Oliy va o‘rta maxsus ta’lim


IV. BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOTINI O‘TASH DAVRIDA TALABANING MAJBURIYATLARI



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə7/13
tarix16.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#98755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Malakaviy amaliyot 4-kurs sirtqi(2-OLIY TA\'LIM)

IV. BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOTINI O‘TASH DAVRIDA TALABANING MAJBURIYATLARI:
Amaliyot o‘tash uchun berilgan muddatda talaba quyidagi qoidalarga bo‘ysunishi va ularni bajarishi lozim:

  • bankning umumiy va ichki qonun-qoidalarga to‘la rioya qilish hamda jamoat ishlarida faol qatnashish;

  • institutda olgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash;

  • bitiruv malaka ishini bajarishda zarur bo‘lgan amaliy ma’lumotlarni to‘plash;

  • hisobot uchun materiallarni yig‘ish va o‘rganish bilan doimiy ravishda shug‘ullanish;

  • amaliyot bo‘yicha reja-jadval (kundalik) tutish, bajarilgan ishlarni qayd etib borish;

  • dastur va rejada ko‘zda tutilgan barcha topshiriqlarni to‘liq bajarish, hamda bajarilayotgan ish va uning natijalariga mas’uliyatli bo‘lish;

  • amaliyot obyekti jamoasining jismoniy hayotida va jamoat ishlarida faol ishtirok etish;

  • har bir amaliyot o‘tilgan bo‘lim bo‘yicha alohida hisobot yuritish;

  • amaliyotning tugashi bilan amaliyot bo‘yicha hisobotni kafedraga taqdim etish;

  • dasturda ko‘rsatilgan barcha vazifalar bo‘yicha yozma hisobot tayyorlash hamda bitiruv oldi malaka amaliyoti o‘talgan amaliyot obyekti boshlig‘i tomonidan yozilgan tavsifnomani ilova qilgan holda, hisobotni komissiya oldida himoya qilish;

  • bitiruv malaka ishidagi amaliy ma’lumotlar, albatta, amaliyot o‘tagan bankka tegishli bo‘lishi;

  • bitiruv oldi malaka amaliyot bo‘yicha hisobotda bank ishi hujjatlarining nusxalari ilova qilinishi shart.

Amaliyot tugagandan keyin talaba tayyorlagan hisobotini 2 kun ichida quyidagilar bilan birgalikda:

  • amaliyot o‘tash haqidagi buyruqdan nusxa;

  • kundalikda amaliyot rahbari imzosi va bankning muhri bilan tasdiqlanishi;

  • har ish kunida bajarilgan ishlarni kundalikda to‘liq aks ettirish va bankdan tayinlangan rahbarga (har bir bo‘limda alohida rahbarga) imzolatishi;

  • hisobot taqriz va himoya uchun kafedraga topshirilishi shart.

Daftarda bajarilgan ishlar quyidagi shaklda yozib boriladi:


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin