Zero, Internet
tarmog‘ining asosiy yacheykalari bu shaxsiy kompyuterlar va ularni о‘zaro BOG‘lovchi
lokal tarmoqlardir.
Ma’lumki, Internet sо‘zi “tarmoqlararo” degan ma’noni anglatadi. Boshqacha aytadigan
b
о‘lsak, kо‘plab bir-biriga ulangan intranetlardan Internet yaratiladi. О‘ylab qaralsa, faqat kompaniya
miqyosidagi hujjat aylanmasini
ta’minlash uchun “bosh” global tarmoqni ovora qilish shartmi? Ishimiz
boshlanishida soha miqyosidagi kichikroq tarmoq bilan chegaralansa b
о‘lmaydimi? Intranet mana
shunday fikr va munosabatlardan paydo b
о‘lgan. Demak, Intranet va Internetning asosiy farqi birinchisida
yuzlab kompyuterlar b
о‘lsa, ikkinchisida milliarddan ziyod kompyuterlar bir - biriga ulanadi, “о‘rgimchak
turi
” butun dunyoga yoyiladi. Internet о‘zaro ma’lumot almashish, virtual muloqot qilish imkonini yaratib
beruvchi
“axborotlashgan magistral” vazifasini о‘taydi. Global tarmoq “ombor” sifatida ma’lumotlar bazasi
majmuasida dunyo bilimlarini saqlaydi, tarqatadi. Bundan tashqari, internet bugungi kunda dunyo
bozorini
о‘rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muxim vositalaridan
biriga aylanib bormoqda. Ammo
ba’zi vazifalarni global miqyosda emas, kichikroq doirada, aytaylik, biror
tashkilot miqyosida bajarish kerak. Buning uchun kichik tarmoq
— intranet imkoniyatlarining о‘zi yetarli
b
о‘ladi. Tuzilish bir xil, farq esa miqyosda Intranetlarning qurilishi Internetnikiga о‘xshash. Ikkalasida ham
mijoz-server tuzilishi q
о‘llaniladi. Internet va kichik intranet asosan kо‘lami bilan farqlanadi. Milliardlab
kompyuterlarning bir-biri bilan
о‘zaro axborot almashishida vositachi bо‘layotgan Internet konstruksiyasi
juda murakkab. Dunyodagi barcha kompyuterlarning ulanishi uchun zarur b
о‘lgan tarmoqlarning miqdori
hamda ularning
bog‘lanishi uchun zarur bо‘lgan bir yо‘nalishga soluvchilarning ishlash ketma-ketligini
tushuntirish va sonini hisoblab chiqish qiyin. Intranet esa bigga tashkilotdagi komyuterlar soni bilan
chegaralangan.
Dostları ilə paylaş: