Oliy va orta maxsus talim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi


Siyosiy ongning darajalari va shakllari



Yüklə 60,51 Kb.
səhifə7/13
tarix20.09.2023
ölçüsü60,51 Kb.
#146104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
KARIMBOY KURS ISHI

Siyosiy ongning darajalari va shakllari
Siyosiy ong nazariy va empirik daraja va shakllarda namoyon bo’ladi.
Nazariy siyosiy ong — siyosiy xarakterga ega bo’lgan turli xildagi g’oyalar, konsepsiyalar, qarashlardir. Bu ongning sohiblarini elitalar emas, balki olimlar, ilmiy jamoalar va tashkilotlar tashkil qiladi. Ular siyosatning nazariy konsepsiyalarni ishlab chiqadilar. Bu konsepsiyalar esa partiya va davlat tashkilotlarining dasturlarida, ko’rsatmalarida ifodalanadi.
Siyosiy konsepsiya — siyosiy institutlar faoliyati asosiga qso’yilgan rahbar g’oya, yetakchi fikrdir. U siyosiy amaliyotning bevosita mo’ljali bo’lib xizmat qiladi. Uning asosida faoliyatning strategiyasi va taktikasi ishlab chiqiladi.
Nazariy siyosiy ongning belgilari quyidagilardan iborat:
yaxlitlik;
sistemalashganlik;
bashorat qilishga qobiliyatlilik.
Mazkur ong darajasi fan va u yoki bu ijtimoiy sinfning, hukmron doiralarning mafkurasi bilan chambar-chas bog’langandir. U muayyan ijtimoiy guruhlar tomonidan siyosiy jarayonlarni maxsus tahlili asosida shakllanadi. Nazariy siyosiy ong siyosiy mafkura orqali namoyon bo’ladi. Siyosiy nazariyalar va ta’limotlarda quyidagi muammolarni tadqiq etish maqsad qilib qo’yiladi:
a) siyosatning ma’no — mazmunli ko’rinishlari;
b) qonuniy siyosiy tendensiyalar va jarayonlar;
v) ularni keltirib chiqaradigan sabablar;
g) siyosiy pozitsiyaning real yo’li;
d)qonunchilik, ma’muriy va sud organlari tomonidan qabul qilinadigan siyosiy qarorlarning haqiqiy va kelajakda sodir bo’ladigan oqibatlari.


1.2. Siyosiy ong tushunchasi va uning shakllanish jarayoni
Nazariy siyosiy ongning xususiyati—uning iqtisodiy, huquqiy, xarbiy — strategik va boshqa reallik bilan chambarchas bog’liqligidir. Siyosiy ongning ushbu shakli siyosiy nazariyalarning kerakli siyosiy dasturlar, deklaratsiyalar va doktrinalar bo’lib shakllanganligi bilan ham farq qiladi.
Amaliyotda joroy etiladigan ushbu dasturlar, deklaratsiyalar va doktrinalar siyosiy ongni siyosatning yetakchi elementi sifatida mustahkamlab qo’yadilar. Siyosiy munosabatlar va siyosiy institutlar, tashkilotlar va muassasalarning xarakteri o’z navbatida bu elementga bog’liqdir.
Nazariy ong darajasi va shaklida siyosatni anglash quyidagilarga imkon ham beradi:
Partiya tomonidan nazariy va amaliy voz kechilgan va bartaraf etilgan qoidalar, urf—odatlar jamiyatning siyosiy ongida uzoq vaqtgacha asorat sifatida shaklanib qolishi mumkin. Bu xolni ko’plab siyosiy arboblar, donishmandlar ta’kidlaydilar.
Teskari vaziyat ham bo’lishi mumkin: ommaviy siyosiy ongda u yoki bu siyosiy xarakatning, qandaydir siyosiy qarorlar bo’lishining zarurligi e’tirof etiladi, maxsus ong esa bunga tayyor emas. Masalan, mamlakatda ko’p partiyaviylikning zarurligi haqidagi g’oya jamiyatda oldindan o’z tasdiqini topgan 6o’lsa ham, kerak bo’lgan tashabbus xukmron partiya, davlat tomonidan ancha kechikib qilinishi mumkin.
O’z—o’zidan yaqqol ko’rinib turibdiki, jamiyatning konstruktiv va barqaror ijtimoiy—siyosiy taraqqiyoti uchun maxsus va ommaviy siyosiy ongning o’zaro xarakati juda muhimdir. Ularning kishilar va jamiyatning, uni tashkil etuvchi ijtimoiy guruhlarning ichki dunyosidagi, kayfiyatidagi o’zgartirishlarga birgalikdagi aniq va o’z vaqtidagi reaksiyasi, javobi bundan ham muhimroqdir.
Nazariy ong darajasi va shaklida siyosatni anglash quyidagilarga imkon beradi:
a) uning maqsadlari va fundamental (strategik), ham kundalik (taktik) vazifalarni qo’yish va hal etishga;
b) ularga erishishning vositalari va usullarini aniqlashga;
v) dolzarb muammolarni hal qilishda tashkiliy — siyosiy jihatdan ta’min etishning yo’nalishlari va yo’llarini aniqlab olishga;
r) siyosiy qarorlar va maqsadli dasturlarning bajarilishi ustidan sotsial nazoratga konseptual yondashuvlarni ishlab chiqishga;
d) amaliy tajribani hicodga olgan holda siyosatga tuzatishlar kiritishga.

Yüklə 60,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin