Odatiy siyosiy ong — siyosiy ongning bo’yi darajasidir. U ijtimoiy guruhlarning kundalik hayotidan bevosita paydo bo’ladigan g’oyalar, qarashlar, tasavvurlar yig’indisidir. Bu ong mazmuniga ko’ra ko’p jihatdan empirik ongga o’xshashdir.
Lekin, odatiy ong empirik ongdan farq qiladi. U muayyan mafkuraviy va nazariy elementlarga egadir. Odatiy ongga ravshan ko’zga tashlanadigan sotsial — ruhiy belgilar: ziddiyatlilik, uziluvchanlik, tizimga kirmaganlik, yuzakilik, hissiyot, kayfiyat, e’tiroslar hosdir. Bu unga o’ziga xos dinamiklik (tez o’zgaruvchanlik) siyosiy vaziyatning o’zgarishini aniq, xis etishni baxshida etadi.
Odatiy ongning tarkibida haqiqat elementlari
sokolom aql va xomxayollar, bilim va ko’r — ko’rona ishonch birgalikda mavjud bo’ladi. Bu ong darajasida siyosiy voqe’lik yuzaki idrok qilinadi, hodisalar tashqi belgilari bo’yicha, ko’pincha kundalik ehtiyojlar va yangi manfaatlar nuqtai nazaridan baholanadi.
Siyosiy ongning odatiy darajasi oqilonalik va emotsionalliknig jonli hayot tajribasi va an’analarining daqiqalik kayfiyat va barqaror stereotiplarning o’zaro bog’likligi bilan farqlanadi. Shuning uchun ham u beqaror, hissiyot va bevosita tajribaning o’zgarishiga bog’lik tebranishlarga maxkum etilgandir.
Siyosiy ong ijtimoiy borliqqa munosabatiga qarab demokratik va mustabid ongga bo’linadi.
Demokratik ong — har qanday bir yoqlamalikdan holi bo’lgan eng mukammal, oqilona siyosiy ong turidir. U ijtimoiy muammolarni umuminsoniy qadriyatlar — o’zaro birlik, tenglik, ishonch, hamkorlik, hamjixatlik asosida xal kilishga intiladi. Demokratik ong ijtimoiy murosasizlikni, kuch ishlatishni-ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf etishning xal qiluvchi usuli sifatida inkor qiladi. U ijtimoiy birlikni, hamjixatlilikni, murosayu-madorani, o’z faolyaitining asosiy usuli, deb qaraydi. Mustabid ong — ijtimoiy voqe’likka bir yoqlama, tor manfaatlardan kelib chiqib yondoshiladigan nooqilona siyosiy ong turidir. U ijtimoiy muammolarni aql - idrokka, ilmiy salohiyatta tayanib emas, balki murosasiz, kuch ishlatish yo’li bilan xal qilishga intiladi. Mustabid ong o’zaro birlik, tenglik, ishonch, hamkorlik, murosayu — madorani nazar — pisand qilmaydi va yetarli baholamaydi. U ijtimoiy murosasizlikni, kuch ishlatishni — ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf etishning xal qiluvchi usuli, deb hisoblaydi.
Siyosiy ong tashqi ta’sirga munosabatiga qarab ochiq va yopik siyosiy ongga ajraladi.