Kurs ishining maqsad va vazifalari: Tarixiy vorislik inson ongi, mafkurasi, ruhiyasi, xulq-atvori, hatti-harakati, urinishlari, yashash uchun kurashining hamma pallalari davomida hayotning barcha-to’qimalariga singib ketgan holda siyosiy madaniyatning amal qilishi jarayonida namoyon bo’ladi va o’z ifodasini topadi. Siyosiy madaniyat tarixi tajriba merosi bilan boyitilgan holda doimo o’zi amal qilayotgan jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi tabiatiga mos ravishda shakllanadi hamda mazkur tuzum doirasida namoyon bo’ladi.
Jamiyat tarixini o’rganish shuni ko’rsatadiki, insoniyatning ilk o’tmish, birinchi Prezidentimiz moddiy va ma’naviy madaniyat maskanlari Sharqda shakllangan va insoniyatning keyingi taraqqiyoti uchun zamin tayyorlab bergan. Sharq deganda asosan yaqin Sharq (Misr, Suriya, Iroq, Iordaniya, Turkiya, Yaman, Sudan, Quveyt), O’rta Sharq (Eron, Afg’oniston, Movarounnahr), Janubiy va Sharqiy Osiyo (Birma, Vetnam, Indoneziya, Tailand, Hindiston), Uzoq Sharq (Xitoy, Yaponiya, Koreya, qisman Rossiya Uzoq Sharqi) tushuniladi. Sharqning sanab o’tilgan to’rt qismini birlashtirib turuvchi umumiy tomonlari ham mavjud. U ham bo’lsa, Sharq xalqlarining bosiqligi, har qanday keskin vaziyatda ham masala va muammolarni tinchlik, muzokara, munozara yo’li bilan hal qilish, borini asrab-avvaylash, yo’g’ini esa yaratish, hayotning negizi va zamini izchil kundalik mehnat ekanligini tan olish va shunga rioya qilish ota-onalarga, farzandlarga mehribonlik bildirish kabi xususiyatlar Sharq va sharqonalikni ifodalashga yordam beradi.
Kurs ishining obyekti: Mustaqil O’zbekiston Sharq mamlakatlaridan biri. O’zbek xalqi azaldan o’zining bosiqligi, andishaligi bilan ajralib turgan. Sharqoni demokratiya milliy bosiqlik, andisha, yoshi ulug’larga hurmat, o’zaro maslahat, har qanday keskin masalada ham tomonlarning kelishuvlariga asoslanadigan faoliyatdir.
Kurs ishining predmeti: Sharqona demokratiya, uning tarixi, ijtimoiy ildizlari va ruxiy zaminlari deyarli o’rganilmagan. Chunki turg’unlik davri, jamiyat muammolarini faqat sinfiy kurash, zo’ravonlik, zulm, qo’zg’olon. Isyon yo’li bilan hal qilishni tavsiya va talab qilar edi. Bu, albatta sobiq tuzum tanazzulini va halokatini tezlashtirdi.
Dostları ilə paylaş: |