Ayni paytda global tarmoqdan foydalanuvchilar soni dunyo
bo‘yicha 2 mlrd. kishini tashkil etadi.
Hozirda global tarmoqning imkoniyatlari bu
— tezkorlik, ommaviylik, dunyoviylikdir. Internetda har qanday
ma’lumot sanoqli daqiqalarda insoniyatga oshkor bo'lishi mumkin. Avvallari yangi kitobni topish uchun
oldindan navbatga yozilish, kitob
do‘konlarida berilgan cheklar va pochta orqali yuborilishini kutishga
to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugungi kunda uni rasmiy taqdimotidan bir necha kun oldin Internetda oson topish
mumkin, xoh u
«Garri Potter»ning navbatdagi qismi bo‘lsin, xoh yangi darslik yoki qo‘llanma. Bugungi
kunda siz-u biz 220 volt elektr quvvati, shaxsiy kompyuter va Internet aloqasiga ega
bo‘lsak, xonadan
chiqmasdan turib bilim olishimiz, dunyodagi yangiliklardan boxabar
bo‘lishimiz, qidiruv tizimlari orqali
elektron Mtoblarni mutolaa qilishimiz, kurra-i zaminning istalgan burchagidagi tengdoshlarimiz bilan
muloqot qilishimiz mumkin. Sababi, Internet barcha chegaralarni ochib tashlab, axborot va bilimga egalik
borasida hammani teng qilib
qo‘ymoqda. Internet va intranet ularning farqi nimada? Axborot
texnologiyalari asrining
о‘ziga xosligi kompyuter tarmoqlarining rivoji bilan belgilanadi. Bunda nafaqat
global mitsyosdagi, balki turli y
о‘nalishda faoliyat olib boruvchi kichik kompyuter tarmoqlari ham munosib
о‘rin tutadi. Aslida axborotning qimmatbaho tovarga aylaiishida uning aylanma harakatini ta’ minlayotgan
tarmoqlarning
о‘rni katta. “Odminblog.ru” elektron manzilida keltirilishicha, kompyuter tarmoqlarining ikki
turi bor. Birinchisi, har kuni eshitaverib, quloqlarimizga
о‘rnashib qolgan Internet bо‘lsa, ikkinchisi biror
kompaniya miqyosida foydalaniluvchi Intranetdir.
Dostları ilə paylaş: