Yakuniy nazorat - bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning kurs bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning umumlashtiruvchi bosqichi hisoblanadi. Yakuniy nazorat yozma ish shaklida o‘tkaziladi. Umumiy baholashning 50 foizi.
Baholash, oraliq akuniy nazorat topshiriqlari (vazifalari) kurs professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi, oldindan moderatsiyadan o‘tkaziladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Nazorat turlarini o‘tkazish bo bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis, shaffof va aniq baholashga imkon berishi kerak. Talaba akademik huquqbuzarlikka (qoidabuzarlik) olib keladigan har qanday harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Masalan, plagiat, o‘zaro kelishib olish, natijalarni qalbakilashtirish, imtihon jarayonida qoidabuzarlik, ya’ni konspekt va shpargakalardan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanishi, imtihon olinadigan xonaning ichida yoki tashqarisida boshqalar bilan muloqot qilishi ta’qiqlanadi. Bunda aybdor talabalar nazorat yoki imtihon jarayonidan chetlashtiriladi to‘plagan bali yoki bahosi nolga aylantiriladi. Fan (kurs) xususiyatlaridan kelib chiqib baholash va nazorat qilish mezonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.