Surxon ipak
Bugun amaliyotimizni birinchi kuni 01.05.2023-yil bugungi amaliyotimiz
Surxondaryo Viloyatidagi ―Surxon Ipak‖ markazi ipakni qanday kopayishi qanday
oziqlanishi qaysi sohalarda foyda keltirishi va hakozolarni o‘rgandik
Ipakchilik
sanoati - yengil sa-noat tarmoqlaridan biri. Asosan, tabiiy va sunʼiy ipak tolasi,
yigirilgan ipak, sintetik hamda har xil tabiiy va sunʼiy tolalar birikmasidan ipak
(shoyi) gazlamalar toʻqib chiqaradi. Pilla chuvish (tortish), uning losidan ipak
yigirish va toʻqilgan gazlamalarni pardozlash ham I. s.ga kiradi.
Oʻzbekistonda ipakchilik tarmogi teran tarixiy ildizlar va anʼanalarga ega. Ipak
qurti boqish va uning pil-lasidan tola olish, ipak gazmollar toʻqish dastlab Xitoyda
vujudga kelgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, ipak qurti boqish 4-asrda Xitoydan
Buyuk ipak yoʻli orqali hozirgi Oʻzbekiston hudu-diga tarqalgan. Samarqand,
Buxoro, Xoʻjand, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan kabi shaharlarda ishlab
chiqarilgan turli-tuman shoyi gazlamalar mashhur boʻlgan. Shoyi gazmollar Yaqin
Sharq va Yevropa mamlakatlariga chiqarilgan.
19-asrning 2-yarmidan boshlab Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan bosib
olinganidan soʻng 1867-yildan boshlab Margʻilon, Qoʻqon, Toshkent, Xoʻjand
sh.larida dastlabki ipak kalavalash fabrikalari qurildi. Masalan, Oʻzbekistonga bi-
rinchilardan boʻlib kelgan rus sanoatchisi I. I. Pervushin 1871-yilda Toshkentda
araq va vino zavodi bilan birga pillakashlik fabrikasi ham qurdi. Lekin ipak
gazlamalarning asosiy qismi maqalliy hunarmandlarning ustaxona (doʻkon)larida
ishlab chiqarilar edi (mas, 19-asr oxirida Margʻilonda 120, Qoʻqonda 49 ta shoyi
toʻqish ustaxonalari ishlagan). Pilladan yarim kustar holda (qozonlarda qaynatib)
qoʻl charxlarida ipak (11,8 kg pilladan 1 kg ipak) olingan, qoʻlda boʻyalgan
ipakdan atlas, adras, bekasam, olacha, turli abrli gazlamalar, baxmal, parcha qoʻl
dastgoqlarida toʻqilgan. 1913-yilda Oʻzbekistonda qariyb 4 ming t pilla
yetishtirilgan, uning aksariyat qismi rus ishbilarmonlari qoʻliga oʻtib, ipak olish
uchun Italiya va Fransiyaga joʻnatilgan.
1921-yilda Oʻzbekistonda Fargʻona sh.da birinchi 56 qozonli pillakashlik
fabrikasi ishga tushirildi. 1927—32 yillarda Samarqand, Buxoro, Margʻilon
sh.larida ham pillakashlik fabrikalari qurildi. Ayni paytda pillakashlik fabrikalarida
olingan ipak toladan shoyi toʻqish ham rivojlandi. Margʻilon atlas (1925),
Namangan abrli gazlamalar (1925), Margʻilon shoyi (1928), Samarkand shoyi
(1934) kombinatlari, Qoʻqon shoyi toʻqish fabrikasi (1926) ishga tushirildi. 1937-
yilga qadar shoyi gazlamalar tabiiy ipakdan tayyorlanar edi. Kimyo sanoatining
rivojlanishi natijasida sunʼiy ipak gazlamalar toʻqish ham keng ta-raqqiy etdi.
1940-yilga kelib Oʻzbekistondagi pillachilik fabrikalarida 9833 t pilla qayta
ishlanib, shoyi gazlamalar ishlab chiqarildi.
1940—70 yillarda respublikada pilla yetishtirish deyarli 3 baravar koʻpaydi, I.
yeda yuqori oʻsish surʼatlariga erishildi. 1966-yilda yiliga 45 mln. m ipak gazlama
ishlab chiqaradigan Namangan shoyi va kostyumbop gazlama kti ishga tushirildi,
viloyatlar shaharlarida kombinatlar filiallari ochildi, ishlab turgan korxonalar
kengaytirildi va rekonstruksiya qilindi. Ayni paytda I. s. korxonalari shoyi
gazlamalar turlarini i. ch. boʻyicha ixtisoslashdi, korxonalarda krepdeshin,
krepshifon, krepjorjet, ipakdan milliy gazlamalar: atlas, xonatlas, bekasam, shoyi,
shuningdek, plashbop, kostyumbop, astarbop gazlamalar, shtapel, viskoza va
aralash tolalardan kiyim-kechak tikiladigan gazlamalar, tukli va jakkard
gazlamalar, sunʼiy iplardan abrli gazlamalar ishlab chiqarish oʻzlashtirildi, I. s.
mahsulotlari chet ellarga eksport qilindi.
1980-yilga kelib Oʻzbekistonda ipak ip i. ch. 1711 t ni tashkil etdi, 113,8 mln.
m2 shoyi gazlamalar ishlab chikarildi, 1990-yilda esa 32824 t ipak kurti pillasi
tayyorlandi, I. yeda 2522 t ipak ip, 144,2 mln. m2 shoyi gazmollar ishlab
chikarildi, 1991-yilda respublikada rekord xreil — 33,8 ming t pilla tayyorlandi.
Respublika mustaqillikka erishgandan keyin respublika hukumati I. s.ni
rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor berdi. Anʼanalar va ming yillik tajribalar
negizida Oʻzbekistonda zamonaviy yangi ipakchilik indust-riyasini yaratish yoʻli
belgilandi. 1993-yildan pilla yetishtirish davlat buyurtmasidan chiqarilib, uni xarid
qilish kelishilgan narxlar asosida olib boriladigan boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti I. A. Karimovning 1998-yil 30 martdagi "Respublikada pil-lachilik
sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida" Farmoni va Oʻzbekiston
Respublikasi Va-zirlar Mahkamasining 1998-yil 3 apreldagi "Respublika
pillachilik sohasini boshqarishni takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida"gi
qaroriga koʻra mustaqil "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga
ipakli va aralash gazlamalar ishlab chiqaradigan shoyi toʻqish korxonalari,
shuningdek, tabiiy shoyi i. ch. va qayta ishlash boʻyicha Markaziy ilmiy tadqiqot
institutini ("Shoyi" tadqiqot instituti, Mar-gʻilon) oʻz ichiga oladigan "Shoyi"
aksiyadorlik kompaniyasi hamda pilla xom ashyosi, ipak kalava ishlab
chiqaradigan pillakashlik korxonalari, ipak qurti tayyorlanadigan zavodlar, ipak
qurti naslchilik xoʻjaliklari, xom pillani qabul qilish va dast-labki ishlov berish
korxonalari, tutchilik xoʻjaliklari, Oʻzbekiston ipakchilik ilmiy tadqiqot institutini
oʻz ichiga oladigan "Pilla xolding" xolding kompaniyasi kiradi.
Pilla xom ashyosini respublikaning oʻzida qayta ishlanishini taʼminlash
maqsadlarida 2000-yil fevral oyida Oʻzbeki ston Respublikasi Prezidentining
Farmoni bilan pilla xom ashyosi, ipak chiqindilari va ipak ipni res-publikadan
chetga chiqarishga chek qoʻyildi.
|