I. Fanning mazmuni “Amaliy matematika” fani talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga matematik nuqtai nazardan qarab, ularni idrok etish, matematik modellarini o‘rganish va qurishni o‘rgatadi.
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarni matematikaning zaruriy ma’lumotlari bilan tanishtirish hamda talabalarda matematik modellar yordamida iqtisodiy masalalarni tahlil qilishga va masalalarning optimal yechimlarni topishga va qarorlar qabul qilishga o‘rgatish hamda olingan bilimlarni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – fan mavzulari bo’yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalalarni hamda fanga oid ilmiy dunyoqarashi shakllantirish, interfaol o’qitish usullarini qo’llash hamda talabaning mustaqil ishlarini tashkil qilish orqali unda kasbiy ko’nikmalarni rivojlantirish.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
1-ma‘ruza. Matritsalar. Asosiy tushuncha va ta’riflar. Matritsalar ustida amallar. Texnologik matritsa. Ishlab chiqarishni optimal rejalashtirish masalasi va boshqa iqtisodiy masalalarni modellashtirishda matritsalarning o‘rni.
Tayanch iboralar Matritsa. Matritsa tartibi. Matritsa elеmеnti. To‘rtburchakli matritsa. Kvadrat matritsa. Ustun matritsa. Satr matritsa. Teng matritsalar. Diagonal elеmеnt. Diagonal matritsa. Birlik matritsa. Nol matritsa. Matritsalar yig‘indisi. Matritsalar ayirmasi. Matritsalar ko‘paytmasi. Matritsaning darajasi. Matritsaning transponirlangani. Simmetrik matritsa. Kososimmetrik matritsa.
Savollar 1.Matritsa dеb nimaga aytiladi? 2. Matritsaning tartibi qanday aniqlanadi?
3. Matritsaning elementi deb nimaga aytiladi? 4. Matritsalar qanday turlarga ajratiladi? 5. Qachon ikkita matritsa teng deyiladi? 6. Matritsaning qanday elementi diagonal deyiladi? 7. Birlik matritsa qanday ta’riflanadi? 8. Qachon matritsa nol matritsa deyiladi? 9. Matritsani songa ko‘paytirish qanday aniqlanadi? 10.Qaysi shartda matritsalarni qo‘shish yoki ayirish mumkin? 11.Matritsalar yig‘indisi yoki ayirmasi qanday topiladi? 12.Matritsalarni qo‘shish amali qanday qonunlarga bo‘ysunadi? 13. Matritsalarni qo‘shish amali qanday xossalarga ega? 14.Qaysi shartda matritsalarni ko‘paytirish mumkin? 15.Ko‘paytma matritsa tartibi qanday topiladi? 16.Matritsalarning ko‘paytmasi qanday aniqlanadi? 17.Matritsalarni ko‘paytirish amali qanday qonunlarga bo‘ysunadi? 18. Matritsalarni ko‘paytirish amali qanday xossalarga ega?
19.Matritsaning natural darajasi qanday aniqlanadi? 20. Matritsani darajaga ko‘tarish amali qanday xossalarga ega? 21. Matritsalarni transponirlash nima?