Oliy va orta maxsus talim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi



Yüklə 60,51 Kb.
səhifə8/13
tarix20.09.2023
ölçüsü60,51 Kb.
#146104
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
KARIMBOY KURS ISHI

Empirik siyosiy ong — bu bevosita amaliyotga, siyosiy jarayonda alohida kishilar kichik, mayda va yirik sotsial birliklarning jonli ishtirok etishlariga asoslangan siyosiy ong darajasi va shaklidir. U nazariy siyosiy ongning zamini bo’lib xizmat qiladi.
Empirik siyosiy ong — siyosiy voqelikni xissiyotlar, tasavvurlar, homxayollar, kechinmalar shaklida aks ettiradi. U birinchi Prezidentimizdan, ommada siyosat va siyosiy arboblarga nisbatan jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun ozuqa bo’lib;
Ikkinchidan, jamiyat siyosiy madaniyatining ma’naviy negizi bo’lib xizmat qiladi.
Siyosiy ong umuminsoniy, Milliy va odatiy (kundalik) ong daraja va shakllarida ham namoyon bo’ladi.
Umuminsoniy siyosiy ong — siyosiy ongning eng yuqori va g’oyat murakkab darajasidir. U olam va odamni yaxlit va bir butun holda aks ettiruvchi siyosiy ong shaklidir. Bu ong insonning bashariyat, butun olam, o’zga davlatlar muammolarini anglashi, tushunishi va tinchlikni qadrlashi, himoya qilishida namoyon bo’ladi. Chunki, olamda shunday muammolar borki, ularni milliy ong chegarasida anglab va hal qilib bo’lmaydi. Masalan, olam va odamni asrash, dunyoda tinchlikni, sog’liqni saqlash, aholini oziq — ovqatlar bilan ta’minlash, maorif va madaniyatni, fan va texnikani rivojlantirish masalalari — umumbashariy muammolar sirasiga kiradi. Bu muammolarni anglash va hal qilish uchun milliy ong darajasidan chiqish va umuminsoniy tafakkur qilish darajasiga ko’tarilish kerak bo’ladi. Umuminsoniy siyosiy tafakkur — umumbashariy muammolarning mohiyatini, tahdidini va ularni hal qilish yo’llari, vositalarini anglovchi siyosiy ong shaklidir.
Umuminsoniy siyosiy ongning sohiblari-davlatlar va ularning xalqaro birlashmalaridir. Bu birlashmalar milliy davlat chegaralaridan tashqariga chiqishga, umuminsoniyat sivilizatsiyasi manfaatlarini anglashga va uni turli ofatlardan himoya qilishga chaqirilgandir. Odamzot, butun qurrai zamin tinchligi va taraqqiyoti muammolarini anglash va ularni hal qilishga mas’ul bo’lish — umuminsoniy siyosiy ongning eng muhim xususiyatidir.
Umuminsoniy siyosiy ong milliy ongni inkor etmaydi, aksincha, taqazo kiladi. U milliy ongga tayanadi.
Milliy ong — siyosiy ongning yuqori darajasi va shaklidir. Bu darajada mamlakat, millat manfaatlari chuqur anglanadi, rasmiy siyosat ishlab chiqiladi, asoslanadi, amalga oshiriladi va ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi.
Milliy ongning sohiblari — xalq va uning irodasini ifoda etuvchi davlat va jamoat institutlaridir. Bu institutlar xalq irodasini Konstitutsiya, turli qonun loyihalari, dasturlar, qarorlar va boshqalarni ishlab chiqish, qabul qilish va ularni hayotga tadbiq etish yo’li bilan ifoda etib uning manfaatlariga xizmat qiladi.
Milliy ongning eng muhim belgisi — millatning, turli — tuman ijtimoiy guruhlarning umumiy manfaatlarni ifoda etish va uni turli — tuman falokatlardan asrashdir. Bu darajada mavjud milliy siyosiy tartiblar va boshqarish tamoyillari izchillik, qat’iyatlilik bilan himoya qilinadi, jamoatchilik fikrining davlat institutlari olib borayotgan siyosatga moslashtirilishi sodir bo’ladi.
Milliy ong uchun siyosiy voqelikni oqilona- pragmatik uslubda idrok etish — hokimiyatni egallash, qo’lda ushlab turish jarayonida muvaffaqiyatga erishishni mo’ljallash ham xarakterli xususiyatdir.
Milliy ong — bu milliy manfaatlarning to’g’ri anglanishidir. Ammo, milliy ong — bu millatparastlik emas. U o’z millatini, davlatini boshqa millatlardan, davlatlardan yuqori qo’yish, unga imtiyozlar yaratishga intilish, o’z millatiga, davlatiga sajda qilib, unga hamdu — sanolar o’qish emasdir. Milliy manfaatlarni mutloqlashtirish — buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan boshqa narsa emas.
Milliy ong — bu barcha millatlar, davlatlarga xurmat bilan qarash va ulardan yaxshi narsalarni o’rganish, hayotda qo’llash demakdir.

Yüklə 60,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin