Oliy va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat unversiteti


Al Hakim at-Termiziy ziyoratgohi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix09.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#127705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mo’minov Zuhriddin

Al Hakim at-Termiziy ziyoratgohi
 
Bugungi amaliyotmiz yaxshi niyat bilan ziyoratgohga keldik Surxondaryo 
viloyatidagi ziyoratgohiga ziyorat qilib bu joyni relefi joylashgan o‘rni tuproq 
qoplami va boshqa kerakli tomonlarini o‘rgandik 
Musulmonlar uchun muqaddas 
bo‗lgan Al Hakim at-Termiziy maqbarasi meʼmoriy yodgorlik bo‗lib, qadimgi 
Termiz shahrining chekkasida joylashgan. Maqbarada buyuk islom arbobi, turli 
falsafiy va diniy asarlar muallifi, darveshlar jamoasining yaratuvchisi Abu 
Abdulloh ibn Hasan ibn Bashir al-Hakimiy at-Termiziy maqbarada dafn etilgan. U 
xalq orasida Termiz-ota deb ham nomlanadi. Afsonaga ko‗ra, o‗n yoshida unga 
vahiy kelib, bir qariya unga bilim bergan. Vaqt o‗tishi bilan u shuhrat qozondi, 
lekin ota-onasining uyida kamtarona yashashni davom ettirdi. Hakim at-Termiziy 
shahid sifatida vafot etdi – qarilik chog‗ida shaharga bostirib kirgan dushmanlar 
uni boshidan judo qildilar (IX asr oxiri). 
Afsonaga ko‗ra, Chingizxon ushbu noyob durdonadan hayratda qolgan, o‗z 
qo‗shiniga yodgorlikka zarar bermaslikni buyurgan, chunki u bu binoni odamlar 
emas, balki xudolar yaratgan deb ishongan. 
Maqbara ustida gumbaz ko‗tarilgan, bino ichida esa juda hashamatli bezaklar bor. 
Marmardan yasalgan va noyob naqshlar va arab yozuvlari bilan bezatilgan 
avliyoning qabr toshli diqqatni o‗ziga tortadi. Ansamblning yonida sal keyinroq 
qurilgan jome masjidi joylashgan. 
at-Termiziy majmuasi hududida yana bir nechta qiziqarli diqqatga sazovor joylar 
mavjud: Chillaxonalar – milodiy V-X asrlarga oid qadimiy g‗or inshootlari, 
qadimgi Tarmita shaharchasining xarobalari (Eski Termiz), Termiz shahri va 
Termiz shahar muzeyi. 
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali at-Termiziy (750 - 760 - yillarda, Termiz, - 
869, Termiz) - Sharqiy sufizmning mashhur namoyondasi, 80 dan ortiq asarlar 
muallifi. At-Termiziy chuqur ilm va keng dunyoqarashga ega boʻlgani uchun "Al-
Hakim"(dono) degan tahallusni olgan. 


Hayoti. 
Bu allomaning toʻliq ismi — Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn 
Bashir (ayrim manbalarda Bishr) al-Hakim at-Termiziy. Hakim at-Termiziyning 
ilmiy va ijodiy faoliyati haqida maʼlumot Tojiddin Subkiy ("Tabaqot ash-shafi`-
iyya al-Kubro"), Xotib al-Bagʻdodiy ("Tarixi Bag`dod"), Ibn Hajar al-Asqaloniy 
("Lison al-miyzon"), as-Sulamiy ("Tabaqot as-sufiyya") va boshqa bir qator 
olimlar asarlarida keltirilgan. Hakim at-Termiziy oʻz hayoti toʻgʻrisida oʻzining 
"Bad`u sha`ni Abu Abdulloh" asarida bayon etadi. Bu asar 1965-yilda Bayrutda 
Yahyo Ismoil tomonidan olimning "Xatmul avliyo" asari bilan birga chop etilgan. 
Hakim at-Termiziyning tavalludi va vafoti sanalari yozma manbalar hamda hozirgi 
adabiyotlarda turlicha keltiriladi. Baʼzi mualliflar, masalan, Hoji Xalifa "Kashf az-
zunun"da Hakim at-Termiziy vafoti yilini milodiy 869 yil deb ko`rsatgan. 
Allomaning qabr toshida ham shu sana keltirilgan. Hakim at-Termiziy yuz yildan 
oshiq vaqt umr ko`rganidan kelib chiqilsa, manbalarda ham u 112, 116, yoki hatto 
120 yoshgacha umr ko`rgani keltiriladi, u holda alloma I taxminan 750 — 760 
yillar oralig`ida tug`ilgan bo`lib chiqadi. Ayni mahalda bundan 30 yil oldin "Al-
Hakim at-Termiziy va nazariyyatuhu fil valoyati" asarini yozgan misrlik mashhur 
olim Abdulfattoh Abdulloh Baraka Hakim at-Termiziy milodiy 820 yilda tavallud 
topib 112 yil yashab 932 yilda vafot etgan, deb yozgan. Allomaning bo-lalik va 
yoshlik yillari haqida manbalarda batafsil maʼlumot berilmagan. "Tarjimai hol" iga 
koʻra, u sakkiz yoshidan boshlab diniy ilmlar bilan jiddiy shugʻullangan, yigirma 
sakkiz yoshida esa Makkaga haj safariga joʻnagan. Safardan qaytgach, Hakim at-
Termiziy sufiylik yoʻlini tutgan: xilvatga ketib, nafsi, ammorani yengib, sufiyona 
risolalarni oʻrgangan. 
Uning otasi Ali ibn Hasan bilimdon muhaddis olim boʻlgan, ilm izlab 
Bagʻdodga borgan, oʻsha davrning taniqli olimlari bilan xadisning turli masalalari 
borasida ilmiy munozaralarda faol ishtirok etgan. Volidai muhtara-masi hamda 
togʻasi ham hadisi nabaviyyaning durust bilimdonlari hisoblanishgan. Binobarin, 


Hakim at-Termiziy oʻz dunyoqarashiga ulkan taʼsir koʻrsatgan bilimli va ilmiy 
muhitda voyaga yetgan. 
Yozma manbalarda Hakim at-Termiziy ustozlari haqida ishonchli maʼlumotlar 
keltirilgan. Uning dastlabki ustozi otasi Ali ibn al-Hasan at-Termiziy boʻlgan. Al-
Xotiyb al-Bagʻdodiyning "Tarixi Bag`dod" asarida bir muncha maʼlumot 
keltirilgan. Ustozlari orasida Qutayba ibn Saʼid as-Saqafiy al-Balxiy (798 — 888 
yillar), Ibn Xib-bonning "Mashxur kishilar to`g`risida kitob" asarida ancha dilbar 
gaplar aytilgan Solih ibn Abdulloh at-Termiziy, bir qancha vaqt Termiz qozisi 
boʻlgan Solih ibn Muhammad at-Termiziy, Sufyon ibn Vakiy` (vafoti 860 yil), 
Hasan ibn Umar ibn Shafiq al-Bahriy (vafoti 840 yil), Ahmad ibn Hadravayh 
(vafoti 854 yil), Abu Turob al-Naxshabiy, Yahyo ibn Maoz ar-Roziylar (vafoti 875 
yil) boʻlishgan. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin