Oliy va o‘rta maxsus ta’lim


MALAKAVIY AMALIYOTINING MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə2/13
tarix16.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#98755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Malakaviy amaliyot 4-kurs sirtqi(2-OLIY TA\'LIM)

MALAKAVIY AMALIYOTINING MAQSADI VA VAZIFALARI


Malakaviy amaliyotining maqsadi 5230700 - “Bank ishi” ta’lim yo‘nalishi talabalarining mutaxassislik fani bo‘yicha o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliyot bilan mustahkamlash, kasb layoqati va ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.


5230700 - “Bank ishi” ta’lim yo‘nalishining DTS, o‘quv va ishchi o‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqarish amaliyoti muddati 4-kursning V semestri yakunlangandan so‘ng 4 hafta qilib belgilangan.
Shular bilan bir qatorda, bank tizimidagi o‘zgarishlarni inobatga olib, Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasi Qarorlarini chuqur o‘rgangan holda O‘zbekistonda bank ishining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishdir. Shu nuqtai nazardan, qisqa va uzoq muddatli kreditlash, hisob-kitoblarni tashkil qilish va amalga oshirish, marketing izlanishlar hamda bankning boshqa sohalarida talabalarning mustaqil faoliyat ko‘rsata olish qobiliyatini shakllantirishdan iborat.
Bitiruv oldi amaliyotning vazifasi tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat va operatsiyalarini o‘rganish hamda tahlil qilish, xulosa berish, mavjud muammolar bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon eta olish hisoblanadi.
Malakaviy amaliyot davomida talabalar tomonidan quyidagi vazifalarni hal etish belgilanadi:

  • Nazariy bilimlarni amaliy bilim va ko‘nikmalar orqali chuqurlashritish va boyitish;

  • Amaliyot davomida to‘plangan iqtisodiy-moliyaviy ma’lumotlarni tahlil qilish va o‘zaro bog‘liqlikda xulosalar yasash;

  • Amaliyot natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlash va unda aks etgan materiallarni mazmun-mohiyatini tushunib yetish;

  • Bank tizimida mavjud muammolarni o‘rganish, ularning mohiyatini anglab yetish va yechimini ko‘rsata bilish;

  • Xorijiy tajribalarni va ularda erishilgan innovatsion yutuqlarni mamlakat iqtisodiyotiga tadbiq etish yo‘llarini amaliy o‘rganish.

Shu bilan birga bitiruv oldi amaliyoti davrida talabalar bank muassasalarini amaliy faoliyati bilangina emas, balki ushbu tashkilotlarning jamoat ishlari bilan ham yaqindan tanishish, ularda faol ishtirok etishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin