Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

Munozara
metodi.
Darslarda
munozara
usulini qo‘llash orqali
ularning faolligini oshirib, zerikishlariga yo‘l qo‘ymaydi.
O‘quvchilar fikrlari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, unga munosabat 
bildirishga shoshilmaslik munozara yuritishning qat’iy qoidasi bo‘lib hisoblanadi.
Katta aylana 
Birinchi bosqich.
 
Guruh o‘rindiqlarga katta doira bo‘yicha 
o‘tirib
 
olishadi. o‘qituvchi muammoni ifoda etadi. 
Ikkinchi bosqich
. Belgilangan vaqt mobaynida (masalan 10 minut) har bir 
o‘quvchi individual ravishda qo‘yilgan muammoni echish yo‘llarini yozib oladi. 
Uchinchi bosqich
. Aylana bo‘yicha har bir o‘quvchi o‘zining takliflarini 
bayon qiladi. Guruhning qolgan a’zolari o‘ning fikrini izohlamay, tanqid qilmay, 
jim eshitishadi va har bir band bo‘yicha taklifni umumiy qarorga kiritish yoki 
kiritmaslik haqida ovoz berishdi. Umumiy qarorga kiritilgan takliflar doskaga yozib 
boriladi. 
 


"CHigal mantiqiy zanjirlar" 
O‘qituvchi besh-oltita alohida hodisalarni
 
yozib 
qo‘yadi. Bu hodisalar xronologik yoki sabab–oqibat zanjirlaridan bo‘lishi mumkin. 
har bir hodisa alohida varaqqa yoziladi va ular aralashtirib yuboriladi. Guruhga 
ushbu varaqlarni mantiqan to‘g‘ri tartibini tiklash vazifasi beriladi. Buning uchun 
ketma–ket o‘quvchilar chaqiriladi va har biriga bittadan hodisani zanjirdagi o‘z 
o‘rniga qo‘yish vazifasi beriladi. Hodisalarni zanjirga terib bo‘lishgandan so‘ng, 
bo‘lib o‘tgan hodisa haqidagi matnni o‘qiydi, o‘quvchilar esa o‘zlarining takliflari 
to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirib boradilar. 
"CHop etilgan materiallar bilan ishlash" 
Ushbu metodika kerakli
 
axborotni 
izlash, nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash va tasniflash, yangi nazariy 
materialarni tushunib olishda qo‘llanilishi mumkin. 
Ushbu metod qo‘llanganda, izoxli matnlarni tayyorlash ishi tugallangandan 
so‘ng, barcha qolgan materiallar yig‘ishtirilib olinishi kerak. Aks holda o‘quvchilar 
gazeta yoki jurnallardagi qiziqarli maqolalarni o‘qishga kirishib ketadilar va 
boshqalarning ma’ruzalarini tinglamaydilar. 
"Mozaika"
1.
Individual ishlash. 
O‘qituvchi hajmi etarlicha katta bo‘lgan vazifani tavsiya etadi. Masalan: 
darslikning 3-4 paragrafini o‘rganish va rejasini tuzish; dolzarb muammo bo‘yicha 
bahsga savollar o‘ylab topish va hokazo. 15-20 minut vaqt beriladi. Muddat 
tugaguncha har bir guruh a’zosi masalaning echimi bo‘yicha o‘zining variantiga ega 
bo‘lishi kerak. 
A
G
B
V
Juftliklarda ishlash. Har bir ishtirokchi o‘ziga sherik tanlaydi. Masala 
oldingicha qoladi. Lekin ushbu bosqichning maqsadi juftliklar orasida umumiy 
echimni topishdan iborat. Topilgan echim har ikki ishtirokchining fikrini ifoda 
etgan bo‘lishi kerak. Muhokama uchun – 10 minut. 
A
B
V
G

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin