Ushbu kursning asosiy didaktik maqsadi pedagog kadrlarni pedagogik kvalimetriya fanining o‘ziga xos xususiyatlari, pedagogik kvalimetriyaning metodlarini innovastion vosita sifatida tanishtirish orqali ularning kasbiy-
pedagogik tayyorgarligini orttirish, pedagogik tafakkurini kengaytirish, ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik kvalimetriya metodlaridan maqsadga muvofiq qo‘llash uchun zarur bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish sanaladi.
“Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, huquqiy- me’yoriy hujjatlarda pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuzasidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish;
O‘qituvchilarda ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik kvalimetriya metodlaridan samarali foydalanish uchun nostandart test topshiriqlarini maqsadga muvofiq tuzish va amalda qo‘llash uchun zarur bo‘lgan metodik bilim va ko‘nikmalarni tarkib toptirish;
O‘qituvchilarni o‘z pedagogik faoliyatini pedagogik kvalimetriya metodlaridan biri mashg‘ulotlarni tahlil qilishga o‘rgatish, tahliliy - tanqidiy, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Tinglovchilarning metodik bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiladigan talablar:
“Pedagogik kvalimetriya” kursini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida:
Tinglovchi:
-Pedagogik kvalimetriya fani maqsadi va vazifalari, qo‘llaniladigan sohalari, tadqiqot metodlari, pedagogik jarayonni nazorat qilish va baholashda kvalimetriya metodlaridan foydalanishning ahamiyati;
Pedagogik jarayonni nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan kvalimetriya metodlarining o‘ziga xos xususiyatlari;
Fan sohalari bo‘yicha test topshiriqlarini tuzish prinstiplari, test topshiriqlarining tarkibi, mazmuni va samaradorligiga qo‘yiladigan talablar;
- Ta’lim-tarbiya jarayonida teskari aloqani amalga oshirish, olingan natijani tahlil qilish, va jarayonning borishiga tegishli o‘zgartirish kiritish haqida bilimlarga ega bo‘lishi;
|