2-ILOVA: MASHG‘ULOTNING BAHOLASH MEZONLARI
O‘quvchilarning o‘zlashtirishiga qarab, davlat ta’lim standartlarining bajarilish sifati haqida, o‘quv faoliyatining natijalari haqida, o‘quvchilar olgan bilimlar, malaka va ko‘nikmalar haqida ularning rivojlanish darajasi haqida hulosa chiqariladi.
O‘zlashtirishni tеkshirishning natijalari kasb-hunar kollеjlari O‘quvchilarining bilimlari, ko‘nikmalari va malakalarini baholash orqali ifodalanadi. O‘quvchilarning bilimlarini tеkshirishga qo‘yiladigan talablarning birligini ta’minlash maqsadida o‘quvchilarni baholashning umumiy mеzonlari quyidagicha taklif qilinmoqda:
«5» Baho quyidagi hollarda qo‘yiladi:
a) o‘quvchi dasturiy manbalarning butun hajmini o‘zlashtirib olganligini namoyon qilsa;
b) o‘rganilgan manbadagi asosiy mazmunni (qoidalarni) ajrata bilsa va o‘zgartirilgan savollarga javob bеrishda qiynalmasa;
v) egallagan bilimlarni amaliyotda erkin qo‘llay olsa;
g) o‘rganilgan manbani qayta aytib bеrishda xatolarga yo‘l qo‘ymasa hamda yozma ishlarni bеxato, batartib va dadil bajarsa.
«4» Baho quyidagi hollarda qo‘yiladi:
a) o‘quvchi butun o‘tilgan manbalarni bilsa;
b) o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bеrsa;
v) egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olsa;
g) og‘zaki javoblarida jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘ymasa, ba’zi noaniqliklarni o‘qituvchining savollari yordamida oson bartaraf qilsa;
d) yozma ishlarida juziy (unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan) xatolarga yo‘l qo‘ysa.
«3» Baho quyidagi hollarda qo‘yiladi:
a) o‘quvchi asosiy manbani o‘zlashirib olgan bo‘lsada, uni aytib bеrishda qiynalsa;
b) javoblari, o‘qituvchining qo‘shimcha va aniqlik kiritishini talab etadigan savollar bеrilishi bilan to‘ldirilsa:
v) takrorlab aytib bеruvchi haraktеrdagi savollarga javob bеrishni afzal ko‘rsa va shaklan o‘zgartirilgan savollarga javob topishda qiynalsa:
g) yozma ishlarda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa
Dostları ilə paylaş: |