Oliy va o‘rta maxsus ta’lim


-mavzu. Pul muomalasini tashkil etish, ular bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va o‘rganish



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə6/13
tarix16.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#98755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Malakaviy amaliyot 4-kurs sirtqi(2-OLIY TA\'LIM)

4-mavzu. Pul muomalasini tashkil etish, ular bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va o‘rganish
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba tijorat banklarida kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi, tijorat banklarida kassa prognozini tuzish, kassa qoldig‘i, mijozlar uchun limit o‘rnatish tartibini o‘rganadi.
5-mavzu. Tijorat banklari tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va tahlili
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba valyutani tartibga solish qoidalari va unga rioya etish bilan tanishish, valyuta hisob varaqlarini ochish tartibi, valyuta operatsiyalarining turlari, valyuta kreditlarini berish tartibi va shartlari, xalqaro to‘lov shakllari va ulardan foydalanish, xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish tartibi va jarayonini o‘rganishi shart.
6-mavzu. Bankning daromadlari, xarajatlari va foydasini shakllanishi va ularning tahlili, mavjud muammolar va ularni hal etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va mazmunini o‘rganish
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba bankning foizli va foizsiz daromadlari, bankning foizli, foizsiz va operatsion xarajatlari, tijorat banklari tomonidan to‘lanadigan soliq turlari va ularni to‘lash tartibini o‘rganadi. Shu bilan birga, bank foydasini shakllanishi va uni taqsimlash, bankning rentabellik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish shart.
Qiyosiy tahlil qilish davomida jadvallar va rasmlar (diagrammalar, chizmalar) tayyorlash hamda ularning tahlili va izohlarini yozish maqsadga muvofiqdir.Bitiruv oldi amaliyoti hisobotida bankning moliyaviy natijalari ilova qilinadi.
7-mavzu. Tijorat banklarining yangi xizmat turlari va uning qo‘llanilish amaliyoti hamda xorijiy davlatlarning ayni shu tizimdagi ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlilini amalga oshirish.
Ushbu bo‘limda talaba banklarning innovatsion xizmatlari va operatsiyalari bilan tanishadi. Jumladan, tijorat banklarining faktoring operatsiyalari va ularni o‘tkazish tartibi, lizing operatsiyalarini o‘tkazish tartibi va tahlili, plastik kartochkalar va ularni qo‘llash amaliyoti, xalqaro plastik kartochkalar va ularni qo‘llash, mijozlarga ish joyida va uyida xizmat ko‘rsatish,Internet banking va mobil banking hamda boshqa zamonaviy xizmat turlarini o‘rganishi shart. Bundan tashqari, amaliyot o‘tayotgan bankning xususiyatlaridan kelib chiqib, boshqa yangi bank xizmatlari va operatsiyalarini ham o‘rganishi mumkin.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin