Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə81/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Norasmiy iqtisodiyot o‘z tabiatiga ko‘ra, bozor va raqobatli tavsifga ega. Nazorat qiluvchi tashkilotlar kuzatuvidan yashirinayotgan mayda ishlab chiqaruvchilar faqat bir-biridan alohidalashgan xaridorlarning to‘lovga qobil talabigagina yo‘naltirilishlari mumkin. Norasmiy ishlab chiqarish asosan, kapitaldan emas, balki mehnat resurslaridan foydalanadilar (boshqacha aytganda, norasmiy iqtisodiyot inson kapitali jismoniy kapitalga qaraganda muhimroq). Norasmiylar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot legal tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar kabi taxminan bir xil sifat darajasiga (yoki bir muncha pastroq) ega, ammo pastroq xarajatlar bilan ishlab chiqariladi (norasmiy biznesmenlar soliqlar va ijtimoiy to‘lovlarni to‘lamaslik qonuniga bo‘ysunish xarajatlarini tejaydilar, ish haqini qonunan belgilangan minimumdan past darajada to‘lashlari mumkin va h.k.) Umuman, norasmiy sohadagi daromadlar darajasi rasmiy sohadagiga nisbatan bir muncha past yoki unga taxminan teng, biroq daromadlarning tabaqalashuvi juda yuqori.
Norasmiy iqtisodiyot yashirin iqtisodiyot sohasi hisoblanib, u yanada unumli va jamiyat uchun foydalidir. Ma’muriy iqtisodiyot sharoitida norasmiy ishlab chiqaruvchilarning ijtimoiy roli ikki tomonlamadir. Rossiyadagi fuqarolar urushi voqealari ko‘rsatishicha, “qopchilar” shaharni non bilan ta’minlabgina qolmay, balki mamlakatni tartibsizliklarga tortgan “yashillar” harakatiga ham asos soldilar. Sovet davrida “sexchilar” ham, bir tomondan, taqchil sanoat tovarlariga iste’molchilik ochligini qondirdilar, boshqa tomondan esa o‘zlarining
korrupsiyaviy faoliyatlarini milliy partiyaviy – davlat apparati qoldiqlaridan uzdilar. Bozor xo‘jaligida oddiy iste’molchilar va hatto legal firmalar arzon tovarlar va xizmatlarni ularning ishlab chiqaruvchilari va sotuvchilarining huquqiy maqomiga e’tibor bermagan holda qoniqish bilan oladilar; bu iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirsa, hukumat bunda o‘z potensial daromadlarining bir qismini yo‘qotishga ko‘nikishga moyil bo‘ladi. Mos ravishda, agar markazlashgan boshqaruv tizimlarida hukumat “norasmiylar”ni sinf sifatida tugatishga urinib, norasmiy iqtisodiyotga nisbatan hal qiluvchi bosimni ushlab turgan bo‘lsa, nomarkazlashgan tizimlarda u de-fakto jim turib norasmiylarni yo‘qqa chiqaradi yoki ularni legal biznes tizimiga kiritishga, “rasmiylashtirish”ga, ammo tugatmaslikka intiladi. Norasmiy iqtisodiyot jamiyat uchun kamroq xavfli va shuning uchun ham u legal iqtisodiyotning qanchalik dushmani sifatida o‘rganilsa, shunchalik potensial yordamchisi sifatida ham qaralishi kerak.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin