Oliy va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat unversiteti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix09.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#127705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mo’minov Zuhriddin

Issiqxona 
Loyihaning umumiy qiymati 84,8 million AQSH dollariga teng boʻlib, mahalliy 
byudjet, kredit liniyalari va grant mablagʻlari hisobidan qoplanishi koʻzda tutilgan. 
2018 — 2023 yillarda roʻyobga chiqariladigan ushbu loyiha Andijon, Fargʻona va 
Namangan viloyatlarida yoʻlga qoʻyiladi. 
— Mazkur yoʻnalishda shu paytga qadar katta miqdorda mablagʻ ajratilmagan edi, 
— deydi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi 
Bahodir Rahmatullayev. — Qolaversa, Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlari 
bejiz tanlanmadi. Chunki vodiyliklar azal-azaldan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini 
yetishtirish, ularni qayta ishlash boʻyicha katta tajribaga ega. Bugun loyiha ushbu 
hududlarda sinov tariqasida start olayotgan boʻlsa, kelajakda uning samarasiga 
qarab boshqa viloyatlarda ham tatbiq etiladi. 
Loyiha doirasida birgina issiqxonalarni tashkil etishga salkam 15,5 million 
AQSH dollari miqdorida mablagʻ yoʻnaltiriladi. Bu moʻljaldagi ishlar uchun 
ajratilayotgan ulushning eng katta qismini tashkil qiladi. Boisi issiqxonalar 
respublikamiz va xorij davlatlari bozorlari rastalarini qishin-yozin sarxil meva 
hamda sabzavot mahsulotlari bilan taʼminlab turishning eng maqbul usulidir. 
Ammo zamonaviy issiqxonalarni yaratishning oʻziga xos murakkabliklari ham 
bor. Shundan boʻlsa kerak, sohada hamon hal etilmagan muammolar mavjud. 


Masalan, issiqxonalar uchun moʻljallangan uskunalarni ishlab chiqarish yoʻlga 
qoʻyilmagan, ular hamon xorijdan olib kelinadi. Shu kabi qator muammolar 
issiqxona xoʻjaligini yuritish va uning salohiyatidan toʻlaligicha foydalanish 
imkonini bermayotgan edi. Endi esa vaziyat tubdan oʻzgaradi. 
Aynan shu yoʻnalishning rivojiga sharoit yaratib berish maqsadida 
Prezidentimiz ―Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-
sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi qarorni imzoladi. 
Hujjat bilan issiqxonalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilab 
berildi. Davlat-xususiy sherikligida meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab 
chiqarishning butun zanjirini oʻz ichiga oluvchi klaster shaklini joriy qilish, 
energiya tejamkor texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy issiqxona 
komplekslarini tashkil etish kabi vazifalar shular jumlasidandir. 



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin