duragaylari yetishtirish va boshqa ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Qishki
Issiqxona lar yil boʻyi foydalanishga moʻljallangan boʻlib, ularda sabzavotlar
bahorgi
issiqxona, parniklar, ilitilgan yorlarla oʻstirish uchun koʻchatlar
yetishtiriladi. U metall yoki temir-betondan ishlanadi. Bahorgi Issiqxona lar yengil
kon-struksiyalardan sabzavotlar yerda oʻstiriladigan qilib quriladi. Biologik issiqlik
yoki quyosh nuri bilan isitiladi. Quyosh nuridan mukammal foidalanish uchun bir
nishabli Issiqxona tomi (qiyaligi 33—45°) janubiy ga, ikki va koʻp ni-shablarniki
esa (29—33°) sharq va gʻarbga qaratib quriladi. Issiqxona shakli jihatidan ham
fonarsimon, angar, blokli, soʻkchakli kabi bir necha turlarga boʻlinadi. Issiqxona
larda oʻsimlik tuproqda (geoponika), tuproqsiz (yoki gidropika) muqitda oʻstirilishi
mumkin. Tuproqli Issiqxona larda sabzavotlar bevosita srda oʻstirilib,
tuproq
tagidan, biologik yoki texnikaviy usulda isitiladi yoki butunlay isitilmaydi.
Oʻsimliklarga mexanizmlar yordamida ishlov berish va parvarishlash qulay.
Gidropon Issiqxona lar tuproq ishlatmay sabzavot yetishtirishga moʻljallangan.
Ular issiqxona poliga oʻrnatilgan yoki 70—80 sm baland koʻtarilgan suv
oʻtkazmas soʻkchaklar bilan jihozlanadi. Soʻkchaklar ichi neytral substrat (shagal,
kum, keramzit va b), bilan toʻldiriladi. Avtomat qurilmalar yordamida
soʻkchaklarga ozikli eritma yuborib turiladi, ushbu eritma oʻsimliklarning qulay
oziqlanishi va suv ichishini taʼminlaydi. Bunday Issiqxona larda barcha jara-yonlar
avtomatlashtirilgan.
Ustiga plyonka yopilgan kichik gabaritli, yengil yigʻma
Issiqxona lar bahorda
foidalanish uchun katta ahamiyatga ega. Havo tayanchli yoki puflama Issiqxona lar
qurilishida plyonkalarning yengillik va egiluvchanlik xossalaridan toʻla
foydalaniladi. Keyingi yillarda koʻpgina mamlakatlarda, asosan, blokli Issiqxona
lar qurildi. Zamonaviy issiqxona xoʻjaliklari sanoat asosida kurilgan va yil boʻyi
sabzavot yetishtiriladigan haqiqiy fabrikalarga aylangan.
Aholi soni tobora oʻsib borishi oziq-ovqatga boʻlgan talabni ham oshiraveradi.
Bu tabiiy hol, albatta. Tahlillarga koʻra, bugungi kunda dunyoda 14,3 foiz
aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qondirilmayapti, 12
foizi surunkali ravishda ochlikdan aziyat chekadi va buning 827 millioni
rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Oʻzbekistonda oziq-ovqat taqchilligi hozircha xavf tugʻdirmayapti. Lekin aholi
soni yiliga yarim milliondan koʻpayib borayotgan ekan, bu masala mamlakatimiz
uchun ham dolzarb boʻlib qolaveradi.
Chunki nufus ortsa, ekin maydonlari ham
kengayadi, degani emas.
Bunday vaziyatda nima qilish kerak? Qanday choralarni koʻrish lozim? Yagona
yoʻl oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning yuqori samarali usullaridan
foydalanishdir. Bunga amalda qishloq xoʻjaligini diversifikatsiyalash hamda
modernizatsiyalash hisobiga erishiladi.
Toʻgʻri, bu borada yurtimizda keng koʻlamli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan
va bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilinmoqda.
Biroq sohani tubdan isloh
etish katta miqdordagi mablagʻni talab qiladi. Tabiiyki, ushbu jarayonda xorijiy
tashkilotlar, jamgʻarmalar va moliya institutlari bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatish
muhim ahamiyatga ega.
Davlatimiz rahbarining ―Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi
ishtirokida ―Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish‖
loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi qarori mazkur
yoʻnalishdagi ishlarga jiddiy turtki beradi. Yaʼni qamrovi va hajmi jihatidan oʻta
yirik hisoblangan muhim loyiha roʻyobga chiqariladi.