Hakim at-Termiziy ziyoratgohi.
Hakim at-Termiziy xayoti va faoliyatini tavsiflovchi yozma manbalar
maʼlumotiga asoslangan holda uning uzun hayotini quyidagi bosqichlarga boʻlish
mumkin.
Birinchi bosqich — sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalik yillari. Taassuflar
boʻlsinki, uning hayotining bu davri haqida aniq maʼlumotlarga ega emasmiz.
Shunday boʻlsa-da, u oʻz tengdoshlaridan farqli ravishda, shu yoshga xos turli
oʻyinlarga koʻngil koʻymagan, balki oʻzini istiqboldagi ilmiy hayotga tayyorlab
borgan — ustozlaridan koʻproq dars olgan, turli ilmlarni (ayniqsa kalom ilmini)
oʻrgangan, sirli maʼnaviy hayotga oʻzini chogʻlagan, deb aytish mumkin.
Ikkinchi bosqich Hakim at-Termiziyning sakkiz yoshdan yigirma sakkiz
yoshgacha boʻlgan hayotini oʻz ichiga oladi. Bu davrda u turli shayxlardan bilim
oʻrgangan. Ilm izlab Sharqning boshqa shaharlariga borgan, Makkada boʻlib,
Baytullohni ziyorat qilgan. Hayotining shu davrida u hadis oʻrganishga hamda fiqh
masalalariga koʻproq eʼtibor bergan.
Alloma hayotining uchinchi bosqichida Qur`oni karimni chuqur oʻrganish bilan
mashgʻul boʻlgan. U kalomullohni, uning mohiyatini chuqur oʻrganish, roʻza
tutish, ibodat qilish, taqvo va hokazolar bilan shugʻullangan. Al-Antokiyning
"Qalb muolajasi" falsafiy-tasavvufiy asari unga ayniqsa qattiq taʼsir koʻrsatgan.
Hakim at-Termiziyning shogirdlari ham koʻp boʻlgan. Bular: Abu Muhammad
Yahyo ibn Mansur al-Qoziy (vafoti 960 yil), Abu Ali Mansur ibn Abdulloh ibn
Xolid az-Zuhliy al-Hiraviy, Abu Ali al-Hasan ibn Ali al-Jurjoniy, Ahmad ibn
Muhammad ibn Iso, Abu Bakr Muhammad ibn Umar al-Hakim al-Varroq,
Muhammad ibn Jaʼfar ibn Muhammad ibn al-Xaysam ibn Umron ibn Burayda va
boshqalardir.
Hakim at-Termiziyning ilmiy-ijodiy faoliyati uning boshqa mamlakatlar va
shaharlarga sayohati bilan chambarchas bogʻliq. U Balxda, Nishopurda boʻlgan,
fan va madaniyat yuksak rivojlangan Bagʻdodga borgan. Bu shaharlarda u mashxur
olimlar bilan uchrashgan, ilmiy munozaralarda qatnashgan. Shunday boʻlsa-da,
Hakim at-Termiziyning ilmiy-ijodiy hayotida uning ona shahri — Termiz juda
muhim rol oʻynagan, oʻzining asosiy asarlarini alloma shu yerda yaratgan. Uning
mavʼizayu xutbalari, shuningdek ayrim asarlari va, eng avvalo mu-sulmonlik
marosimlari, Allohga oshiqlik, sufiylarning ayrim toifalari, "xotamul anbiyo" bilan
bir qatorda boʻlgan "xatmul avliyo" toʻgʻrisida mulohaza yuritilgan
|