Endi navbat kompyuterlar
o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashinish jarayonini yo‘lga qo‘yishga
kelgandi. Bugungi kungacha Internet faoliyatining asosi
bo‘lmish TCP/IP umumiy protokoli bu borada har
xil boshqa turdagi kompyuter tizimlarini bir yaxlit tarmoqqa birlashtira oldi. TCP/IP
ma’lumotlar uzatish
protokolining ixtirochilari Robert Kan va Vinton Grey Syorflar
bo‘lib, ular Leonard Юеупгок boshchiligida
Intemetning ibtidoiy namunasi
— ARPANET tarmog‘i ustida ishlaganlar. Shu sababli bu uch olimni
tarixchilar Internetning otalari deb ataydi. ARPANETning birinchi server - kompyuteri 1969-yilning 1-
sentabr kuni LosAnjelesdagi Kaliforniya universitetida
o‘rnatilgan. Mazkur «Honeywell 516» (ingl. tilida
«asal qudug‘i» ma’nosini bildiradi) kompyuteri atigi 12 KB operativ xotiraga ega bo‘lgan. Hozirda
zamonaviy
«Pentium 4» shaxsiy kompyuteri operativ xotirasining o‘rtacha hajmi 2 GB (ya’ni, 2 097 152
KB) ga tengdir, bu birinchi server xotirasiga nisbatan 174 762 marta
ko‘proq, demakdir. Ilk bor yaratilgan
marshrutizator
— ma’lumotlarni yo‘naltiruvchi uskunaning kattaligi esa hozirda ro‘zg‘orda ishlatiladigan
muzlatgichdek
bo‘lgan. Dastavval Internet tarmog‘i harbiy maqsadlarni ko‘zlab yaratilgan bo‘lsa-da, uning
faoliyati keyinchalik fan va
ta’lim sohasida axborot almashish, o‘zaro aloqaga ega bo‘lish uchun ishonchli
va mukammal ishlaydigan tizim sifatida
qo‘llanila bosiladi. Shu o‘rinda Internetning asosiy xizmatlarining
yaratilishi bilan
bog‘liq sanalarga to‘xtalib o‘tamiz. 1971-yilda elektron pochta jo‘natmalarini amalga
oshirish uchun
mo‘ljallangan birinchi dastur yaratildi. Keyinchalik, 1972-yilga kehb, oliy ta’lim tizimida
ham keng
qo‘llanila boshladi — AQSHning 50 ta universiteti va tadqiqot markazlari yangi tarmoqqa
ulanib, ilmiy axborot almashinuvida unumli foydalanishni boshladi. 1973-yilda esa Atlantika okeani
tubidan
o‘tgan telefon kabeli orqali bu tizimga Buyuk Britaniya va Norvegiyaning xorijiy tashkilotlari
ulanishi tufayli tarmoq xalqaro maqomga ega
bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: