Surxon ipakchilik markazi
1995-2000-yillarda I. s.ga chet el investitsiyalarini jalb qilish, ipak ashyosini
qayta ishlash, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chikarish
va uni eksport qilishni koʻpaytirish boʻyicha muhim ishlar amalga oshirildi. "Pilla
xolding" xolding kompaniyasi tarkibida 7 qoʻshma korxona: "Silk Road"
Oʻzbekiston— Yaponiya (Namangan), "Kumush" Oʻzbekiston—Britaniya
(Shahrisabz), "Silk indiastrz Ko" Oʻzbekistan—Vyetnam (Toshkent), "Tonmen"
Oʻzbekistan— Janubiy Koreya (Toshkent viloyati), "Xadan" Oʻzbekiston—Xitoy
(Buxoro), "Silk star" Oʻzbekistan—Singapur (Samarqand viloyati), "Buxoro—
Kvashen" Oʻzbekiston—Xitoy qoʻshma korxonalari tashkil etildi. 2000-yilda
"Kumush" aksiyadorlik jamiyati aksiyalari paketini Buyuk Britaniyaning "Carthill
invest ment" kompaniyasi 565 ming AQSH dollariga sotib oldi. "Oʻzbek ipagi"
uyushmasi tarkibida 10 pillakashlik korxonasi — "Atlas" (Namangan), "Buyuk
ipak yoʻli" (Fargʻona), "Buxoro ipagi" (Buxoro), "Buloqboshi ipagi" (Andijon
viloyati Buloqboshi sh.), "Ipakchi" (Namangan viloyati, Uychi sh.), "Kumush"
(Shahrisabz), "Tola" (Toshkent), "Turon shoyi-si" (Margʻilon), "Xorazm ipagi"
(Urganch), "Hujum" (Samarqand) aksiyadorlik jamiyatlari; 7 shoyi toʻqish
korxonasi — "Alisher Navoiy" (Margʻilon), "Atlas" (Namangan), "Izboskan shoyi
toʻqish fabrikasi" (Andijon viloyati Poytug sh.), "Qoʻqon shoyiatlas toʻqish",
"Margʻilon ipak gazlamasi", "Musaffo" (Samarkand), "Turon shoyisi" (Margʻilon)
aksiyadorlik jamiyatlari ishlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi ipak kurti pillasi yetishtirish hajmi boʻyicha jahon
mamlakatlari orasida Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Braziliyadan keyin 5-oʻrinda
turadi. Tarmoq korxonalarida 30 mingga yaqin kishi ishlaydi (2000). Mamlakatda
2000-yilda 18,9 ming t pilla, I. s. korxonalarida 1200,3 t ipak ip, 95 t ipak kalava
tayyorlan-di, 5,336 mln. m2 shoyi gazlamalar ishlab chiqarildi. Chet
mamlakatlarda shoyi gazlamalar, ayniqsa sintetik va sunʼiy ipak tolalaridan
gazlamalar ishlab chiqarish boʻyicha AQSH, GFR, Yaponiya, Fransiya, Buyuk
Britaniya, Italiya yetakchi mavkeda turadi. Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Jan.
Yevropa mamlakatlari va Braziliyada ipak qurti pillasidan ipak olish va ipak
gazlamalar i. ch. taraqqiy etgan.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan bundan
bir yil muqaddam ―O‘zbekipaksanoat‖ uyushmasi tashkil etilgandan so‘ng
pillachilik sohasini rivojlantirish borasida ijobiy qadamlar tashlanib, tarmoqda
o‘nglanish, rivojlanish kuzatila boshlandi.
O‘zbekiston — ipakchilik sohasida boy tajriba, yuksak salohiyatga ega
mamlakat. YUNESKO tomonidan o‘zbek shoyi matolari — atlas va adras
tayyorlashning qadimiy texnologiyasi nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish
ro‘yxatiga kiritilgani buning amaliy tasdig‘i, dunyo hamjamiyatining yuksak
e‘tirofidir.
Biroq keyingi paytda ipakchiligimiz dovrug‘i pasayib, aholi orasida ipak
qurti parvarishlashga ishtiyoq susaygan edi. Oqibatda pilla etishtirish, uni chuqur
qayta ishlash va eksport qilish ko‘rsatkichlari keskin tushib ketdi. Shunday paytda
Prezidentimizning 2017 yil 29 martdagi qarori bilan tarkibida 210 ga yaqin
korxona hamda tashkilotlarni birlashtirgan ―O‘zbekipaksanoat‖ uyushmasi tashkil
etilgach, bamisoli ko‘pdan buyon ko‘milib qolgan buloq ko‘zi ochilgandek bo‘ldi.
Takroriy pilla: tasavvurimizga sig‘magan yangilik
Soha fidoyilarining e‘tiroficha, 2017 yilda o‘zbek pillachiligi tarixida yangi sahifa
ochildi. Ya‘ni ko‘pchilikning tasavvuriga ham sig‘magan ish — takroriy pilla
etishtirish muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yildi: mamlakatimiz bo‘yicha ikki marta,
Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida esa hatto uch marta ipak qurti parvarishlanib,
sanoatbop pilla olindi.
— Ilgari yilda bir marta ham mo’ljaldagi hosil olinmagan yurtimiz sharoitida
erishilgan natija hammaning havasini keltirmoqda, — deydi “O’zbekipaksanoat”
uyushmasi raisi Bahrom Sharipov. — Joriy yilda uch marta, keyingi yillarda esa
to’rt martadan ortiq “kumush tola” etishtiramiz. Yangilikni amaliyotda qo’llash
uchun katta mablag’ sarflanmadi. Balandparvoz gaplar, bir necha yillar ilgari
ishlab chiqilib, amaliy natija bermagan “indeks”lardan voz kechilgan holda,
oddiy hamda puxta hisob-kitoblar asosiga qurilgan loyihalar real hayotga tatbiq
etildi, xolos.
Shu bilan birga, xorij tajribasi chuqur o’rganilib, innovatsion g’oya va
texnologiyalar keng joriy etila boshlandi. Bunda nainki ipak qurti parvarishlash
jarayoniga, balki ozuqa etishtirish, zarur uskuna hamda jihozlar etkazib berish,
qayta ishlash bosqichlariga ham ilg’or ishlanmalarni tatbiq qilish chora-tadbirlari
ko’rilayapti. Shu ma’noda, innovatsion pillaxonalar yangicha ish tarzimizning
dastlabki
mevasi
bo’ldi.
Shu o’rinda yana bir muhim omilni alohida ta’kidlash joiz. U ham bo’lsa,
pillachillarning moddiy manfaatdorligi oshirilib, har tomonlama g’amxo’rlik
ko’rsatilayotganidir. Gap shundaki, uy sharoitida pilla etishtirgan fuqarolar
daromad solig’idan ozod qilinib, ularning bir mavsum ishlagan davrlari pensiya
tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o’tishi huquqiy jihatdan kafolatlangani
pillachilik bilan shug’ullanib kelayotgan opa-singillarimiz uchun juda katta
rag’bat bo’ldi.
Davlatimiz rahbari shu yilning yanvar oyida Surxondaryo viloyatiga tashrifi
chog‘ida respublikamiz bo‘yicha barpo etilgan 220 dan ortiq maxsus pilla
etishtirish majmualaridan biri — Termiz tumanidagi ―Inter Silk Pro‖ qo‘shma
korxonasiga qarashli pillaxona faoliyati bilan tanishar ekan, kelgusi besh yilda
bunday pillaxonalarni 10 mingtaga, eksport hajmini esa yiliga 1 milliard AQSh
dollariga etkazish haqida mutasaddilarga topshiriq berdi. Shunga muvofiq,
mamlakatimizda ipakchilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ―yo‘l xaritasi‖ ishlab
chiqildi. Unga ko‘ra, joriy yilning o‘zida 1000 ta ana shunday ob‘ektni bunyod
qilish ishlari jadallashtirib yuborildi. Bunda respublikamizdagi mavjud 43 ming
gektar tutzorlar uyushma tasarrufiga o‘tkazilayotgani ayni muddao bo‘ldi. Uning
har besh gektarida bittadan innovatsion pilla etishtirish maskani barpo etilayapti.
Ta‘kidlash kerakki, ushbu pillaxonalarning afzalliklari ko‘p. Ularda ipak qurti
Xitoy texnologiyasi asosida plyonka ostida parvarishlanayotgani bois ozuqa sarfi
30 foizgacha kamayadi. Bargning qotib qolib, behuda yo‘qotilishining oldi olinadi.
Hududlar tabiiy-iqlim sharoiti inobatga olingan holda, imorati to‘liq mahalliy xom
ashyodan qurilgani tufayli esa iqtisodiy jihatdan tejamlidir. Yana bir muhim
tomoni, bahorda issiq, yozda salqin bo‘lishi hisobiga energiya resurslari sarfi o‘ta
kamdir. Eng asosiysi, mazkur usulda sun‘iy dastadan foydalanilishi tufayli jahon
standartlariga mos, yuqori sifatli pilla olinadi.
E’TIROF:
O‘zbekiston ipakchilik sanoati salohiyati nihoyatda yuqori. Ayniqsa, tabiati
qulay bo‘lib, bir yilda 3-4 marta pilla etishtirish imkonini beradi. Bizning
kompaniyamiz tutchilikka ixtisoslashtirilgan. Dastlab Surxondaryo viloyatiga 1
million tup hosildor tut ko‘chati etkazib bergan edik. Ular hudud iqlim sharoitiga
moslashib, baravj o‘sayotganini ko‘rib, juda quvondik. Hamkorlik aloqalarimiz yil
sayin mustahkamlanib, issiq va sovuq havo haroratiga chidamli, eng muhimi,
yumshoq barg beradigan tutzor barpo qilishda faol ishtirok etayapmiz .
Su Ping Xua, Xitoyning ―Sin Fu‖ kompaniyasi rahbari.
|