Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə110/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Kompyuter jinoyati. Rivojlangan mamlakatlarda yuqori texnologiyali tovarlar bozorida qaroqchilik darajasi juda yuqoridir. Masalan, Shimoliy Amerika va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida o‘g‘irlangan kompyuter dasturlari ulushi 25-35 foizni tashkil etadi. “Uchinchi dunyo” mamlakatlarida o‘g‘irlangan kompyuter dasturlari qisqarib borayotgan bo‘lsa, rivojlangan mamlakatlarda esa bir tekis rivojlanib bormoqda.
Iqtisodiy josuslik. Raqobat bozor xo‘jaligining tamal toshi hisoblanadi, va bozorni egallash bo‘yicha kurashda transmilliy biznes o‘z raqobatchilaridan texnologiyalar va boshqa tijorat axborotini o‘g‘irlash usullaridan foydalanadilar. Iqtisodiy josuslik bilan, asosan, rivojlangan va yangi industrial mamlakatlar shug‘ullanadilar. Uning tashkilotchilari sifatida nafaqat tijorat firmalari, balki o‘z mamlakatining tadbirkorlariga ko‘mak berish maqsadida davlat xavfsizlik xizmatlari ham namoyon bo‘lishadi. Ushbu usullardan foydalanish natijasida raqobat o‘zining bozorga xos xususiyatlarini yo‘qotadi, uning iqtisodiy xususiyati zo‘ravonlik tusini ola boshlaydi. Global miqyosda noqonuniy iqtisodiyotning muammolarini keng taraqqiy etishi parodaksal natijaga olib keladi. Milliy xo‘jaliklarni yagona global tarmoqqa integratsiyalashuvi iqtisodiyot ustidan nazorat kuchayishiga olib kelishi kerak edi. Bunday tendensiya mavjud, lekin u bilan birga diametral qarama-qarshi tendensiya mavjud: ko‘pgina geografik hududlar va iqtisodiyot sektorlari davlat va jamoat tashkilotlari nazoratidan chetda qolishadi. Lekin, shu bilan birga, ular jahon xo‘jaligiga integrallashgan bo‘lib qolaveradi, va aynan shu integratsiyalashuv ularning turli jinoiy faoliyatlarga
ixtisoslashuvini rag‘batlantiradi.
1980-yillarda narkobiznes “imperiya”lari (birinchi navbatda, Lotin Amerikasi) tadqiqotchilari tomonidan “kul rang hududlar” termini qo‘llana boshlandi. Uchuvchilarning norasmiy lug‘atida radar yordamida ko‘rish imkoni bo‘lmagan hududlar shunday nomlanadi. Hozirgi vaqtda “kul rang hududlar” tushunchasi faqatgina geografik emas balki tarkibiy-iqtisodiy ma’noni kasb etmoqda.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin