Oliy va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat unversiteti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix09.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#127705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mo’minov Zuhriddin

Surxon ipak 
Bugun amaliyotimizni birinchi kuni 01.05.2023-yil bugungi amaliyotimiz 
Surxondaryo Viloyatidagi ―Surxon Ipak‖ markazi ipakni qanday kopayishi qanday 
oziqlanishi qaysi sohalarda foyda keltirishi va hakozolarni o‘rgandik 
Ipakchilik 
sanoati - yengil sa-noat tarmoqlaridan biri. Asosan, tabiiy va sunʼiy ipak tolasi, 
yigirilgan ipak, sintetik hamda har xil tabiiy va sunʼiy tolalar birikmasidan ipak 
(shoyi) gazlamalar toʻqib chiqaradi. Pilla chuvish (tortish), uning losidan ipak 
yigirish va toʻqilgan gazlamalarni pardozlash ham I. s.ga kiradi. 
Oʻzbekistonda ipakchilik tarmogi teran tarixiy ildizlar va anʼanalarga ega. Ipak 
qurti boqish va uning pil-lasidan tola olish, ipak gazmollar toʻqish dastlab Xitoyda 
vujudga kelgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, ipak qurti boqish 4-asrda Xitoydan 
Buyuk ipak yoʻli orqali hozirgi Oʻzbekiston hudu-diga tarqalgan. Samarqand, 
Buxoro, Xoʻjand, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan kabi shaharlarda ishlab 
chiqarilgan turli-tuman shoyi gazlamalar mashhur boʻlgan. Shoyi gazmollar Yaqin 
Sharq va Yevropa mamlakatlariga chiqarilgan. 
19-asrning 2-yarmidan boshlab Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan bosib 
olinganidan soʻng 1867-yildan boshlab Margʻilon, Qoʻqon, Toshkent, Xoʻjand 
sh.larida dastlabki ipak kalavalash fabrikalari qurildi. Masalan, Oʻzbekistonga bi-
rinchilardan boʻlib kelgan rus sanoatchisi I. I. Pervushin 1871-yilda Toshkentda 
araq va vino zavodi bilan birga pillakashlik fabrikasi ham qurdi. Lekin ipak 
gazlamalarning asosiy qismi maqalliy hunarmandlarning ustaxona (doʻkon)larida 
ishlab chiqarilar edi (mas, 19-asr oxirida Margʻilonda 120, Qoʻqonda 49 ta shoyi 
toʻqish ustaxonalari ishlagan). Pilladan yarim kustar holda (qozonlarda qaynatib) 
qoʻl charxlarida ipak (11,8 kg pilladan 1 kg ipak) olingan, qoʻlda boʻyalgan 
ipakdan atlas, adras, bekasam, olacha, turli abrli gazlamalar, baxmal, parcha qoʻl 
dastgoqlarida toʻqilgan. 1913-yilda Oʻzbekistonda qariyb 4 ming t pilla 


yetishtirilgan, uning aksariyat qismi rus ishbilarmonlari qoʻliga oʻtib, ipak olish 
uchun Italiya va Fransiyaga joʻnatilgan. 
1921-yilda Oʻzbekistonda Fargʻona sh.da birinchi 56 qozonli pillakashlik 
fabrikasi ishga tushirildi. 1927—32 yillarda Samarqand, Buxoro, Margʻilon 
sh.larida ham pillakashlik fabrikalari qurildi. Ayni paytda pillakashlik fabrikalarida 
olingan ipak toladan shoyi toʻqish ham rivojlandi. Margʻilon atlas (1925), 
Namangan abrli gazlamalar (1925), Margʻilon shoyi (1928), Samarkand shoyi 
(1934) kombinatlari, Qoʻqon shoyi toʻqish fabrikasi (1926) ishga tushirildi. 1937-
yilga qadar shoyi gazlamalar tabiiy ipakdan tayyorlanar edi. Kimyo sanoatining 
rivojlanishi natijasida sunʼiy ipak gazlamalar toʻqish ham keng ta-raqqiy etdi. 
1940-yilga kelib Oʻzbekistondagi pillachilik fabrikalarida 9833 t pilla qayta 
ishlanib, shoyi gazlamalar ishlab chiqarildi. 
1940—70 yillarda respublikada pilla yetishtirish deyarli 3 baravar koʻpaydi, I. 
yeda yuqori oʻsish surʼatlariga erishildi. 1966-yilda yiliga 45 mln. m ipak gazlama 
ishlab chiqaradigan Namangan shoyi va kostyumbop gazlama kti ishga tushirildi, 
viloyatlar shaharlarida kombinatlar filiallari ochildi, ishlab turgan korxonalar 
kengaytirildi va rekonstruksiya qilindi. Ayni paytda I. s. korxonalari shoyi 
gazlamalar turlarini i. ch. boʻyicha ixtisoslashdi, korxonalarda krepdeshin, 
krepshifon, krepjorjet, ipakdan milliy gazlamalar: atlas, xonatlas, bekasam, shoyi, 
shuningdek, plashbop, kostyumbop, astarbop gazlamalar, shtapel, viskoza va 
aralash tolalardan kiyim-kechak tikiladigan gazlamalar, tukli va jakkard 
gazlamalar, sunʼiy iplardan abrli gazlamalar ishlab chiqarish oʻzlashtirildi, I. s. 
mahsulotlari chet ellarga eksport qilindi. 
1980-yilga kelib Oʻzbekistonda ipak ip i. ch. 1711 t ni tashkil etdi, 113,8 mln. 
m2 shoyi gazlamalar ishlab chikarildi, 1990-yilda esa 32824 t ipak kurti pillasi 
tayyorlandi, I. yeda 2522 t ipak ip, 144,2 mln. m2 shoyi gazmollar ishlab 
chikarildi, 1991-yilda respublikada rekord xreil — 33,8 ming t pilla tayyorlandi. 
Respublika mustaqillikka erishgandan keyin respublika hukumati I. s.ni 
rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor berdi. Anʼanalar va ming yillik tajribalar 


negizida Oʻzbekistonda zamonaviy yangi ipakchilik indust-riyasini yaratish yoʻli 
belgilandi. 1993-yildan pilla yetishtirish davlat buyurtmasidan chiqarilib, uni xarid 
qilish kelishilgan narxlar asosida olib boriladigan boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidenti I. A. Karimovning 1998-yil 30 martdagi "Respublikada pil-lachilik 
sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida" Farmoni va Oʻzbekiston 
Respublikasi Va-zirlar Mahkamasining 1998-yil 3 apreldagi "Respublika 
pillachilik sohasini boshqarishni takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida"gi 
qaroriga koʻra mustaqil "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga 
ipakli va aralash gazlamalar ishlab chiqaradigan shoyi toʻqish korxonalari, 
shuningdek, tabiiy shoyi i. ch. va qayta ishlash boʻyicha Markaziy ilmiy tadqiqot 
institutini ("Shoyi" tadqiqot instituti, Mar-gʻilon) oʻz ichiga oladigan "Shoyi" 
aksiyadorlik kompaniyasi hamda pilla xom ashyosi, ipak kalava ishlab 
chiqaradigan pillakashlik korxonalari, ipak qurti tayyorlanadigan zavodlar, ipak 
qurti naslchilik xoʻjaliklari, xom pillani qabul qilish va dast-labki ishlov berish 
korxonalari, tutchilik xoʻjaliklari, Oʻzbekiston ipakchilik ilmiy tadqiqot institutini 
oʻz ichiga oladigan "Pilla xolding" xolding kompaniyasi kiradi. 
Pilla xom ashyosini respublikaning oʻzida qayta ishlanishini taʼminlash 
maqsadlarida 2000-yil fevral oyida Oʻzbeki ston Respublikasi Prezidentining 
Farmoni bilan pilla xom ashyosi, ipak chiqindilari va ipak ipni res-publikadan 
chetga chiqarishga chek qoʻyildi. 



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin