Masalan, issiqxonalar uchun moʻljallangan uskunalarni ishlab chiqarish yoʻlga
qoʻyilmagan, ular hamon xorijdan olib kelinadi. Shu kabi qator muammolar
issiqxona xoʻjaligini yuritish va uning salohiyatidan toʻlaligicha
foydalanish
imkonini bermayotgan edi. Endi esa vaziyat tubdan oʻzgaradi.
Aynan shu yoʻnalishning rivojiga sharoit yaratib berish maqsadida
Prezidentimiz ―Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha
shart-
sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan issiqxonalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilab
berildi. Davlat-xususiy sherikligida meva-sabzavot
mahsulotlarini ishlab
chiqarishning butun zanjirini oʻz ichiga oluvchi klaster shaklini joriy qilish,
energiya tejamkor texnologiyalardan foydalangan
holda zamonaviy issiqxona
komplekslarini tashkil etish kabi vazifalar shular jumlasidandir.