159
Nazorat topshiriqlarni bajarishga kirishishdan oldin statistika fani bo’yicha o’quv dasturi
bilan yaqindan tanishib
chiqish, tavsiya etilgan adabiyotlarni chuqur o’rganish hamda nazorat topshiriqlarini
bajarish tartibi haqidagi
ko’rsatmalar bilan tanishib chiqish lozim.
Nazorat topshiriqlarni bajarish uchun quyidagi darsliklar va o’quv qo’llanmalarini o’rganib chiqish tavsiya etiladi:
1.
Shodiyev X. va Xabibullaev I. tahriri ostida. " Statistika darslik" . – T.: Tafakkur bo`stoni, 2013.
2.
N.M.Soatov, X.Nabiev, D.Nabiev, G.N.Tillaxo’jaeva. Statistika. Darslik. – T.: TDIU, 2011. – 548 bet.
3.
Nabiyev X., Ayubjonov A.H. Sayfullaev S.N. Iqtisodiy statistika. Darslik. – T.: Iqtisodiyot, 2011. – 324 bet.
4.
N.M.Soatov, G.N. Tillaho’jayeva. Statistika. - T.: 2005, – 248 b.
5.
Soatov N.M. Statistika. Darslik. – T.: Tibbiyot
nashriyoti, 2003, 754 b.
6.
Shodiyev X. va Xabibullaev I. tahriri ostida. Statistika bo`yicha praktikum. – T.: Tafakkur bo`stoni, 2015.
7.
Ayubjonov A.H., Mamatqulov B.X., Sayfullaev S.N. “Statistika” fanidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun
o’quv qo’llanma. – T., TDIU, 2012.
Nazorat topshiriqlarini bajarish jarayonida quyidagi shartlarni bajarish kerak:
Avvalambor topshiriqlar har bir talaba o’ziga berilgan hudud bo’yicha statistik ma’lumotlar to’plashi;
har bir masala va topshiriqning shartlarini ushbu hujjatda ko’rsatilgan tartibda keltirishi;
masalalarni formulalar yordamida qisqacha izohlar bilan echishi;
ko’rsatkichlarni hisoblash tartibini to’liq yoritishi;
ko’rsatkichlarni koeffitsientlarda ifodalayotganda 0,001, foizda ifodalaganda esa 0,1 aniqlikda hisoblashi;
statistik jadvallar, ularni tuzish tartib qoidalariga binoan rasmiylashtirishi;
nazorat ishini 48 varaqlik daftarda bir rangli ruchka yoki kompyuter yordamida yozish, so’zlarni qisqartirmaslik,
varaqlarni betlashi;
har bir topshiriq o’z vaqtida bajarilishini ta’minlashi;
o’qituvchi tekshirib bergandan so’ng talaba ishda qo’yilgan xato va kamchiliklarni
bartaraf qilishi shart, aks
holda u keyingi topshiriqlarni bajarishiga yo’l qo’yilmaydi.
Mustaqil ishlash bo’yicha ushbu topshiriqlarni bajarish natijalari asosida talaba to’plagan ballar “Statistika” fani
bo’yicha umumiy reyting baholashda hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: