Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
*Izoh: Haftaning shanba kunlari talaba olgan ko‘nikmasi va amaliy ma’lumotlar asosida hisobot tayyorlashi maqsadga muvofiq. III. BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOTINING MAVZULAR BO‘YICHA TAQSIMLANISHI 1-mavzu.Tijorat banklari passiv operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarining dinamikasi va tahlili Bitiruv oldi amaliyot davrida talabalar dastlab amaliyot o‘tayotgan bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishadilar.Bankning passiv operatsiyalari, ularning turlari vabalansda joylashishi,bank resurslarining shakllanishi va ularning tarkibi, tijorat bankining kapitali uning tarkibi va yetarliligiga qo‘yilgan talablarni tahlil qiladi. Shu bilan birga jalb qilingan mablag‘lar tarkibi va dinamikasi, tijorat bankining depozit operatsiyalari va ularning turlarini tahlili, aholi omonatlarini qabul qilish tartibini tahlil qilishi lozim. Bitiruv oldi amaliyoti hisobotida bank balansi ilova qilinadi. 2-mavzu.Tijorat banklari aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda sifatining tahlili Talaba o‘qish davomida olgan nazariy bilimlari asosida tijorat banklari aktiv operatsiyalari va ularning turlari, bank aktivlari tarkibi va sifatining tahlili va zahiralarning shakllantirilishi, bank aktivlarining daromadliligi, riskliligi, likvidliligi bo‘yicha tasniflanishi va ularning tahlilini amalga oshiradi. Bundan tashqari, kredit portfeli tarkibi va dinamikasining tahlili, yo‘nalishlar bo‘yicha kredit portfelining tasniflanishi, bankda foydalanilayotgan kredit risklari va ularni boshqarish usullarini o‘rganishi shart. Bitiruv oldi amaliyoti hisobotida bank balansi ilova qilinadi. 3-mavzu. Bank tomonidan xo‘jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili Mazkur mavzu bo‘yicha talaba tijorat banklarining kredit siyosati va uning mezonlari, bank tomonidan xo‘jalik subyektlariga beriladigan kredit turlari, ularning qaytarilishi va hisob-kitob jarayoni, kredit yig‘majildi tashkil topishi, tijorat banklari tomonidan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun beriladigan kreditlarni rasmiylashtirish tartibi va tahlili, kreditga layoqatlilik, uni aniqlash va baholash ko‘rsatkichlari, mijozning kreditga layoqatliligining asosiy ko‘rsatkichlari tahlili, “Scoring” usulida mijozning kreditga layoqatliligini baholashni o‘rganadi va tahlil qiladi. Shu bilan birga, kredit shartnomasi va uning mazmuni, kreditlar bo‘yicha foiz hisoblash va ularni undirish tartibi, kreditlar monitoringi, kreditlarni hisobdan chiqarish amaliyoti, bank tomonidan mikrokredit, mikroqarz hamda mikrolizing berish amaliyoti tahlilini qilishi shart. Ushbu mavzu bo‘yicha bitiruv oldi amaliyoti hisobotiga amaliyot obyektining kreditlash faoliyatiga doir iqtisodiy ko‘rsatkichlar va statistik ma’lumotlar ilova qilinadi. Yüklə 1,14 Mb. Dostları ilə paylaş: |