2
UO`K: 821.512.133-32
KBK: 74.200
Z 71
O.O. Zaripov, M.O.Atajonov, B.G‘.Zayniddinov “Reaktiv quvvatni
kompensatsiyalash”. Monografiya. Nurafshon - 2023. –108 b
Ushbu monografiyada reaktiv quvvat haqida umumiy tushunchalar,
reaktiv quvvat uzatilishida elektr energiya isroflarini ortishi,
liniya
o‘tkazuvchanligini kamayishi, sifat buzilishiga
olib kelishi haqida
ma’lumotlar berilgan. Oddiy elektr zanjirlaridagi reaktiv quvvat haqida,
misollar orqali berilgan, uning kompensatsiyasi haqidagi tashkiliy ishlar
ko‘rsatkichlari ochib berilgan. Korxonalar elektr ta’minoti tizimidagi
quvvat koeffitsientini pasayishiga ta’sir qiluvchi asosiy faktlar va undagi
aniq
oqibatlar natijasi, ular o‘zi bilan birga past ko‘rsatgichli
qiymatlarga olib kelishi tahlil qilingan.
Amaldagi tarmoqlarda kondensator batareyalarni joylashtirish
joylarini tanlash haqida tavsiyalar beriladi.
Korxonalar obyektlarida
kondensator qurilmalarni ishlatish muammolari va ularni turg‘un
yuklamalar tugunlariga ta’siri atroflicha ko‘rib chiqilgan.
Monografiya
bakalavriat
talabalari,
magistrlar,
tayanch
doktorantlar va ilmiy-pedagogik xodimlar uchun mo‘ljallangan.