Oliy va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat unversiteti


Hakim at-Termiziy ziyoratgohi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix09.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#127705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mo’minov Zuhriddin

Hakim at-Termiziy ziyoratgohi. 
Hakim at-Termiziy xayoti va faoliyatini tavsiflovchi yozma manbalar 
maʼlumotiga asoslangan holda uning uzun hayotini quyidagi bosqichlarga boʻlish 
mumkin. 
Birinchi bosqich — sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalik yillari. Taassuflar 
boʻlsinki, uning hayotining bu davri haqida aniq maʼlumotlarga ega emasmiz. 


Shunday boʻlsa-da, u oʻz tengdoshlaridan farqli ravishda, shu yoshga xos turli 
oʻyinlarga koʻngil koʻymagan, balki oʻzini istiqboldagi ilmiy hayotga tayyorlab 
borgan — ustozlaridan koʻproq dars olgan, turli ilmlarni (ayniqsa kalom ilmini) 
oʻrgangan, sirli maʼnaviy hayotga oʻzini chogʻlagan, deb aytish mumkin. 
Ikkinchi bosqich Hakim at-Termiziyning sakkiz yoshdan yigirma sakkiz 
yoshgacha boʻlgan hayotini oʻz ichiga oladi. Bu davrda u turli shayxlardan bilim 
oʻrgangan. Ilm izlab Sharqning boshqa shaharlariga borgan, Makkada boʻlib, 
Baytullohni ziyorat qilgan. Hayotining shu davrida u hadis oʻrganishga hamda fiqh 
masalalariga koʻproq eʼtibor bergan. 
Alloma hayotining uchinchi bosqichida Qur`oni karimni chuqur oʻrganish bilan 
mashgʻul boʻlgan. U kalomullohni, uning mohiyatini chuqur oʻrganish, roʻza 
tutish, ibodat qilish, taqvo va hokazolar bilan shugʻullangan. Al-Antokiyning 
"Qalb muolajasi" falsafiy-tasavvufiy asari unga ayniqsa qattiq taʼsir koʻrsatgan. 
Hakim at-Termiziyning shogirdlari ham koʻp boʻlgan. Bular: Abu Muhammad 
Yahyo ibn Mansur al-Qoziy (vafoti 960 yil), Abu Ali Mansur ibn Abdulloh ibn 
Xolid az-Zuhliy al-Hiraviy, Abu Ali al-Hasan ibn Ali al-Jurjoniy, Ahmad ibn 
Muhammad ibn Iso, Abu Bakr Muhammad ibn Umar al-Hakim al-Varroq, 
Muhammad ibn Jaʼfar ibn Muhammad ibn al-Xaysam ibn Umron ibn Burayda va 
boshqalardir. 
Hakim at-Termiziyning ilmiy-ijodiy faoliyati uning boshqa mamlakatlar va 
shaharlarga sayohati bilan chambarchas bogʻliq. U Balxda, Nishopurda boʻlgan, 
fan va madaniyat yuksak rivojlangan Bagʻdodga borgan. Bu shaharlarda u mashxur 
olimlar bilan uchrashgan, ilmiy munozaralarda qatnashgan. Shunday boʻlsa-da, 
Hakim at-Termiziyning ilmiy-ijodiy hayotida uning ona shahri — Termiz juda 
muhim rol oʻynagan, oʻzining asosiy asarlarini alloma shu yerda yaratgan. Uning 
mavʼizayu xutbalari, shuningdek ayrim asarlari va, eng avvalo mu-sulmonlik 
marosimlari, Allohga oshiqlik, sufiylarning ayrim toifalari, "xotamul anbiyo" bilan 
bir qatorda boʻlgan "xatmul avliyo" toʻgʻrisida mulohaza yuritilgan



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin