Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə80/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Norasmiy iqtisodiyot (umuman, yashirin iqtisodiyot kabi) u yoki bu darajada ijtimoiy tizimlarga xos global-tarixiy hodisa hisoblanadi. U “birinchi dunyo” da ham (rivojlangan “kapitalistik” mamlakatlarda), “ikkinchi dunyo” da (“kommunistik” mamlakatlarda) ham, “uchinchi dunyo” da (rivojlanayotgan mamlakatlarda) ham o‘z o‘rnini topdi va topadi. Bundan tashqari, norasmiy iqtisodiyot tarixi zamonaviy davr bilan cheklanmaydi: norasmiy iqtisodiy tuzilmalar toindustrial jamiyatlarida (hech bo‘lmaganda G‘arbiy Yevropa o‘rta asrlari sexdan tashqari hunarmandchiligi to‘g‘risida eslaymiz) va postindustrial jamiyatda ular amal qilishi mumkin.
Norasmiy iqtisodiyot ko‘p funksionaldir. Bir tomondan, u ishlab chiqarish munosabatlari rudimentar shakllarini (masalan, oilaviy norasmiy “mikrofirmalar” ko‘p jihatdan shaxsiy bog‘liqlik arxaik munosabatlariga asoslangan) muzlatib qo‘ygan, shahar va qishloq chegaralarining omon qolishini ta’minlagan holda yashovchi muassasalarning o‘ziga xos “payvandlashuvi” rolini o‘ynaydi. Boshqa tomondan, norasmiy iqtisodiyotni mazkur davrda hukmron institutlar “dublikati” sifatida ham o‘rganish mumkin: norasmiylar rasmiy iqtisodiyot sub’ektlari tomonidan iste’mol qilinadigan oddiy tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradilar, norasmiy iqtisodiyot uchun buyurtmalar ko‘pincha “rasmiy” biznesdan kelib chiqadi. Va nihoyat, norasmiy iqtisodiyot yangi muassasalar “poligon”idir. Kichik va mayda tadbirkorlik birliklarining majmui, osonlik bilan o‘zgarib borayotgan assortiment, texnologiya, tashqi va ichki xo‘jalik aloqalari hisoblangan norasmiy iqtisodiyot yuqori egiluvchanlik va
yashovchanlikni namoyon etadi. E. de Soto konsepsiyasiga muvofiq, XVIII asrdagi zamonaviy kapitalistik sanoatga tamal toshi qo‘ygan sanoat inqilobining o‘zini sex tizimini mahkam muzlatish hamda savdo va boshqa monopoliyalarni mutloq ustun qo‘yishga uringan “norasmiy” kapitalistlarning merkantilistik davlat tartibga solishi bilan kurash natijasi sifatida o‘rganish mumkin. Aynan norasmiy ishlab chiqaruvchilarning “tinch inqilobi” zamonaviy “uchinchi dunyo” mamlakatlarida raqobatli bozor muhitini yaratadi. Va nihoyat, Rossiya va sobiq “sotsialistik lagerning” boshqa mamlakatlaridagi tadbirkorlik aynan ilgari taqiqlangan yashirin biznes an’analari negizida rivojlanmoqda.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin