Hakim at-Termiziy oʻz dunyoqarashiga ulkan taʼsir koʻrsatgan bilimli va ilmiy
muhitda voyaga yetgan.
Yozma manbalarda Hakim at-Termiziy ustozlari haqida ishonchli maʼlumotlar
keltirilgan. Uning dastlabki ustozi otasi Ali ibn al-Hasan at-Termiziy boʻlgan. Al-
Xotiyb al-Bagʻdodiyning "Tarixi Bag`dod" asarida bir muncha maʼlumot
keltirilgan. Ustozlari orasida Qutayba ibn Saʼid as-Saqafiy al-Balxiy (798 — 888
yillar), Ibn Xib-bonning "Mashxur kishilar to`g`risida kitob" asarida ancha dilbar
gaplar aytilgan Solih ibn Abdulloh at-Termiziy, bir qancha vaqt Termiz qozisi
boʻlgan Solih ibn Muhammad at-Termiziy, Sufyon ibn Vakiy` (vafoti 860 yil),
Hasan ibn Umar ibn Shafiq al-Bahriy (vafoti 840 yil), Ahmad ibn Hadravayh
(vafoti 854 yil), Abu Turob al-Naxshabiy, Yahyo ibn Maoz ar-Roziylar (vafoti 875
yil) boʻlishgan.
Dostları ilə paylaş: