2.3. Biogaz qurilmasida samaradorlikni oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish Hozirgi paytda chiqindilar tarkibiga biostimulyator kirgizib, uni 15-20 da
mezofil usuli bilan achitish texnologiyasi keng tarqalgandir. Mezofil usuli (past
haroratli usuli) ning texnologik jarayonlari uzliksiz kechadi, chiqindilarni yig‘ishdan boshlab, biogaz va biogomus olishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar
avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgandir. Gumus suyuq holatda qo‘llanilib,
biogas hosil qilish ancha samarali hisoblanadi. Ammo bizning sharoitimizda
biostimulyatorlar qo‘shib go‘ngni mezofil usulida achitib biogaz va biogomus olish uchun samarali emas, chunki bu usul qo’himcha mablag‘ni talab qiladi,
miqroorganizmlarni o‘stirish va ularni saqlab qolish, ammo bizning sharoitimizda
biostimulyatorlar qo‘shib go‘ngni mezofill usulida achitib biogaz va biogomus olish uncha samarali emas, chunki bu usul qo‘shimcha mablag‘ni talab qiladi,
mikroorganizmlarni o‘stirish va ularni saqlab qolish uchun maxsus laboratoriyalar
ochishni taqozo etadi. Lekin mezofil usuli termofil (yuqori haroratli) usuliga nisbatan arzonroqdir. Chunki termofil usuli qo‘shimcha issiqlik energiyasini talab qiladi, holbuki, yoqilg‘i narxi kundan-kunga ortib bormoqda. Sanoati rivojlangan
mamlakatlarda texnologik jarayonlarning samarali kechishi uchun qo‘llaniladigan
suvning sifati ular uchun qo‘shimcha muammolarni tug‘dirmaydi.21 Agar Markaziy Osiyoning quruq mintaqasi, tabiiy iqlimi, suvi, tuproq
xususiyatlarini inobatga olsak, chiqindilarni qayta ishlash muammosini Yevropadagi texnologiyalar va vositalarni takomillashtirmasdan, suv bilan ta’minlanmasdan va qo‘shimcha mikrobiologik ta’minoti xizmatlarini yo‘lga qo‘ymasdan yechib bo‘lmaydi. Agar ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirmoqchi bo‘lsak, unda faqatgina bitta kompleksning narxi 2,5-3 barobarga oshib ketadi.
Biogaz – gazlarning aralashmasi. Uning asosiy komponentlari: metan (SN4) - 55-70% va karbon dioksidi (SO2) – 28-43%, hamda kichik miqdorda boshqa gazlar mavjud, masalan – vodorod sulfid (N2S). O‘rtacha olganda 1 kg organik moddaning 70% biologik parchalanganda, 0,18 kg metan, 0,32 kg karbon dioksidi gazi, 0,2 kg suv va 0,3 kg parachalanmagan qoldiq hosil bo‘ladi.
Dastlabki hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, 1 tonna o‘simlik biomassasining
chiqindilar bilan aralashtirilganda biz energiyasi 2,1x106 kkalga teng 350 kub
metrga teng xajmli (metan, vodorod) gazga, 3,08x106 kkal energiyali 430 litr suyuq yoqilg’iga va 0,2x106 kkal energiyaga teng qattiq yoqilg‘iga ega bo‘lishimiz
mumkin. Shunday qilib, bu xom ashyoning 1 tonnasidan bu yerda 0,1 -0,4t gaz,
shuningdek 0,8-0,9 tonna zararsizlantirilgan mineral o‘g‘itlarni olish mumkin.