Oliy va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat unversiteti


Termiz tumaniga tegishli issiqxonalar



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix09.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#127705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mo’minov Zuhriddin

Termiz tumaniga tegishli issiqxonalar
Bugun biz Termiz tumaniga tegishli issiqxonalarni o‘rganishga keldik issiqxona 
har soxada yaxshi o‘rgandik issiqxonaga turli tuman o‘simliklar yetishtrilar ekan 
issiqxona samarasi ham o‘ziga yaarasha qo‘l mehnatini talab qilar ekan issiqxona 
samarasi bizni jud qizqtrdi. 
Issiqxona' — noqulay iqlim sharoitida ekinlarga sunʼiy 
muhit (harorat, yorugʻlik, namlik va b.) yaratadigan inshoot. Asosan, mavsumdan 
tashqari davrlarda mahsulot yetishtirish, issiqxona va ochiq dala uchun koʻchatlar 
oʻstirishga xizmat qiladi. Issiqxona oynaband yoki polimer plyonka, stekloplast va 
h. k. bilan oʻralgan boʻladi. Yogʻoch yoki temir, poʻlat, alyuminiy kabi metall us-
kunalardan tiklanadi. Issiqxona larning xil-maxil turlari mavjud.
Issiqxonaning ichki tuzilishi 
Ular foidalanish muddatlari va davomliligiga qarab — qishki hamda bahorgi; 
vazifasiga koʻra — koʻchat oʻstiriladigan va sabzavot yetishtiriladigan; 
sabzavotlarni oʻstirish texnologiyasiga qarab — tuproqli va gidropon; ichki 
jihozlarga qarab — soʻkchakli va tuproqli turlarga boʻlinadi. Konstruktiv yechimi 
jihatdan Issiqxona lar nur oʻtkazuvchi nishab tomonlari miqdorita qarab, bir, ikki 
va koʻp tomonlama nishabli turlarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda, asosan, pomidor, 
bodring, rezavor ekinlar, sabzavot oʻsimliklari koʻchati, shuningdek, limon va 
manzarali oʻsimliklar Issiqxona da yetishtiriladi. Yozi qisqa boʻlgan oʻrta va 
shimoliy mintaqalarda Issiqxona da turli sabzavot va boshqa qishloq xoʻjaligi 
ekinlari yil boʻyi oʻstiriladi, hosil olinadi va oʻsimliklarning yangi nav hamda 


duragaylari yetishtirish va boshqa ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Qishki 
Issiqxona lar yil boʻyi foydalanishga moʻljallangan boʻlib, ularda sabzavotlar 
bahorgi issiqxona, parniklar, ilitilgan yorlarla oʻstirish uchun koʻchatlar 
yetishtiriladi. U metall yoki temir-betondan ishlanadi. Bahorgi Issiqxona lar yengil 
kon-struksiyalardan sabzavotlar yerda oʻstiriladigan qilib quriladi. Biologik issiqlik 
yoki quyosh nuri bilan isitiladi. Quyosh nuridan mukammal foidalanish uchun bir 
nishabli Issiqxona tomi (qiyaligi 33—45°) janubiy ga, ikki va koʻp ni-shablarniki 
esa (29—33°) sharq va gʻarbga qaratib quriladi. Issiqxona shakli jihatidan ham 
fonarsimon, angar, blokli, soʻkchakli kabi bir necha turlarga boʻlinadi. Issiqxona 
larda oʻsimlik tuproqda (geoponika), tuproqsiz (yoki gidropika) muqitda oʻstirilishi 
mumkin. Tuproqli Issiqxona larda sabzavotlar bevosita srda oʻstirilib, tuproq 
tagidan, biologik yoki texnikaviy usulda isitiladi yoki butunlay isitilmaydi. 
Oʻsimliklarga mexanizmlar yordamida ishlov berish va parvarishlash qulay. 
Gidropon Issiqxona lar tuproq ishlatmay sabzavot yetishtirishga moʻljallangan. 
Ular issiqxona poliga oʻrnatilgan yoki 70—80 sm baland koʻtarilgan suv 
oʻtkazmas soʻkchaklar bilan jihozlanadi. Soʻkchaklar ichi neytral substrat (shagal, 
kum, keramzit va b), bilan toʻldiriladi. Avtomat qurilmalar yordamida 
soʻkchaklarga ozikli eritma yuborib turiladi, ushbu eritma oʻsimliklarning qulay 
oziqlanishi va suv ichishini taʼminlaydi. Bunday Issiqxona larda barcha jara-yonlar 
avtomatlashtirilgan. 
Ustiga plyonka yopilgan kichik gabaritli, yengil yigʻma Issiqxona lar bahorda 
foidalanish uchun katta ahamiyatga ega. Havo tayanchli yoki puflama Issiqxona lar 
qurilishida plyonkalarning yengillik va egiluvchanlik xossalaridan toʻla 
foydalaniladi. Keyingi yillarda koʻpgina mamlakatlarda, asosan, blokli Issiqxona 
lar qurildi. Zamonaviy issiqxona xoʻjaliklari sanoat asosida kurilgan va yil boʻyi 
sabzavot yetishtiriladigan haqiqiy fabrikalarga aylangan. 
Aholi soni tobora oʻsib borishi oziq-ovqatga boʻlgan talabni ham oshiraveradi. 
Bu tabiiy hol, albatta. Tahlillarga koʻra, bugungi kunda dunyoda 14,3 foiz 
aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qondirilmayapti, 12 


foizi surunkali ravishda ochlikdan aziyat chekadi va buning 827 millioni 
rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga toʻgʻri keladi. 
Oʻzbekistonda oziq-ovqat taqchilligi hozircha xavf tugʻdirmayapti. Lekin aholi 
soni yiliga yarim milliondan koʻpayib borayotgan ekan, bu masala mamlakatimiz 
uchun ham dolzarb boʻlib qolaveradi. Chunki nufus ortsa, ekin maydonlari ham 
kengayadi, degani emas. 
Bunday vaziyatda nima qilish kerak? Qanday choralarni koʻrish lozim? Yagona 
yoʻl oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning yuqori samarali usullaridan 
foydalanishdir. Bunga amalda qishloq xoʻjaligini diversifikatsiyalash hamda 
modernizatsiyalash hisobiga erishiladi. 
Toʻgʻri, bu borada yurtimizda keng koʻlamli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan 
va bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilinmoqda. Biroq sohani tubdan isloh 
etish katta miqdordagi mablagʻni talab qiladi. Tabiiyki, ushbu jarayonda xorijiy 
tashkilotlar, jamgʻarmalar va moliya institutlari bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatish 
muhim ahamiyatga ega. 
Davlatimiz rahbarining ―Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi 
ishtirokida ―Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish‖ 
loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi qarori mazkur 
yoʻnalishdagi ishlarga jiddiy turtki beradi. Yaʼni qamrovi va hajmi jihatidan oʻta 
yirik hisoblangan muhim loyiha roʻyobga chiqariladi. 



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin