratish. Oiladagi refleksiv munosabat biror voqyea yoki hodisaga nisbatan oilada muqim shakllantirilgan xulq-atvor va axloq normalarida o’zini namoyon qiladi. Masalan, oilada kichiklarni hafa qilmaslik, ularga nisbatan kuch ishlatmaslik barchaning axloqiy normasiga aylangan. Bu tamoyilni amalga oshirish shart va sharoitlari quyidagilardan iborat: oila a’zolarining boshqalarga nisbatan munosabatini axloqiy normalar asosida tashkil qilish, o’z xatti-harakatlarini talab etilgan axloqiy normalar bilan solishtira olish, o’z kamchiliklariga o’zini iqror qila bilish, o’ziga nisbatan tanqidiy munosabatni shakllantirish, o’zining o’zgalar bilan bo’ladigan munosabatlari natijalarini prognoz, ya’ni bashorat qila olish, turli shart-sharoitlarda tegishli axloqiy normalar va to’g’ri xatti-harakatlarni amalga oshirishga o’zini o’rgatish va boshqa oila a’zolarini ham nazorat qila olish, oila a’zolariga tang vaziyatlarda yordamga kela olish, o’zgalarga yordamni o’zining mas’uliyatidagi vazifa tub anglash, o’zaro oilaviy muloqotni axloqiy norma sifatida qabul qilish.




  • Yüklə 110,79 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin