Bugun Surxondaryo viloyati Termiz tumaniga qarashli‘UCHQIZIL‖ suv omborga
keldik suv omborni tabiati juda chiroyli xush manzara suv omborni tabiatini tuproq
qoplamini relefini va boshqa tomonlarni o‘rgandik
Uchqizil suv ombori — Surxondaryo viloyati Termiz shahridan shimol
tomonda, 20 km uzoklikda, Uchqizil razʼyezdi yaqinidagi suv ombori.
Atrofi
tepaliklar bilan oʻralgan taqasimon tabiiy chuqurlikda barpo etilib, 1957-yilda
foydalanishga toʻliq topshirilgan. Umumiy hajmi 160 mln. m3, foydali xajmi 80
mln. m3. Zang kanali va uning Janubiy Zang suv keltirish kanali orqali
Surxondaryo suvi bilan toʻldiriladi.
Suv omborning tabiati
Suv omborining asosiy inshootlari: mayda donador qum bilan koʻtarilgan
janubiy va gʻarbiy
dambalar; minora koʻrinishidagi suv chiqargich va bosh
rostlagich dambalar; 1150 m uzunlikdagi janubiy dambaning balandligi 11,5 m,
tepa qismining kengligi 6 m, devorlari qiyaligining
yuqori qismiga armobeton
plitalar yotqizilgan. 2260 m uzunlikdagi gʻarbiy dambaning balandligi 5,2 m. Suv
chiqargichdan 70 m masofada ochiq suv boʻlgich — bosh rostlagich qurilgan
boʻlib, u suvni sharqiy va gʻarbiy taqsimlash kanallariga boʻlib beradi.
Dostları ilə paylaş: