Quyida biz shu ikki tarmoqni solishti rib, farqli va
о‘xshash jihatlarini aniqlashtiramiz. О‘ylaymizki,
ushbu
ma’lumoplar informatika saboqlarini qiziqarli о‘tishda asqotadi. Intranet - arpanetga qaytishmi?
Tarmoqlarning har ikkalasi kompyuter guruhlari yoki shaxsiy kompyuterlar
о‘rtasidagi resurs va
axborotlarni almashishga imkon beradi. Ilk tarmoq ARPANETdagi dasturiy t
о‘plam va apparat ta’minoti
takomillashgan shaklda global tarmoq yaratilishiga imkon berdi. Biz bilgan Internet bu yagona standart
asosida faoliyat k
о‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘idir. Unga ulangan barcha kompyuterlarning
о‘zaro ma’lumot almashishi uchun imkoniyat yaratib beriladi. Kompyuter orqali Internetning har bir mijozi
boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, uyda
о‘tirib xorijdagi biror nufuzli
kutubxona katalogini k
о‘rib chiqish, internet banking xizmati orqali turli tо‘lov va hisob - kitob ishlarini
amalga oshirish, on-layn konferensiyalarda ishtirok etish va hatto kasalliklarga tashhis quyilishini
ta’minlash mumkinligi endilikda hech kimni hayratlantirmay quydi. Bir necha yuz millionlab kompyuterlarni
yagona axborotlashgan muhitga biriktirish imkonini yaratib berayotgan XX asrning buyuk kashfiyotining
yana bir kichikroq shakli mavjud b
о‘lib, u Intranet deb ataladi. Yukorida bejiz global tarmoqning paydo
b
о‘lishi tarixidan sо‘z ochmadik. Qiziqarli jihati, ARPANET bir soha doirasida axborot almashishga xizmat
qilgan b
о‘lsa, Intranet ham ana shunday kichik doirani о‘zida qamrab oladi. Ammo Intranetning
imkoniyatlari kengligi sabab uni ARPANETra solishtirib b
о‘lmaydi. Intranet (yoki intratarmoq) shaxsiy
kompyuterlarni yoki
ma’lum mikdordagi kompyuter tarmoqlarini birlashtiruvchi xususiy tarmoqdir.
“Vikipedia” elektron qomusida ta’riflanishicha, Intranet firma yoki korxonaning ichki alohida xususiy
tarmog‘idir. YA’ni, Intranet kichik shakldagi internetdir. Intranet rasmiy jihatdan korporativ maqsadga
internet kanallaridan foydalanishni
о‘zida mujassam etadi.
Dostları ilə paylaş: