Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti


Radon ilmiy tadqiqotlarda va tibbiyotda (Radonli vannalar) ishlatiladi (qarang Alfaterapiya). Metall sirtlarining notekisligini aniqlashda, radioaktiv elementlarni topishda qoʻllanadi



Yüklə 55,93 Kb.
səhifə6/11
tarix24.12.2023
ölçüsü55,93 Kb.
#192826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
DARS ISHLANMA SHARAFITDINOVA FOTIMA

Radon ilmiy tadqiqotlarda va tibbiyotda (Radonli vannalar) ishlatiladi (qarang Alfaterapiya). Metall sirtlarining notekisligini aniqlashda, radioaktiv elementlarni topishda qoʻllanadi

Ksenon (yun. xenos — begona, lot. Xsepop), Xe — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 53, atom massasi 131,29. Inert gazlar jumlasidan. Havodan ajratib olingan tabiiy Ksenon 9 ta izotopdan iborat: i24Xe (hajmi jihatidan 0,096%), l26Xe(0,090%), 128Xe(1,92%), 129Xe(26,44%), 13OXe(4,O8%), |3|Xe(21,18%), 132Xe(26,89%), |34Xe(10,44%), |36Xe(8,87%). Uran minerallaridan ajratib olingan. Ksenonning izotop tarkibi bundan farq qiladi, chunki 235U va 238U boʻlinganda radioaktiv izotoplar hosil boʻladi. Yadroviy portlashlarda ham shu hodisa kuzatiladi. Poling boʻyicha elektromanfiyligi 2,6; at. radiusi 0,218 nm. Ksenon hajm jihatidan atmosferaning 0,86-10~5%ni tashkil etadi. Fazoda juda siyrak tarqalgan (7,7108 atom geliyga 1 atom Ksenon toʻgʻri keladi). Ksenon — bir atomli rangsiz va hidsiz gaz. Qaynash temperaturasi 165,05K; qattiq holatdagi Ksenonning zichligi 2,700 g/sm³ (133K), suyuq holatdagi Ksenonniki 2,987 g/sm³ (165K), gaz holatdagi Ksenonniki 5,85 kg/m³ (273K, 0,1 MPa). Ksenon faqat ftor bilan bevosita birikadi va Ksenon ftoridlari (XeF2 XeF4 va XeF6) hosil qiladi. Ksenonning boshqa birikmalari bilvosita usullar yordamida Ksenon ftoridlardan olinadi.

Atmosferada hajmi jihatidan 1,1410~~4% Kripton boʻlib, uning atmosferadagi zahirasi 5,3-1012 ga teng. Tarkibida uran boʻlgan mineral gazlarda 2,5— 3,0% Kripton bor. Yadro reaktorlarining nurlangan yoqilgʻilarida 0,04% gacha Kripton boʻladi. Koinotda 6-107 atom Ne ga 1 atom Kripton toʻgʻri keladi. Kripton ning kimyoviy birikmalaridan faqat kripton diftorid KrF2 va uning hosilalari, mas, KrFT, SbF~, Kr,F,AuF", KrH+, Ta2 F~ olingan. Kripton havoni parchalashda oraliq mahsulot sifatida hosil boʻladi. Choʻgʻlanma lampalar, gazorazryad va rentgen trubkalarni toʻldirishda qoʻllanadi. Kripton ning radioaktiv izotopi 85Kg tibbiyotda r-nurlanuvchi sifatida hamda vakuum uskunalaridagi yoriqlarni aniqlashda, korroziya hodisalarini tekshirishda, detallarning yedirilishini nazorat qilishda qoʻllanadi.


Yüklə 55,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin