102
Sanoat korxonalarida va xalq xujaligi elekt ta’minoti tarmog‘ida
elektr energiya sifatini ortirish maqsadida foydalanib kelinayotgan vaqt
bo‘yicha , tok va kuchlanish miqdori o‘zgarishi bo‘yicha va reaktiv
quvvat oqimi yo‘nalishi o‘zgarishida reaktiv quvvat kompensatsiyasi
avtomatik ravshda bajarilishi xaqida ma’lumotlar va sxemalari
keltirilgan. Bundan tashqari iste’molchilar yuklamalardagi tok va
kuchlanishni simmetrlovchi, nosinusoidallikni rostlovchi jihozlarni
tanlash ko‘rib chiqilgan.
Shu bilan birga yuqori garmonikali zarbli elektr texnologik
qurilma (ETQ) iste’molchilarning yuklamalari keskin o‘zgarib ishlash
shorait i, ularning elektr energiya iste’moli sifatini normallashtirish
maqsadida qo‘llanilayotgan jihozlar haqida etarli malumotlar keltirilgan.
Yarim o‘tkazgichli o‘zgartgichlar va tiristorli to‘g‘irlagichlar yirik
quvvatli yangi zamonaviy kompleksli texnologik qurilmalarda keng
ko‘lamda ma’ruzada, zamonoviy universal texnologik qurilmalar tezkor
yuqori sifatli raqobat bardosh tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega
va bunday texnologik qurilmalarda elektr energiya iste’moli sifati
muntazam yuqori bo‘lishi zarur.
Yosh mutaxasis va talabaning bu muammo masalalarni
o‘zlashtirishi tez fursatlarda sanoat korxonalari elektr tarmoqlarida va
korxona sexlarida elektr energiya ta’minoti sifatini ortirishda zamonaviy
kompensatsiya qurilmalaridan foydalanish ishlarini muvofiqiyatli
o‘zlashtirish imkonini yaratadi. SHu bilan birga zamonaviy iqdidorli va
kelgusisi bor ARKON, B2201 va ETQlar ish rejimlaridagi reaktiv
quvvatni va yuqori 5,7,9,11 va 13-chi garmonikalarni filtrlovchi
jihozlarni elektr ta’minoti shinalarga ulash va ularning ishlatilish rejim
afzalliklari haqida ma’lumotlar berilgan.
Yaqin kelajakda yosh mutaxsislarning, ilg‘or zamonaviy
texnologik qurilmalar va jihozlar elektr ta’minoti sifatini oshiradigan
reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi yangi universal jihozlar turlarini
ixtro qilishiga ishonamiz.
Dostları ilə paylaş: